2.2. PROFESSIONAL XOR SAN`ATINING RIVOJLANISHI
2-sinf o’quvchilarining va qisman 3-sinf o’quvchilarining tasavvur xayoli birmuncha sifatliroq bo’lsa-da, birinchi sinf o’quvchilarining tasavvur xayolidan kam farq qiladi, chunki 2-sinf o’quvchisi va qisman 3-sinf o’quvchisi kam chalg’iydi, endilikda unda hotirada saqlanib qolgan hamda tasavvur xayolidan foydalanadigan taassurotlar ko’proq bo’ladi.
3-sinf o’quvchilari biror hodisaning qanday yuz berishini o’z ko’zlari bilan ko’rishni xohlaydilar, ularda ishtirok etish istagi paydo bo’ladi. Shuningdek, 3-va 4-sinf o’quvchilarida o’z-o’zini nazorat qilishda muhim sifat o’zgarishlari bo’ladi. O’quvchilar 2-yillik o’qish davomida nazorat qilishning usul va ko’nikmalarini egallaydilar. 3-sinfdan boshlab o’quvchilarda xayol jarayoni, idrok hamda tasavvur etish holatlari ko’proq takomillashib boradi.
O’quvchilarning yuqorida bayon etilgan jismoniy o’sish va ruhiy o’zgarish holatlari, albatta musiqiy ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishda hisobga olinishi maqsadga muvofiqdir.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari ishonuvchan, tashqi ta’surotlarga beriluvchan bo’ladilar. Buyuk allomalarimiz ta’kidlaganidek, kishining fe’l-atvori hammadan ko’ra ko’proq hayotining dastlabki yillarida tarkib topadi va unda shu davrda paydo bo’lgan sifatlar mustahkam o’rnashib oladi. Bolada ijobiy hissiyotlarni, fazilatlarni tarkib toptirish, yuksak axloq normalarini shakllantirish uchun butun mas’uliyat boshlang’ich sinf o’qituvchisining zimmasiga tushadi. Mazkur yosh davrida ta’lim-tarbiyada o’qituvchining har bir gapi, har bir harakati, ta’sir ko’rsatish uslubi uning uchun haqiqat mezoni vazifasini bajaradi. Chunki o’quvchilar o’qituvchilariga qattiq ishonadilar, uning fikr-mulohazalariga quloq soladilar, pedagogik mahoratidan jiddiy ta’sirlanadilar, talablariga hamisha amal qiladilar, u bergan topshiriqlarni bekamu-ko’st bajarishga intiladilar. Psiholog olim E.Gozievning ta’kidlashicha, huddi ana shu davrda o’qituvchi uchun: a) o’quvchilarning ma’naviyatiga ta’sir ko’rsatish, ijobiy
his-tuyg’ulari va ezgu niyatlarini qo’llab-quvvatlash; b) ularni atrofdagi kishilarga yordam berishga undash, to’g’ri mulohaza yuritishga o’rgatish, noma’lum qiliqlardan tiyish, tabiat manzaralarini kuzatishga va musiqa tinglashga odatlantirish; v) ularga nimalar bilan shugullanish kerakligini burch hissini tushuntirish; g) ular bilan o’qilgan kitoblarni, ko’rilgan tomoshalarni muhokama qilish imkoniyati tugiladi.
Professor N.F.Dobrinin: «3-4 sinf o’quvchilari o’z diqqatlarini butun bir dars davomida saqlab tura oladilar. Lekin ular uchun ham qisqa tanaffuslar foydalidir. Shuningdek, vaqti-vaqti bilan mashg’ulotning turini almashtirib, sur’atini o’zgartirib turish, amaliy va nazariy ma’lumotlarni qo’shib olib borish lozim» deydi.
Uchinchi sinf o’quvchilariga musiqiy-o’quv materiallari hajmi va mazmuni ham ancha kengayib borishi bilan izohlanadi.
Uchinchi sinf musiqa darslarida 1-chorak mavzui «Musiqaning ifoda vositalariga, uning mohiyati va ahamiyatini tushunish»ga bagishlanadi.
O’quvchilarning ikkinchi sinfda o’zlashtirilgan kuy tuzilishi, uning musiqiy ifodasi kabi nazariy bilim, malakalari 3-sinf o’quv yili boshida aynan eslatilib, takrorlaniladi. Ilk darslardan boshlab o’quvchilarga kuy qanday tuzilishi, kuy va usul to’grisida ma’lumotlar beriladi. Musiqa tinglash bosqichida tavsiya etilgan «Dilxiroj», «Rohat», «Jamalagim» (o’zbek xalq kuyi va qo’shiqlari), M.Mirzaevning «Jonon», G.Qodirovning «Raqs» kuylari misolida ifoda vositalarining sadolanishi, ifodalashdagi kuchi, pauzalar, kuylarning balandlik tusi (tembri) va boshqalar tushuntiriladi.
