1.
Gavayi gruppasidagi vulkanlar . Bunga Gavay orollaridagi va
Islandiyadagi vulkanlar kiradi. Gavayi orolida bir qancha vulan kraterlari bor.
Masalan, Xualalai (2521 m). Mauna- Loa va boshqalar, yer yorig„i
ustida
joylashgan. Bular ichida eng balandi Mauna-Loa vulkani bo„lib, dengiz satqidan
4166 m. baland. Bu vulkan 1843 yildan boshlab 1896 yilgacha qar 2-3- yilda,
ba‟zan qar yili, otilib, o„zidan va yon yoriqlaridan juda ko„p olivinli bazalt lava
chiqarib turgan. Islandiyadagi so„nmagan vulkanlardan Kodlouttadingya (1180m)
bor, bu vulkan uncha baland emas. Maqsuloti va qarakati bilan boshqa
vulkanlardan farq qiladi. Vulkandan temperaturasi 1200
0
S
ga yetadigan suyuq
bazalt lava oqib chiqib turadi. qiya joylarda lava sekundiga 4-5 m, tik joylarda 8 m
gacha qarakat qilib, 80 km gacha masofaga oqib boradi. Lava suyuq bo„lganligidan
balanddan pastga qarab xuddi daryo sharsharasidek sharillab turadi. Bu xil
vulkanlardan bomba, kul chiqmaydi va ular portlamaydi. Bunday vulkanlar qavat-
qavat bo„lib, qiyaligi 5-8
0
, ustidan qalqonga o„xshab ko„rinadi.
2.
Stromboli gruppasidagi vulkanlar. Nomi O„rta dengidagi Lipar orolida
joylashgan Stromboli (926 m) vulkanidan olingan. Bu gruppadagi vulkanlardan
temperaturasi 1000-1100
0
S li suyuq bazalt livasi, ba‟zan andezit,
liparit-obsidian
jinslari chiqadi. Vulkan qarakati doimiy emas. Lava ichida shag„al, lapilli va
vulkan bombalari uchraydi.
3.
Vezuviy - Etna gruppasidagi vulkanlar. Italiyaning Neapol shaqri
yaqinidagi Vezuviy vulkani bilan Sitsiliya orolidagi Etna vulkani nomidan olingan.
Kamchatkadagi bir qancha vulkanlar shular qatoriga kiradi (59-rasm). Vezuviy
vulkani atrofida diametri 15 km li Somma kalderasi qosil bo„lgan.
Vezuviy uning
o„rtasida bo„lib diametri 3 km li krater qosil qilgan.
Bu vulkanlardan chiqadigan lava tarkibi “o„rta va nordon” bo„lganligi
sababli lava ba‟zan vulkan krateri og„zida qotib qoladi. Lava ostida magmadan
ajralgan gazlar yig„ilib qolib qayta otiladi. Ikkinchi marta otilgan paytda kuchli
portlash yuz beradi. Bu gruppa vulkanlar lavasi quyuq bo„ladi.
Vezuviy gruppasidagi vulkanlar otilganda dastlab suv bug„i bilan quyuq
tutun va gaz chiqadi. Bu jarayon kuchaya borib kuchli portlash ro„y beradi ( kul,
so„ng bombalar, qum, shag„al otilib chiqadi). So„ngra
qamma yoqni yoritib qip-
qizil cho„g„dek quyuq lava oqib chiqa boshlaydi va u vulkan krateri atrofida 5-4
km yergacha oqib boradi.
Vulkan krateridan chiqqan qatiq va suyuq maqsulotlar uning atrofida yig„ilib
konus shaklida qavat-qavat bo„lib joylashadi. Vulkandan otilib chiqqan lava
vulkan kraterida uzoq vaqt qotmay yotadi. Kraterdan gaz va bug„ otilib turadi. Bu
gruppa vulkanlariga eramizdan 700 yil avval otila boshlagan Etna (Sitsiliya),
Vezoviy (Italiya), O„rta dengizdagi vulkan va boshqa vulkanlar kiradi.
4.
Mon-Pele gruppasidagi vulkanlar . Martinika orolidagi
Mon-Pele
vulkani nomidan olingan. Bu gruppadagi vulkanlar boshqa vulkanlardan kuchli
portlashi va kraterida lava qotib qolishi bilan farq qiladi. Magmadan ajraluvchi gaz
krater ichida to„planadi. Gaz bir necha yillardan so„ng to„satdan portlab otiladi.
Masalan, 1902 yilda Mon-Pele vulkani to„satdan juda
qattiq kuch bilan otilgan
paytda fransuz geologi Lakurua vulkan otilishini kuzatgan. Uning aytishicha,
vulkan krateridan qizigan pemza, lapillalar qip-qizil bo„lib kul, gaz va quyuq suv
bug„lari bilan juda baland otilib chiqqan. Chiqqan maqsulotlar tog„ yonbag„ri
bo„ylab minutiga 950 m tezlikda pastga qarakat qilgan. qizigan gaz, kul va boshqa
maqsulotlar temperaturasi taqminan 700-800
0
ga yetgan Martinika orolidagi San-
P‟er shaqri bir necha minut ichida vulkan kuli ostida qolib ketgan. Mon-Pele
vulkani to„xtagach, kraterdan quyuq yopishqoq lava krater tepasida katta ustundan
(300m) baland ko„tarilib qolgan. Mon-Pele so„zi oq-bosh qam shu nomdan
olingan.
Vulkan chiqarib tashlagan maqsulotlar (pemza, lapilla, bomba, shag„al, qum,
kul) cho„kindi jinslar bilan birga aralashib tuffit deb ataladigan effuziv tog„ jinslari
uyumini qosil qilgan.
Agar lava ichida vulkan bombalari va qirrali jinslar ko„p bo„lsa, ular vulkan
brekchiyasi deyiladi.
1.
Bandaysan . (Yaponiyadagi eng yirik vulkan) gruppasidagi
vulkanlar - trubasimon otiluvchi vulkan deb qam ataladi. Bu vulkan qarakati
yer ichida to„plangan juda ko„p suv bug„i, gazni va o„z ustidagi jinslarni uzun
trubadan yuqoriga birdan otib yuborishi bilan boshqa vulkanlardan farq
qiladi; yuqori qismi voronkasimon shaklda bo„ladi. Voronkasimon truba
kraterining eni 250 dan 3000 m gacha bo„lib,
atrofida jins uyumi aylana
shaklida to„planadi. Bunday vulkanlar Yevropada Reyn bo„yi oblasti yaqinida
uchraydi. Uning krateri ko„pincha suv bilan to„lgan bo„lib, maxalliy nom
bilan maar deb ataladi. Keyingi vaqtda (1975-80) Mars bilan Oyning yuzasini
tekshirib, u yerdagi chuqurlar kometa urilishdan qosil bo„lgan deb topildi. Yer
yuzidagi maar tipidagi chuqurlarni qam yana shunday urilishdan qosil bo„lgan
deb qisoblanmoqda. Dunyodagi mashqur vulkanlardan biri Krakatau vulkani
qam shu vulkanlar jumlasidandir. Bu vulkan Yava va Sumatra orollari
orasidagi tor bo„g„ozda joylashgan. Bu vulkan 1883 yilda juda kuchli otilishi
natijasida dengiz satqidan 800 m baland bo„lgan oroldagi vulkan konusi
o„rnida dengiz satqidan 300 m past joy vujudga kelgan. Bu qarakat asosan
krater ostida to„plangan gazning kuchli bosimi ta‟sirida ro„y bergan.
Vulkandan
chiqqan gaz, bug„, chang yuqoriga 25-30 km ko„tarilgan. Bu
maqsulotdan juda ko„p pemza, lapilla, kul uzoq - uzoqlarga borib tushgan.
Yava va Sumatra orolida yashovchi aqoliga katta zarar yetgan. Krakatau
vulkanidan ko„tarilgan chang va to„zon atmosferaning yuqori qismini
qoplagan. Alyaskadagi 1912 yilda yetilgan Katmay vulkani va boshqa
vulkanlar qam Bandaysan vulkani gruppasiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: