Key Point.Sikldan dasturni bir necha marta takroran ishlashi uchun buyruq berishdan foydalanish mumkin. Faraz qilaylik, dasturda “C++ ga xush kelibsiz!” jumlasini 100 marta konsol oynaga chiqarish buyrug`ini berishimiz kerak. Buning uchun quyidagicha kodni yozish juda ham zerikarli va mashaqqatli:
Xo`sh, bu muammoning qanday yechimi mavjud?
C++ bir yoki bir nechta operatorlarni ko`p marta, ketma-ketlik tartibida bajaruvchi, sikl deb nomlangan mukammal konstruksiyani taqdim etadi. Bu konstruksiya yordamida kompyuterga dastur orqali yuqoridagi satrni 100 marta chiqarishga oddiy ko`rinishda buyruq berish mumkin:
inthisob = 0;
while (hisob< 100)
{
cout<< "C++ ga xush kelibsiz!\n";
hisob++;
}
Bu yerda hisobsikl tarkibida dastlab 0 qiymat bilan o`qilyapti. Shart qismi(hisob< 100)da uning 100 dan kichik ekanligi tekshiriladi. Agar bu shart rost (true) bo`lsa, siklning tana qismi hisoblanadi, ya’ni, konsol oynaga “C++ ga xush kelibsiz!” jumlasi chiqariladi va hisob1 qiymatga oshiriladi. Bu jarayon siklning shart qismi (hisob< 100)yolg`on (false) qiymat qabul qilgunga qadar (hisob ning qiymati 100 dan oshib ketguncha) davom etadi.Bunday holatda sikl ishi to`xtatiladi va undan keyingi ko`rsatma satrlarining bajarilishiga o`tiladi.
Sikllar – blokdagi ko`rsatma satrlarining takroran ishlashini nazorat qiluvchi konstruksiyalar. C++ sikl operatorlarlarining uch xil turini taqdim etadi: while sikl operatori,dowhile sikl operatori, for sikl operatori.