Jamoa bo’lib kuylashni amalga oshirishdan oldin o’quvchilarga ashula aytishdagi holat, nafasni rejaga solish va ovoz hosil qilish usullari haqida metodik tavsiyanomalar beriladi. Jumladan, ashula aytishdagi holat:
- 1-2 sinflarda olgan malakalarini takomillashtirish, kuylaganda gavda, bosh, elkalar, qo’llar va oyoqlar, shuningdek ovoz apparatlarining erkin holatda bo’lishiga erishish;
- nafasni rejaga solishda – to’gri nafas olish malakalari ustida ishlash davom ettirilib, nafasni ko’krak qafasga olinishi hollariga yo’l qo’ymaslik, olingan chuqur nafasni to’xtata olish, undan kuylash uchun tayanch hosil qila bilish, ayniqsa, yuqorigi va pastki notalarni kuylaganda nafasdan tejamli foydalanish malakalarini hosil ettirish;
- tovush hosil qilishda esa – mardlik, jasurlik haqida qo’shiqlar kabi qat’iy ohangda aytiladigan ashulalarni yengil, silliq mayin va jarangdor ovozda kuylash, tovushning qo’pol, dag’al va notekis bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, og’ir sur’atli asarlardagi uzun jumlalarni kuylaganda nafasni rejali taqsimlay olish va boshqa malaka, ko’nikmalarni tarkib toptirish, rivojlantirishga e’tibor qaratish talab etiladi.
Xor malakalari bo’yicha ikki ovozli elementlari bo’lgan qo’shiqlarni kuylash, bunda ovoz partiyasini mustaqil kuylay olish va ayni paytda ikkinchi ovozlarni eshitib, kuzatib borish, yakka holda, gurux yoki butun sinf bilan jo’rsiz aytim, qo’shiqlarni kuylash, ovozda asarning mazmuni hamda xarakterini ochib berishga intilish qobiliyatlarini o’stirish lozimdir.
Jamoa bo’lib kuylash bosqichida «Keng Turkiston» (N.Norxo’jaev musiqasi, P.Mo’min she’ri), «Men g’unchaman» (H.Raximov musiqasi, N.Narzullaev she’ri), «Oltin paxtam – oppog’im» (N.Norxo’jaev musiqasi, P.Mo’min she’ri), «Sho’x bolaman» (H.Raximov musiqasi, S.Jabborov she’ri), «Xumo qushim» (D.Omonullaeva musiqa, P.Mo’min she’ri) kabi qo’shiqlar o’rganiladi. Jamoa bo’lib kuylash jarayonida bolalar pauzalar (tinish belgilari)ga e’tibor berish, sakkiztalik va choraktalak pauzalarni o’zlashtirish bilan birga qo’shiqlardagi balandlik darajasini anglash, o’lchov, usul singari nazariy tushunchalarni egallashlari nazarda tutilgan.
Nota bilan kuylash faoliyatida aytim mashqlari va qo’shiqlarni o’qituvchi ovoziga ergashib nota yozuviga qarab kuylash («Yulduzlar», «Teplovoz»), major va minor tovushqatorlarini 2q4 va 3q4 o’lchovida chorak va nimchorak notalarda taktlab (dirijyorlik) qilib kuylash, pauzalar, choraktalik pauzalar haqida nazariy bilimlarga ega bo’lishadi.
Cnolg’u asboblarida ijro etish va musiqiy ritmik harakatlarni bajarish doirachalar, shiqildoqlar, qoshiq va boshqa urma cholg’u asboblarida chalib, musiqaga ritmik jo’r bo’lish («Olmani otdim», «Jonon») singari kuylar asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, oddiy usullarni ogizda imitatsiya qilib chalish, cholg’u asboblari tovushlarini ovozda kuylash, raqs harakatlarini topib raqsga tushish («Olmani otdim», «Jonon » va boshqalar) mashq qilinadi.
II-chorak «Xor va orkestr» haqida umumiy tushunchalarga asoslangan bo’ladi. Musiqa tinglash bosqichida quyidagi asarlarni tinglash tavsiya etiladi: «qilpillama» (o’zbek xalq lapari, «Usmoniya» (o’zbek xalq kuyi), «Samoi Dugox» (Toshkent-Fargona maqom yo’llaridan), «Kuylayman» A. Muxamedov musiqasi), «Qorasoch» (o’zbek xalq qo’shig’i).
Jamoa bo’lib kuylashda «Oppoq qandim» (F. Alimov musiqasi, P.Mo’min she’ri), «Qo’shigimiz avjida» (T.Azimov musiqasi, G.Komilov she’ri), «Qorbo’ron O’ynaymiz» (S.Abramova musiqasi, B.Isroilov she’ri), «Yangi yil qo’shig’i» (K.Abdullaev musiqasi, V.Hikmat she’ri) kabi qo’shiqlar kuylanishi o’zlashtiriladi.
Nota bilan kuylash bosqichida aytim mashqlari hamda qo’shiqlarni nota yozuviga qarab o’qituvchi ovoziga ergashib kuylash, major va minor tuzugi haqida tushuncha hosil etish, ularni asarlar tavsifida ajratish, musiqa tavsiflarining shakllanishida sur’at va usulning ahamiyatini tushunish malakalari bilan tanishtiriladi. Shuningdek, tinglanadigan asarlar tavsif xususiyatlarini usullar ifodasida aniqlash, oddiy usullarni nota yozuviga qarab barmoq uchida chertish, mashq va qo’shiqni doira usullari jo’rligida kuylash, 2q4 va 6q8 o’lchovlari usuliga dirijyorlik qilish, mashg’ulotlar mazmunida musiqa ijodkorligidan keng foydalanish ushbu bosqich faoliyati mazmunini belgilaydi
III-chorak mavzusi «Musiqaning tuzilishi. Kuyning takrorlanishi, musiqaning o’zgarmas va o’zgaruvchan qaytarilishi» hususidagi ma’lumotlarga bag’ishlanadi.
Bunda kuyning takrorlanishi- musiqada «repriza» yoki «qaytarish» ma’nolarini anglatilishi tushuntirilib, nota chiziqlarida bu belgilarning yozilishi ko’rsatiladi. Musiqadagi «repriza» atamasi D.Omonullaevaning quyidagi she’riy ta’rifi bilan mustahkamlanadi:
Kuyning asosiy qismi
Yana yangraydi takror.
Bu qism chekkasida
Repriza belgisi bor.
Musiqada, kuyda ma’lum qismlarning qaytarilishi «Lazgi», «Rok qashqarchasi», «Norim-norim», «Nayrez», «Dilbar», «Raqs» va boshqa kuylar misolida chalib eshittiriladi. Tinglangan musiqa asarlarining xarakteri, mazmuni, badiiy ifoda vositalari, umuman asar badiiy bahosi haqida o’quvchilardan so’rab olingach, ularning fikr-mulohazalari umumlashtirilib, o’qituvchi bergan ma’lumotlar boyitiladi.
«Nisholda» (D.Omonullaeva musiqasi, R.Tolib she’ri), «Qor» (Sh.Ermatov musiqasi, Zulfiya she’ri), «Quvnoq bolalar qo’shig’i» ( G.Qodirov musiqasi, H.Qayumov she’ri), «Boychechak» (A.Raxmonqulov musiqasi), «Binafsha» (D.Zokirov musiqasi, P.Mo’min she’ri) kabi qo’shiqlarni o’rganish jarayonida asarlarning qaytarish bo’lagi, nota matnlaridan kuzatiladi, kuylash jarayonida unga amal qilish malakalari shakllantiriladi. Kuyning o’zgarmas va o’zgaruvchan qaytarilishi xususida ma’lumot berish bilan mazkur mavzu yanada mustahkamlanadi. uvchilarga qisqartirish belgilaridan, ya’ni boshidan ohirgi so’zigacha, (oxiri), ya’ni seqno belgisidan to oxirigacha, boshidan belgisiga, so’ngra koda o’tiladi degan ma’nolarni anglatishi haqida ma’lumotlar beriladi.
IY-chorakda o’quvchilar «Oddiy musiqa shakllari, band va naqarot» bilan tanishishadi.
3-sinfda o’quvchilar musiqa darslarida musiqaning ifoda vositalari (musiqa nutqi), uning tuzilishi, takrorlanishi, musiqaning o’zgarmas va o’zgaruvchan qaytarilishi haqida ma’lumotlar bilan birgalikda, oddiy musiqa shakllari, band va naqarot mavzulari xususida ham yahlit nazariy bilim, malaka hamda ko’nikmalar doirasini tarkib toptirishadi. Musiqaning umumiy tuzilishi hamda bir qismlik, ikki qismlik, uch qismlik asarlar haqida qisqacha ma’lumotlarga ega bo’lishadi.
Musiqa tinglash bosqichida «O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi», «Fargonacha tanovar», «Bibigul», «Raqs» (O.Xolmuxamedov musiqasi), «Xumo qushim» (B.Umidjonov musiqasi), «Jo’jalarim» (T.Mutalibov she’ri, Mirtemir tarjimasi, G.Huseynli musiqasi) kabi kuy va qo’shiqlar tinglanadi.
Jamoaviy aytim bosqichida esa o’quvchilar «Qo’zilarim», «Oy bo’lamiz, toy bo’lamiz» (S.Barnoev she’ri, X.Rahimov musiqasi), «Laylak» (G.Qodirov musiqasi, Uygun she’ri) kabi qo’shiqlarni o’rganishadi. Shuningdek, qo’shimcha material sifatida «Salimjon-nimjon», «Kakligim», «Piyoda askarlar qo’shig’i», «Kamalak izlayman» kabi qo’shiqlar ham tavsiya qilinadi. O’quvchilar bu qo’shiqlarni o’rganishda ifodali kuylashga erishish, band va naqarotni ajrata bilish malakalarini ham o’zlashtiradilar. Kuy va ohangning bir-biridan tabiati, o’ziga xos farqli tomonlarini aniqlashadi.
O’quvchilarning musiqiy savodxonligini oshirish- major va minor uchtovushligi hamda tovushqatorlarini nota yozuviga qarab kuylash, ularni lad ohangiga qarab ajratish, uchtovushliklarni bosh pardasiga tayanib kuylash, kuylanadigan qo’shiklarni ohangiga qarab ladini aniqlash, qaytariq (repriza) haqida tushuncha hosil qilish («qo’shig’imiz avjida») orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, alteratsiya belgilari- diez, bemol, bekar, 2q4 va 3q4 o’lchovida berilgan qisqa kuy mashqlarini o’lchoviga muvofiq takt chiziqlarini qo’yib chiqish mashqlari ham bajariladi.
Snuni ham ta’kidlab o’tish lozimki, dasturda musiqiy materiallarning tavsiya etilganligi, o’qituvchining o’quvchilar qiziqishi, musiqiy ehtiyojini hisobga olgan holda ulardan tanlab o’rgatish imkoniyatiga ega ekanligi musiqa darslarini yanada qiziqarli va samarali tashkil etishga yordam beradi.
Snunday qilib, 3-sinf so’ngida o’quvchilarning musiqa madaniyati fanidan egallagan bilim va malakalari quyidagi mezonga javob berishi lozimdir.
Ikkinchi sinfda hosil bo’lgan bilimlar, musiqa idroki va aytim malakalarini rivojlantirish, lad hamda ritm usuliga ko’ra asarning qismlari, tavsiflari va mazmunini aniqlash, asarlarning umumiy tuzilishi- bir qismlik, ikki qismlik, uch qismlik hamda band, naqarot haqida tushunchalarga ega bo’lish;
- dasta (ansambl) va orkestr farqini bilish, o’zbek xalq cholg’u asboblari orkestr tarkibidagi asosiy cholg’u asboblari bilan tanishish va ularni tusi (tembri) va registridan ajrata olish;
- jamoaviy aytim va ularning asosiy ovoz turlari bilan tanishish;
- ovoz va cholgu asboblari turlarini registri va tembridan ajrata olish;
- asarlarni o’rganish jarayonida bastakorlardan M.Burxonov, M. Nasimov, D.Zokirov, G.Qodirov, M.Tojiev ijodi bilan tanishuvga ega bo’lishi;
- ikkinchi sinfda egallagan aytim malakalarini mustahkamlash (ovoz diapozoni: DO1- RE2. qo’shiqlarni ifodali kuylashga odatlanish, asho’la aytishda sof intonatsiya, aniq, ravon va yorqin talaffuzga va to’gri nafas olib kuylashga erishish;
- aytim mashqlarida bir bo’g’in bilan 2-3 tovushda kuylash, tovushni legato,
non-legato, stakatto tarzida tez hamda sust sur’atda kuylash, epizodik va mustaqil kuylarga ega bo’lgan ikki ovozlik mashqlar va qo’shiqlarni kuylash hamda boshqalar. Bir va ikki ovozli qo’shiqlarni jo’rsiz ( akapella) kuylash;
- dirijyorlik ishoralarini tushunish va ularga amal qilishdan iborat bo’lishi kerak.
Jamoa bo’lib kuylash bosqichida o’quvchilar kompozitor R.Abdullaev va M.Mirzoning «Parvozdagi qushchalar», Sh.Yormatovning «Oymomajon rom bo’ldi», N.Norxo’jaev va shoir P.Mo’minning «Zavqing soch, qaldirg’och», A.Mansurov va H.Qayumovlarning «Xayr maktabjon!» kabi qo’shiqlarini o’rganishadi.
Musiqa savodxonligi faoliyati ham boshqa bosqichlar bilan uzviy bogliqlikda o’quvchilarning oldingi choraklarda olgan bilim va malakalarini amaliy mashg’ulotlar jarayonida mustahkamlash, major va minor ladlarini asarlardagi yangrashini aniqlashga e’tibor beriladi. Shu bilan birgalikda bir kalit belgisiga ega bo’lgan (sol-major, mi- minor, fa- major, re-minor) asarlarning tonallik uch tovushliklarini notasiga qarab kuylash malakalarini yanada rivojlantirish ustida ish olib boriladi.
Beshinchi sinf yakunida o’quvchilarning musiqa ta’limidan nazariy bilim hamda amaliy ko’nikmalar doirasi quyidagilardan tarkib topishi lozim:
- o’quvchilar yakkanavoz va cholg’u ansambli haqida, xalq cholg’u orkestri
farqlarini gramezuvda tinglagan asarlardan farqlay olishi, orkestr tarkibidagi asosiy cholgular guruhi bilan tanish bo’lmog’i, orkestr misolida cholg’uchilar oilasini bilishi lozim.
- milliy cholg’u orkestri misolida simfonik orkestr bilan tanish bo’lishi, gramezuvda milliy orkestr va simfonik orkestrni umumiy tovush tuslaridan farqlay olishi kerak;
- suhbatda orkestrlar turlarini aniqlay olish (xalq cholg’u orkestri, simfonik orkestr, estrada simfonik orkestri, duxovoy orkestr, kamer orkestri);
- xor jamoasi tuzilishi, xorlar turlari- (bolalar xori, aralash xor, xotin-qizlar xori va boshq.), atoqli xor jamoalari va dirijyorlarni bilish;
- vokal-simfonik asarlardan qasida, syuita va kantata janrlari haqida ma’lumotlarga ega bo’lish, ushbu janrlarda ijod qilgan mualliflar ijodiy faoliyatini bilish;
- musiqali drama janri, uning atoqli bastakorlari va kompozitorlari ijodi to’grisida umumiy ma’lumotlarga ega bo’lish, opera janri, musiqali drama va opera janrlarining o’ziga xos jihatlari, o’zbek opera kompozitorlari M.Ashrafiy, Sobir Boboev, Mutal Burxonov, Sayfi Jalil va boshqalar ijodi bilan tanishgan bo’lishlari maqsadga muvofiqdir.
Shu maqsadda musiqa tinglash bosqichida o’quvchilarga kompozitor S.Jalilning o’zbek xalq cholg’u orkestri uchun yozilgan «Qalbimda», M.Bafoevning «Poema»si, «Naqshlar» (dutor va orkestr uchun) asari, T.Qurbonovning «Sevinch», S.Yudakovning «Mirzacho’l» vokal syuitasidan («Terimchilar qo’shig’i» qismi) kabi asarlar tavsiya etiladi.
Shuningdek, o’quvchilar xor san’ati haqida, xor jamoalarining turlari (bolalar xori, aralash xor, xotin-qizlar xori va boshqalar)ni bilishlari, atoqli xor dirijyori – Abduqaxxor Sultonov, Botir Umidjonov, Ahad Hamidovlar ijodi bilan tanishishlari dasturda ko’rsatib o’tilgan.
Darslarda jamoa bo’lib kuylash uchun esa «O’zbekiston Respublikasi Davlat madxiyasi» (M.Burxonov musiqasi, A.Oripov she’ri), «Aziz ustozlar» (S.Boboev musiqasi, To’lqin she’ri), «Hur Respublikam» (A.Mansurov musiqasi, H.Qayumov she’ri), «Boychechak» (xalq qo’shig’i, bolalar xori uchun Sh.Yormatov moslashtirgan) kabi vokal asarlar o’rganiladi.
Milliy cholg’u orkestri misolida o’quvchilar simfonik orkestr bilan tanishishlari, magnit yozuvida milliy orkestr va simfonik orkestr umumiy tovush tuslaridan farqlay olishlari shart. Suhbatlar jarayonida o’quvchilar orkestrlar turlarini aniqlashlari (xalq cholg’u orkestrlari, estrada-simfonik orkestr, duxovoy orkestr, kamer orkestr tuzilishlarini farqlay olish malakalariga ega bo’lishlari lozim.
5-sinf o’quvchilarining musiqa savodxonligini oshirish uchun ularning boshlang’ich sinflarda olingan bilim va malakalarini mustahkamlash muhim ahamiyatga ega. I-chorak davomida major va minor tayanch tovushlarini uch tovushlik qilib kuylash, garmonik major va minor uch tovushliklarini cholg’u asbobida chalingan tovushdan ladini aniqlash kabi malakalar mashg’ulotlar davomida rivojlantirib boriladi. Shuningdek, o’qituvchi o’quvchilarning kuylaydigan aytim mashqlari va qo’shiqlarini nota yozuviga qarab kuylashlariga, notaga qarab jo’rsiz (akapella) usulda kuylashni mashq qilishlariga e’tiborni yanada kuchaytirish maqsadga muvofiqdir.
Vokal-simfonik asarlardan qasida («Alisher Navoiy»), syuita («Dilbarim») va kantana («Mirzacho’l») janrlarini bilishlari, bu janrlarning atoqli namoyandalari M.Burxonov, M.Nasimov, S.Yudakov va boshqalar ijodi bilan yaqindan tanishishlari tavsiya etiladi.
5-sinf darslari davomida o’quvchilar musiqali drama janri, sahnaviy musiqa asarlari xususiyatlarini bilishlari, musiqali drama tarkibidagi raqs-balet janri haqidagi ma’lumotlardan bahramand bo’lishlari kerak. Shu maqsadda o’quvchilarga texnik vositalar yordamida P.I.Chaykovskiyning «Oqqush ko’li» baletidan parchalar, U.Musaevning «To’maris», T.Jalilovning «Tohir va Zuhro» musiqali dramasidan parchalar tinglash uchun eshittirish yahshi samara beradi. Shuningdek, o’quvchilarga o’zbek musiqali drama san’atiga qiyosan Ozarbayjon musiqali drama san’atining buyuk namoyandasi U.Hojibekovning «Arshin mololon» asaridan parchalar eshittirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ushbu asarlarni tinglash bilan birga o’quvchilarga musiqali drama janrining atoqli kompozitor va bastakorlari M.Leviev, YU.Rajabiy, T.Jalilov, Mirxalil Maxmudov, S.Jalil ijodlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Bu esa o’quvchilarning musiqali drama janri haqidagi tasavvurlarini yanada boyitishga yordam beradi.
Jamoa bo’lib kuylash uchun «Sumalak» (Sh.Yormatov musiqasi), «Ona qo’llari» (G.Qodirov musiqasi, T.Ilhomov she’ri), «Chamandagi gullarmiz» (N.Norxo’jaev musiqasi, P.Mo’min she’ri) kabi qo’shiqlar o’quvchilarning birgalashib kuylay olish iqtidorlarini rivojlantirishga qaratiladi.
Musiqiy savodxonlikdan 2/4, 3/4 va 4/4 o’lchovlarga oid qo’shiqlarning ritm-usullaridan o’lchovlarini aniqlay olish, dirijyorlik qila olish kabi, shuningdek 6/8 o’lchovli asarlarni doira usullaridagi barmoq bilan chertib yoki ovozda imitatsiya qilib kuylay olish, do major va lya minor ladlarini mashq va asarlar misolida kalit belgilari ifodasida o’rganish kabi malakalarni egallaydilar.
5-sinf mashg’ulotlarining so’nggi choragida o’quvchilar opera janri, opera tarkibidagi balet janri bilan yaqindan tanishishlari, musiqali drama va opera janrlari orasidagi o’ziga xoslik va farqlarni bilishlari, mashhur o’zbek opera kompozitorlari M.Ashrafiy, S.Boboev, M.Burxonov, S.Jalil va boshqalar ijodlari bilan tanishishlari nazarda tutiladi. SHu maqsadda musiqa tinglash bosqichi uchun M.Glinkaning «Ruslan va Lyudmila» operasidan parchalar, «Dilorom operasidan ariya va duetlar», «Maysaraning ishi» kabi asarlar orqali o’quvchilarning opera janri haqidagi badiiy tasavvurlari kengaytiriladi. hnaviy musiqa asarlariga-opera, balet, musiqali drama va komediyalar kiradi. Jumladan, F.Kozlovskiy «Tanovar», M.Ashrafiyning «Sevgi tumori», Ulug’bek Musaevning «Hind dostoni» va «To’maris» baletlarini sanab o’tish mumkin.
Balet san’ati- raqs san’atining bir turidir. Bu san’at turi qadimdan mavjuddir. Raqsning turlari ko’p: xalq raqslari, ball raqslari, klassik raqslar va balet kabi aniq janrlarga bo’linadi. Balet italyancha so’z bo’lib, «raqs tushaman» degan ma’noni anglatadi.
Yuqoridagi ma’lumotlar o’zbek baletlari haqidagi tushunchalar bilan boyitiladi.
Respublikamizda balet san’ati 30-yillarning boshida paydo bo’ldi. Birinchi o’zbek baleti «Pahta» (kompozitor Roslovets) 1933-yilda yaratilgan. Keyingi yillarda Ikrom Akbarovning «Orzu», D.Zokirov va Gienkolarning «Oynisa», M.Ashrafiyning «Sevgi tumori» kabi qator o’zbek baletlari yaratildi.
O’zbek xalq raqs san’ati- qadimiy san’atlardan biri. Raqs san’atida ham har bir xalqning o’ziga xos xususiyati, musiqa va harakatlar ifodasida o’z aksini topgan. Raqs san’atida milliy kiyimlar, harakat turlari va uslublari mavjuddir.
5-sinfda o’quvchilarga musiqali drama va komediya janri haqida bilib olish ham qiziqarlidir. O’zbekistonda musiqa san’atining barcha janrlari qatori musiqali drama va musiqali komediya kabi sahna asarlari janri ham keng tarqalgan. Yevropadan opera janrini kirib kelishi va shu janrda ko’p asarlar yaratilishiga o’zimizda oldindan shakllangan, yaratilib sahnalashtirilgan musiqali asarlar, drama, komediyalar asos bo’lgan. Bu janrga xos T.Jalilovning «Tohir va Zuhro», M.Levievning «Oltin ko’l», T.Sodiqov va R.Glierlarning «Layli va Majnun» va boshqa asarlaridir. Ayniqsa, M.Leviyevning «Toshbolta oshiq», I.Akbarovning «O’jarlar» kabi musiqali komediyalari bundan buyon yaratiladigan musiqali drama va komediyalarga ijodiy namuna bo’lib hizmat qiladi.
O’zbek musiqasida opera janri ham muhim o’rin egallaydi. Opera «ijod», «asar» degan ma’noni anglatadi. YOzuvchi yoki shoir biror adabiy asar asosida yaratilgan operani yozishdan avval, o’sha asarni she’riy usulda qayta ishlab, libretto yaratadi.
Mashhur «Shoh Sulton haqida ertak» nomli operani rus kompozitori Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakov yozgan. Rimskiy Korsakov yoshligida dengizchi edi. Dengizchilik bilim yurtini bitirib harbiy kemalarda xizmat qilgan. Biroq, dengizdan ko’ra ko’proq musiqani sevar edi va shuning uchun ham u kompozitor bo’lishga ahd qiladi. U juda ko’p asarlar, simfoniya, romanslar, operalar yozgan. Masalan, «Qor qiz», «Oltin xo’rozcha», «Shoh Sulton haqida ertak» operalari shular jumlasidandir.
O’zbek musiqasida opera janri, ilk o’zbek operasi, uning muallifi, asarlarning mazmun-g’oyasi haqidagi ma’lumotlar o’qituvchining bu haqdagi suhbati orqali beriladi.
Muxtor Ashrafiy – Birinchi o’zbek operasining muallifidir. M.Ashrafiy 1912-yil, 11-iyunda Buxoro shahrida musiqachi oilasida tug’ildi. Dastlabki musiqa mashg’ulotlarini otasi rahbarligida oldi. So’ngra Sharq musiqa maktabiga o’qishga kirdi. Bu yerda Buxorodagi atoqli hofiz-sozandalardan musiqa sirlarini qunt bilan o’rgandi. So’ngra Samarqand musiqa xoreografiya institutiga o’qishga kirdi. Institutda M.Ashrafiy atoqli musiqa san’ati ustalaridan ta’lim olib tez orada birinchi o’zbek dirijyori sifatida taniladi.
Shu bilan birga yangi zamonaviy musiqa asarlarini yozish ustida ham qunt bilan ijodiy mehnat qildi.
O’zbek drama teatriga M.Ashrafiy birinchi bo’lib simfonik orkestrni kiritdi. 1939 yilda M.Ashrafiy ustozi Vasilenko bilan hamkorlikda «Bo’ron» nomli birinchi o’zbek operasini yaratadi va so’ngra o’zi «Dilorom», «Shoir qalbi» operalarini yozdi.
Muxtor Ashrafiy uzoq yillar davomida Toshkent Davlat Konservatoriyasining rektori vazifasida ishladi. M.Ashrafiy 1975-yil noyabr oyida vafot etdi.
Yuqorida bayon etilgan ma’lumotlar musiqa tinglash bosqichida tavsiya etilgan asarlarni idrok etish orqali yanada mustahkamlanadi. O’qituvchi 4-chorak davomida quyidagi asarlarni audio yoki boshqa ijro uslublaridan foydalangan holda tinglashga berishi mumkin.
1. «Dilorom» operasidan parchalar. M.Ashrafiy musiqasi.
