Sichqonchani obekt ustiga olib kelib, asosiy tugma bosiladi va sichqoncha harakatlantiriladi. Kerakli joyga kelganda esa sichqonchaning asosiy tugmasi qo’yib yuboriladi
Obekt ustida bajarish mumkin bo’lgan buyruqlarni chiqarish (kontekst menyuni ishga tushirish)
Sichqoncha obekt ustiga olib kelinib, uning yordamchi tugmasi (odatda sichqonchaning o’ng tugmasi) bosiladi. Chiqqan kontekst menyudan kerakli buyruq sichqoncha bilan tanlanib, asosiy tugmasi bosiladi
Keling quyidagi mashqlarni bajarib, sichqoncha bilan ishlash malakamizni mustahkamlaymiz.
Sichqonchani Корзина belgisining ustiga olib keling;
Корзина belgisini ekranning o’rtasiga olib keling, ya’ni sichqonchaning asosiy tugmasini bosib, uni harakatlantiring va ekranni o’rtasida sichqonchaning asosiy tugmasini qo’yib yuboring;