46 – umumiy o`rta ta`lim maktabining geografiya fani o`qituvchisi Otajonova Zulayxoning
Geografiya fanidan 24 – oktabr 2013 – yil 5 - a sinfda “Joyning topografik planini tuzish” mavzusida ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida o`tkazilgan ochiq darsning dars ishlanmasi
Geografiya
5-sinf
Mavzuning texnologik xaritasi va o‘tkazilish ishlanmasi
Mavzu:
|
I – chorak 15 - dars
Joyning topografik planini tuzish
|
Maqsad va vazifalar
|
O`quvchilarning oldingi mavzular yuzasidan bilimlarini tekshirish, ularni yangi atama va tushunchalar bilan tanishtirish;
Yer yuzidagi notekisliklarini planga tushurish yo`llarini o`rgatish; joyda masofalarni aniqlash, o`quvchilarni qutb usulida va yo`l bo`ylab plan olish usuli bilan tanishtirish; ularda yo`nalish va masofalarni aniqlash bo`yicha ko`nikma va malakalarni shakllantirishni davom ettirtirish; joy planini o`qiy olish bo`yicha mashiqlar bajarish ya’ni planni kompas yordamida orientirlashni, turgan joydan ko`rinmaydigan, ammo planda ko`rsatilgan mahalliy predmetlargacha bo`lgan masofani aniqlash va boshqalar.
|
O‘quv materiali mazmuni
|
O‘quvchilarda mavzu asosida bilim va ko‘nikmalarni shakillantirish, kompas, geografik atlas, topografik xaritalar bilan ishlashga qiziqish o‘yg‘otish.
O‘quvchilarning savol-javob, xarita bilan ishlash (amaliy mashg‘ulot) orqali yangi mavzuni qay darajada o‘zlashtirilganligi nazorat qilinadi.
|
O‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi
|
Shakl: interfaol mashg‘ulot: suhbat-ma’ruza, yakka tartibda, kichik guruh, jamoa bo‘lib ishlash.
Metod: “Aqliy hujum”, “Amaliy mashg‘ulot” “Kichik guruhlar bilan ishlash”, savol- javob, test.
Vosita: Darslik, 5-sinf o‘quv atlasi va yozuvsiz xaritalar, planshet, qog`oz, sirkul, chizg`ich, topografik xarita, darslik, tarqatma savollar.
Nazorat: kuzatish, nazorat savollari, nazorat testlari.
Baholash: rag‘batlantirish, 5 ballik tizim asosida.
|
Kutiladigan natijalar
|
O‘qituvchi: Mavzu belgilangan vaqt ichida barcha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi. O‘quvchilarning darsda faolligi oshadi. Ularda fanga nisbatan qiziqish o‘yg‘onadi. Amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil bajaradilar, barcha o‘quvchilar yakka tartibda baholanadi. boshqalarga yetkazish, savol va javob berishga o‘rgatiladi.
O‘quvchi: Mavzu yuzasidan yangi bilimga ega bo‘ladilar. Guruhlar bilan ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar
|
Kelgusi rejalar
|
O‘qituvchi: Yangi pedagogik texnologilarni o‘zlashtiradi va darsda tatbiq etib, takomillashtirishga erishadi. O‘z ustida ishlaydi. Mavzuni hayotiy voqyalar bilan bog‘laydi va solishtiradi.
O‘quvchi: Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil isshashni o‘rganadi. O‘z fikrini ravon bayon eta oladi. Yangi mavzuga oid qo‘shimcha materiallar topishga harakat qiladi.
|
Mashg‘ulotning borishi
Darsning tashkil etish shakllari:
a) salomlashish
b) davomat aniqlash.
c) ob-havo so`rash
d) uyga berilgan topshiriqlarni tekshirib chiqish
Dars uslubi. Savol-javob, guruhlarga bo`lish, suhbat.
Dars rejasi:
1. O`qituvchining kirish so`zi (1 daqiqa).
2. Guruhlarga bo`linish (2 daqiqa).
3.“ Geografik diktant” orqali uyga berilgan mavzu yuzasidan bilimlarni tekshirish (8daqiqa).
4.Yangi mavzu bayoni. (12 daqiqa).
5. Yangi mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar (8 daqiqa).
6. Guruhlar taqdimoti (8 daqiqa).
7. Mavzuni mustahkamlash (2 daqiqa).
8. O`quvchilarni rag‘batlantirish va baholash (2 daqiqa).
9. Uyga vazifa. (2 daqiqa).
1. O`qituvchining kirish so`zi (1daqiqa).
Darsning tashkil etilishi:
a) salomlashish, davomatni aniqlash;
b) o`quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish;
2. Guruhlarga bo`linish (2 daqiqa).
O`quvchilar 3 ta guruhga bo`linib, joylariga o`tirishadi (emblemalar ilova qilinadi).
I-guruh. “Kompas”
II-guruh. “Azimut”
III-guruh. “Xarita”
O`quvchilar bilan birgalikda guruhlarda ishlash uchun amal qilinishi lozim bo`lgan qoidalar ishlab chiqiladi:
Oltin qoidalar:
1. Faollik.
2. Vaqtga rioya qilish.
3. Aytilgan fikrni takrorlamaslik.
4. O`zaro hurmat.
5. To`g`ri javob uchun rag`bat.
6. O`ng qo`l qoidasi.
7. “Bir yoqadan bosh chiqarish”.
8. Intizom.
Ishlab chiqilgan oltin qoidalar doska chetiga osib qo‘yiladi.
3.“ Geografik diktant” orqali uyga berilgan mavzu yuzasidan o‘quvchilar bilimini tekshirish (8 daqiqa)
Geografik diktant.
1.Gorizontning quyosh botadigan tomoni………….. (g‘arb)
2.Oraliq masofani o‘lchaydigan asbob……………...(ruletka)
3.Nuqtaning okean sathidan yoki okean bilan tutashgan dengizlar sathidan balandlikka ……..(mutloq balandlik deb ataladi)
4.Quruqlik yuzazining dengiz sathidan bir xil balandlikdagi tutashtiruvchi chiziqlar ………..(gorizontallar) deyiladi.
5.Ufqning g‘arb tomoni ………. (2700) azimutga teng.
6.Azimut 500 bo‘lsa u ufqning ………….(janubiy-g‘arbiy tomonini bildiradi.
7.2250 azimut ufqning……….. (janubiy-g`arbiy) tomonini bildiradi.
8.Qurt-qumursqalar odatda inlarining og‘zini ……….(janub) tomonga qaratib quradilar.
9.Azimut so‘zi arab tilida ……………(“as-sumut”)-yo‘l degan ma’noni anglatadi.
10.Yer yuzining past-balandliklari…….(relyef) deb ataladi.
4.Yangi mavzu bayoni. (12 daqiqa).
1.Qutbiy plan olish.
2.Azimutal plan olish.
3.Nisbiy balandlik.
4.Mutlaq balandlik.
Birinchidan : joy planini tuzish uchun zarur bo`lgan eng oddiy asbob va vositalarni tayyorlash lozim. Ya`ni o`lchov lentalarini kurvimetr, kompas va boshqalar.
Ikkinchidan: planga olinadigan joyning masshtabini aniqlsh;
Uchinchidan: planshetni tayyorlash va uni orientirlash;
To`rtinchidan: Joy planini tuzushning qutb usuli va ko`z bilan chamalab olish usulida amalga oshirish;
Beshinchidan: Plan olish natijalarini ko`rib chiqish
O`quvchilarni qutb usulida plan olish natijalarini ko`rib chiqish.
O`quvchilarni qutb usulida plan olish bilan tanishtirish. Bunda berilgan rasmga qarab joyning planini tuzish mumkin. Dastlab uch oyoq bilan planshetni daryo ko`prigiga o`rgatib, biron masshtab tanlanadi. Masalan 1:500 tanlab olindi. Shundan so`ng shimol va janub tomonlarni ko‘rsatadigan strelka tortiladi va planshetni goriont tomonlariga orientirlaymiz. Barcha mahalliy predmetlarni shartli topografik belgilar bilan planga tushiramiz.
Avvalo planda daryo ustidagi ko‘prikni tasvirlash va uni “ko`prik” degan shartli belgining o‘rtasiga to‘g‘nog‘ich qadab qo`yish kerak. Bu bizning plandagi birinchi nuqtamiz bo‘ladi.
Planshetga vizirlash lineykasini quyamiz va uning ustki qirrasini planimizda tasvirlamoqchi bo`lgan predmetlar (yakka buta, shamol dvigateli, uy, molxona, daraxtzor, hovuz, daryo bo`yidagi daraxtlarga to`g`ri qilib qo`yiladi va planshetda har bir predmetga tomon vizirlash chizig`i tortamiz. So`ngra bizga ma’lum bo`lgan usullarning birini qo`llab, ko`prikdan ana shu predmetlarning har birigacha bo`lgan masofani aniqlaymiz. Tanlab olingan masshtab asosida planshetda mo`ayan masofalarni o`lchab va ularni shartli belgilar bilan ko`rsatamiz. Shu tariqa daryoni planga tushiramiz,barcha predmetlarga bizirlash chizig`i tortiladi va ular ham shartli belgilar bilan ko`rsatiladi.
Qutbiy plan olish deb nimaga aytiladi?
Biz mahalliy predmetlarni vizirlagan nuqta qutb deb ataladi. Shu sababdan planga olishning bu usuli qutbiy plan olish deb ataladi.
Azimutan plan olish (Yo‘l bo‘ylab plan olish) qutbiy plan olishning bir turidir.Bu ham taxminan qutbiy plan olish kabi bajariladi. Bu usulda planshet bilan vizir lineykasi ishlatilmaydi.
Ko‘prik yonida turib planga tushurmoqchi bo‘lgan hamma ob’ektlarimizning azimutlarini aniqlash va ulargacha bo‘lgan masofalar o‘lchab chiqiladi. Olingan natijalar ustun shaklida yoziladi.( darslikdagi 11-12 rasm)
-
Ko‘prikdan
|
Azimut
|
Joydagi masofa
|
Plandagi masofa
|
Butagacha
Shamol Dvigateligacha
Minoragacha
Molxonagacha
Hovuzgacha
Daraxtgacha
|
2750
|
360 m
|
3.5 sm
|
5. Darsni mustahkamlash uchun savollar:
Dostları ilə paylaş: |