2. «Yoriltosh» operasidan parchala
3. «Shoh Sulton haqida ertak», «Sadko» operalaridan parchalar. Rimskiy-Korsakov musiqasi.
4. «Olovuddinning sehrli chirog’i» operasidan parchalar. S.Varelas musiqasi.
Chorak yakunida yil davomida tinglangan turli janrdagi asarlardan musiqali topishmoqlar o’yinini uyushtirish mumkin.
5-sinf o’quvchilarining ovoz diapozonlari Do- Mi2- birinchi ovozlar, Si kich (Do1- Do2- Re2) ikkinchi ovozlarni tashkil etadi.
Qo’shiq kuylashda o’quvchilarga quyidagi talablar qo’yiladi:
XULOSA
Shunday kilib, pedagogik maxorat- musiqa muallimi kasbiy faoliyatining asosi sifatida muxim axamiyatga molik masala. Bo’lajak musiqa o’kituvchisining pedagogik maxoratini shakllanishida pedagogik amaliyotlarning axamiyati xam katta. Zero, talabalar o’kuv yurtida olgan nazariy bilimlarini maktab o’kuv-tarbiyaviy jarayonlarida sinab, ko’llab ko’rishadi. Musiqa o’kituvchisi kasbi moxiyati, o’kuvchi-yoshlar ma’naviy kamolotini tarbiyalashdagi axamiyati va o’rnini chukur anglab olishadi. Musiqa muallimi kasbiy faoliyatida notiklik san’ati va targ’ibotchilik maxorati masalalariga xam aloxida axamiyat beriladi. Musiqani tushuna bilish, uni xissiy idrok etishda badiiy so’z muxim vosita sifatida xizmat kiladi, albatta. Bu jarayonda badiiy so’z xech kachon musiqaning teranligini tushuntira olmasada, birok «so’z»siz nozik xissini anglashning bu soxasiga yakinlashib bo’lmasligini, uning o’ziga xos emosional kuchga ega ekanligi, kalb nozik torlarini sozlovchi xususiyati bilan musiqani anglatishda nixoyatda kimmatli vosita ekanligini uktiradi. Afsuski, uzok yillar davomida musiqa ta’limi tizimida fanlar musiqa o’kituvchisini tayyorlash yo’nalishidan ko’ra ko’prok musiqachi-ijrochi maxoratini gallashga karatildi. Ko’p xollarda bitiruvchilar orasidan musiqa fanlarini yaxshi egallagan, cholg’u asboblarida mukammal ijro etish imkoniyatlariga ega birok, nutk madaniyati yaxshi rivoj topmagan ukituvchilarshakllanldi. Yetishib chikkan mutaxassislar pedagogik tayyorgarligi ularning ijrochilik maxoratidan ancha past ekanligi amalda yakkol namoyon bulib turar edi. Bu xolning salbiy ta’sirini xatto bugungi kun musiqa ta’limi amaliyotida xam kurish mumkin. Jumladan , kupgina musiqa ukituvchilarining nutkiy maxorati tulik shakllanmagan, ular dars mavzularini yoritishda, ukuvchilar bilan mulokot urnatishda suz va fikr boyligiga yetarli darajada ega emas. Yozma va ogzaki nutkning guzalligi anik va ravonligi xamisha xam sezilmaydi va x.k.
Musiqa ta’limi yangilanish yuliga kirayotgan xozirgi davrda ukituvchining kasbiy sifatlari orasida nutkiy kamoloti xam katta axamiyatga molik. Zero, bugungi kunda zamonaviy musiqa madaniyati darslarida bolalar cholgu asboblarida chalish, musiqiy-ritmik xarakatlarni bajarish, musiqa ijodkorligi singari yangi faoliyat turlarining kiritilishi o’qituvchidan nafakat musiqiy bilim, balki samarali nutkiy pedagogik boshkaruvni xam talab etadi. Bu esa bulajak musiqa ukituvchilarining pedagogik maxoratini tarkib toptirish- oliy ta’limning dolzarb muammolaridan biri ekanligini bildiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Bo’lajak musiqa o’qituvchisining pedagogik maxorati asoslari. Tuzuvchi: T.V.Shevchenko. T, 1991.
2. Osnovы muzыkalnogo-pedagogicheskogo masterstva. Voprosы teorii i metodiki. Speskurs. M., 1987.
3. O’zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablarida musiqa ta’lim-tarbiyasi Konsepsiyasi. «Ma’rifat» gazetasi, 1992, 25-noyabr.
4. Bo’lajak o’qituvchining axloqiy shakllanishi. T., «O’qituvchi», 1979.
Dostları ilə paylaş: |