uchraydi. Balchiq vulkanlar yer qatlamlari ichidagi gaz va bug„larning turli g„ovak
qatlamlardan o„tib, ular orasidagi gilli jinslarni yumshatib, yopishqoq balchiqqa
aylantirishi natijasida vujudga keladi.
Neft konlari bor yerlardagi balchiq vulkanlar o„zidan ko„p
miqdorda
uglevodorod chiqaradi. Otilib chiqayotganda temperaturasi past bo„ladi. I.M.
Gubkin neft konlari bilan balchiq vulkanlar bir-birlari bilan uzviy bog„liq bo„lib,
ular bir jarayonning tarmoqlari ekanligini ta‟kidlab o„tgan.
Ozarbayjonda Apsheron yarim orolida va Kura pasttekisligida turli xil katta-
kichik balchiq vulkanlar keng tarqalgan. Bunday vulkanlar maqsulotidan Kaspiy
dengizida bir qancha orollar (Bulla,Lyus,Svinoy, Oblivnoy Kumani) vujudga
kelgan. Vulkanlar krateridan o„qtin-o„qtin
suyuq loy, gaz va neft chiqaradi.
Balchiq vulkanlar qam boshqa vulkanlarga o„xshab qarakatlanadi va so„nadi.
Lok-Batang balchiq vulkani (boku shaqridan 25 km janubi-g„arbda)i 1887
yil 17 yanvarda qarakatlangan. Bundan avval uzoqdan kelgan zambarak ovoziga
o„xshash, lekin bir oz cho„ziq tovush eshitilgan. So„ngra yer shunday kuchli
larzaga kelganki, xatto derazalarning
oynalari qam dirillab ketgan, vulkan
otilgandan balandligi 107 metrgacha keladigan olov fontani - gazning yongani
ko„rinib turgan. Bu vulkan
bir necha marta qarakatlangan, 1935 yil 23 fevralda
qam juda kuchli otilgan. Vulkan otilish natijasida yer po„stida ikkita katta yoriq
paydo bo„lgan, so„ngra vulkan tepasidagi konus qarakatga kelgan va juda ko„p
balchiq otilib chiqqan, ajralib chiqayotgan uglevodorod gazlari tog„dagi bir-biriga
maqkam yopishib ketgan shag„allarni qam qizdirib yuborgan. A.A.Yakubov (1955-
1957) va boshqalar bergan ma‟lu-motlarga
qaraganda, vulkan otilishidan yer
yuzasiga chiqqan balchiqning qaj-mi 40 000m
3
yaqin bo„lgan, yer po„stida yoriqlar
va o„pirilishlar ro„y bergan. Yoriqlarning uzunligi 500m ga yaqin bo„lib, krater
chekkasining sharqiy qismi 16-20 sm cho„kkan. Balchiqning
palaxsa jinslari
orasida neftga shimilgan qumtosh parchalari qam bo„lgan. Shunday qilib, balchiq
vulkanlar qatlamlar orasidagi gaz va neft, suvlarning katta bosim ostida qarkatga
kelishidan dalolat beruvchi ajoyib tabiiy xodisadir. Balchiq vulkanlarning tarixini,
tarqalashini o„rganish okean va dengizlarda gaz va neft
konlarini topilishidagi
o„rganish okean va dengizlarda gaz va neft konlarini topilishidagi omillardan
biridir. (dengiz, okean foydali qazilmalari temasiga qarang).