Mavzu: zamonaviy dars va unga qo‘yiladigan talablar reja: 1


Takrorlash-umumlashtirish darslari



Yüklə 26,94 Kb.
səhifə4/7
tarix02.06.2023
ölçüsü26,94 Kb.
#127662
1   2   3   4   5   6   7
1 seminar

Takrorlash-umumlashtirish darslari. Bu darslardan ko`zlangan maqsad-urganilgan material yuzasidan olingan bilimlarni esga tushirish vasistemaga olish, bu esa bilimlardagi kamchiliklarni tuldirishga, mavzuning, bulimning va butun fanning asosiy goyalarini, masalalarini yanada chuqur ochib berishga yordam qiladi. Bu tipdagi darslar programma mavzusini yoki bulimini o‘rganish sunggida va o‘quv yilining oxirida utkaziladi. Takrorlash-umumlashtirish darslariga nisbatan kuyiladigan asosiy talablardan biri ularning mundarijasiga albatta o‘quvchilar o‘quv faoliyatiga doir yangi ma’lumotlar va metodlar kiritishdir.
Takrorlash-umumlashtirish darslari ikki xil bo‘ladi: o‘qituvchi mavzuning, bulim yoki kusning urganilgan materiali yuzasidan umumlashtiruvchi obzor leksiya utkazadi yoki o‘quvchilar bilan kengaytirilgan suxbat tashkil qiladi. Suxbat vaqtida o‘quvchilar o‘qituvchi raxbarligida umumlashtiruvchi mashqlar, yozma ishlar va boshqa topshiriqlar bajaradilar.
O‘quvchilarning ish turlari nixoyatda xil-xilligiga karamay, bu tipdagi darslarning strukturasi taxminan bir xil. Bu struktura dars mavzusi va maqsadini aniqlashni, ilgari urganilgan hamda navbatdagi ishlarni bajarish uchun zarur ma’lumotlarni esga tushirishni, o‘quvchilarning ishni bajarishini (yoki utkazilishi kuzda tutilgan boshqa faoliyat turlari) va yakun yasashni uz ichiga oladi.
O‘quvchilarning bilimi, o‘quvi hamda malakalarini tekshirish darslari. Bu darslarda mavzu, bulim yoki butun kurs yuzasidan batafsil og‘zaki savol-javob, yozma yoki grafik kontrol ishlar utkaziladi, kontrol qiluvchi kurilmalar, kartochka-topshiriqlar, obzor-takrorlash jadvallari yordamida o‘quvchilar bilimi tekshiriladi, amaliy xarakterdagi topshiriqlar bajariladi va xokazo. bunday darslardan ko`zlangan maqsad xar bir o‘quvchining tayyorgarlik darajasini asosli baxolash uchun ma’lumotlar olish, bilimlarning kanchalik ongli va chuqur uzlashtirilganligini, olingan o‘quv hamda malakalarning kanchalik puxta ekanligini aniqlashdan iborat. Bundan tashqari, bunday darslarni utkazishda o‘qituvchi o‘quvchilar bilimi hamda o‘quvidagi kamchiliklarni tuldiradi va ularni yanada rivojlantiradi.

Yüklə 26,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin