Mavzuga kirish; while – sikl operatori



Yüklə 428,4 Kb.
səhifə2/7
tarix02.12.2023
ölçüsü428,4 Kb.
#137603
1   2   3   4   5   6   7
Takrorlanuvchi jarayoni tashkil etish

Key Point.while sikl operatori o`zining shart qismi rost qiymat qabul qilganda tana qismidagi ko`rsatmalarni bajaradi.
while sikl operatorining sintaksisi quyidagiicha:
while (sikl davom etish sharti)
{
// sikl tanasi
Ko`rsatmalar (s);
}
8.1(a)-rasmda while siklining blok-sxemasi berilgan. “Sikl tanasi” deb nomlanuvchi sikl bloki takrorlanuvchi ko`rsatma satrlaridan tashkil topgan. Sikl tanasining bir marta bajarilishi siklning iteratsiyasini (yoxud takrorlanishini) anglatadi. Har qanday sikl tana qismining bajarilishini nazorat qiluvchi siklning-davom-etish-sharti – mantiqiy ifodadan tashkil topadi.Bu mantiqiy ifoda har safar sikl tanasining hisoblanishi uchun ishga tushiriladi. Agar u true qiymat qabul qilsa, tana qismi bajariladi; Agar u false qiymat qabul qilsa, butun boshli sikl operatorining ishi to`xtatiladi va dastur o`sha vaqtdagisiklning tana qismini bajarlmaydi.
whilesikl operatori haqida boshlang`ich tasavvurga ega bo`lish uchun “C++ ga xush kelibsiz!” jumlasining 100 marta ekranga chiqarilishini ko`rib chiqish yetarli. Uning blok-sxemasi 8.1(b)-rasmda keltirilgan.

8.1-rasm.while sikl operatori siklning-davom-etish-shartitrue qiymat qabul qilganda sikl tanasida ko`rsatilgan ko`rsatma satrlarini takroran bajaradi.
Siklning-davom-etish-shartihisob<100vasikl tanasi quyidagi ikki ko`rsatma satridan tashkil topgan:

Bu misol orqali sikl tanasi necha marta bajarilishini aniq bilib olish mumkin. Chunki, bu yerda hisob o`zgaruvchisining necha marta qiymat qabul qilishini aniq bilish imkoni mavjud.Siklning bu turi hisoblovchi-boshqaruv siklisifatida qaraladi.
Eslatma.Siklning-davom-etish-sharti har doim qavslar orasiga olib yozilishi lozim. Siklning tana qismini ifodalovchi figurali qavslar esa, sikl tanasi faqat bitta ko`rsatma satridan iborat bo`lganda turshirib qoldirilishi mumkin.
Bu yerda siklning qanday ishlashini tushunib olishga yordam beruvchi boshqa bir misol keltirilgan:
int sum = 0, i = 1;
while (i < 10)
{
summa = summa + i; i++;
}

cout<< "summma= " << summa; // summa 45 ga teng


Agar i<10true (rost) qiymat qabul qilsa, summa ga i qo`shiladi. i o`zgaruvchiga 1 qo`shib qo`yiladi, keyin uning qiymati 2 ga teng bo`ladi. Shu tariqa i o`zgaruvchi har siklda o`ziga 1 qo`shib, 3, 4, 5 va hokazo, 10 bo`lganga qadar qiymat qabul qilib boraveradi.i10 ga teng bo`lganda i<10 sharti false (yolg`on) qiymat qabul qiladi va sikl ishi shu yerda to`xtatiladi. Shuning uchun, summa= 1 + 2 + 3 + … +9 = 45.
Agar sikl quyida keltirilgani kabi noto`g`ri yozilgan bo`lsa nima yuz beradi?

Yüklə 428,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin