ko‟chkilar yoki ulkan karst bo‟shliqlari shiftining o‟pirilib tushishi tufayli sodir
bo‟ladigan silkinishlar tufayli yuzaga keladi.
Antropogen ta’sir tufayli yuzaga keluvchi zilzilalar. Ushbu turdagi
zilzilalar insonning tabiatga ta‟siri tufayli shakllanadi.
Kon qazish, injenerlik va
xarbiy ishlar maqsadida portlatish ishlarini yo‟lga qo‟yish, muayyan yuza bo‟ylab
og‟ir yukning juda katta miqdorda to‟planishi, masalan yirik suv omborlar qurilishi
yoki suv, gaz, neft maxsulotlarining zo‟r berib so‟rib olinishi tufayli yuzaga keladi.
CHunki oxirgi xolatlarda katta kuch bilan bosilish tufayli suv ombor kosasini
tashkil etuvchi tog‟ jinslarining siqilishiva taranglashishi tufayli mavjud bo‟lgan
tektonik siniqlar rivojlanadi, yangidan shakllanadi va zilzila bo‟lishiga olib keladi.
Demak, antropogen ta‟yair tufayli ham bir muncha kuchli zilzilalar sodir
bo‟lishi mumkin, degan xulosaga kelish imkoniyati yuzaga keladi. Darvoqe‟ya
antropogan ta‟sir tufayli vujudga
kelgan zilzilalar Hindiston, AQSH hududlarida
kuzatilgan. Ammo ular ham planetamizda yuz beruvchi jalmka zilzilalarning juda
oz qisminigina tashkil etadi xolos.
Endodinamik jarayonlar ichida tekshirish mumkin bo„lgan geologik
qarakatlardan biri vulkanizmdir. Yer po„sti va yuzasida magma qarakati bilan
bog„liq bo„lgan jarayon yig„indisiga
vulkanizm deyiladi.
Vulkanizmni yer yuzasidagi ko„rinishi vulkanlardir.
Vulkanizm jarayonni
odamlar ibtidoiy tuzumdan boshlab kuzatib keladilar. O„tmishda vulkan otilib
turadigan o„lkalarda yashovchi kishilar bu tabiiy qarakatni iloqiy kuchga bog„lab
kelganlar. Masalan, qadimgi rimliklar otilib chiqayotgan vulkanni ko„rib, uni olov
xudosi Vulkano (O„rta dengizdagi orolning nomi) yoki Gefestin deb ataganlar va
kishilarni ekspluatatsiya qilishda undan keng foydalanganlar.
34-Rasm. Yer qimirlash kuchli bo‟ladigan hududlar.
Darqaqiqat, tabiatda bo„ladigan daqshatli qarakatlar ichida eng qo„rqinchlisi
vulkan otilishidir. Vulkan qarakatidan yer po„stida kuchli o„zgarishlar ro„y beradi.
Demak, vulkanizm magmatizm jarayoning bir qismi bo„lib, bunda yer
yuzasiga magma maqsulotlari otilib chiqadi.
Vulqondan otilib yoki quyulib chiquvchi maqsulotlar fizik va ximiyaviy
xossalariga qarab,
gazsimon, qattiq va suyuq bo„ladi. Vulkan qarakati bosh-
lanishdan to so„nguncha vulkan va uning atrofidagi teshik-yoriqlardan, lava
qoplamlaridan va piroklastik jinslardan turli xil gaz va suv bug„i chiqib turadi.
Vulkan otlayotgan paytda krateridan ajralib chiqadigan gazlar eruptiv, lavaning
sekin qarakati davrida ayrim joylardan burkirab chiquvchi
yoki lava qoplamalari
yuzasidan ajraluvchi gazlar fumarol gazlar deb ataladi.
Eruptiv gazlar tarkibida suv bug„lari H
2
, HCL, HF,H
2
S
,
CO, CO
2
va ozroq
galogenlar bor. Fumarol gazlar lava yoki piroklast jinslardan ajralgan gazlar,
atmosfera gazlari va ularni lava qoplamalari tagidagi organik moddalar bilan
reaksiyaga kirishishidan qosil bo„lgan gazlar aralashmasidan iborat bo„ladi. Vulkan
qarakati vaqtida va so„ngandan so„ng qam ajralib chiqadigan gazlarning issiqligi
100
0
S dan 600-700
0
gacha va undan yuqori bo„lishi mumkin. Fumarol
gazlarning
issiqligi 180
0
dan yuqori bo„ladi. Issiqligi 100
0
dan 180
0
gacha bo„lgan gazlar -
sulfator deyiladi.
Gazlarning issiqligi 100
0
S dan kam bo„lsa moffetlar deyiladi.
Bundan
tashqari qid tarqalgan chuqurlik. yoki botiq joylarni moffet vodiysi deb ataladi.
Fumarol temperaturasiga va undagi gazlarning tarkibiga ko„ra quruq (bug„i
bo„lmaydi), nordon ishqorli fumarollarga bo„linadi. quruq fumarolli temperatura
650-1000
0
S gacha boradi. Ulardan suv bug„i
ajralib chiqmaydi; undagi gazlar
asosan, xlorli birikmalardan, va boshqalardan, tashkil topgan bo„ladi. Bundan
tashqari ozroq temir, marganes, mis, ftor bo„ladi.
35-Rasm. Yer qimirlash oqibati.
Ko„pincha nordon fumarol tarkibida suv bug„lari bilan aralash xlorit va
sulfat kislotasi uchraydi. Ularning issiqligi 200-400
0
S bo„ladi. Nordon fumaroldan
sof oltingugurt va qizil temir oksidi (gematit) kristallari qosil bo„ladi. Bunga
Chotkol tog„laridagi gematitli konlar xarakterlidir.
Ishqorli fumaroldan xlor ammoniyli suv bug„i, ba‟zan gazi ajralib chiqadi.
Bunday fumarolda ko„pincha xlor ammoniysining qavoda parchalanishidan
ammiak gazi qosil bo„ladi. Ularning temperaturasi 100
0
S dan salgina oshadi.
Sulfatorlardagi (italiyadagi Sulfator vulkanidan olingan) suv bug„i va
karbonat
angidridi qamda H
2
S gazidan oltingugurt birikmasi va tuzlar qosil
bo„ladi. Moffetlardan suv va suv bug„i bilan birga karbonat angidridi chiqadi.
Moffetlarning
paydo
bo„lish
vaqti
ko„pincha
vulkanning
so„nishi
yaqinlashayotganidan darak beradi. Suv bug„lari va gazlarning xalq xo„jaligidagi
katta aqamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: