Mavzusida ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida o`tkazilgan ochiq darsning dars ishlanmasi GeografiyaUy vazifasini bajarish uchun tavsiyalar
Mashg‘ulotning borishi Dars rejasi: 1. O`qituvchining kirish so`zi (1 daqiqa). 2. Guruhlarga bo`linish (2 daqiqa). 3. “Geografik nomlarni bilasizmi?” elektron doskasi orqali bilimlarini tekshirish. (elektron doska bo‘lmasa o‘qituvchi tomonidan geografik nomlar yozilgan tarqatmalar tayorlab qo‘yiladi.) (5 daqiqa) 4.“Amaliy topshiriq” orqali uyga berilgan mavzu yuzasidan bilimlarni tekshirish (7daqiqa). 5 Yangi mavzu bayoni. O‘ituvchining kichik maruzasi (6 daqiqa). 6.“Yer yuzida esuvchi shamollar” filmini ko‘rish (5 daqiqa). 7. Guruhlar taqdimoti “O‘tkir zehinlilar o‘yini” (12 daqiqa). 8. “Qisqa muddatli test sinovi” (3 daqiqa). 9. Mavzuni mustahkamlash (2 daqiqa). 10. O`quvchilarni rag‘batlantirish va baholash (2 daqiqa). 11. Uyga vazifa. 1. O`qituvchining kirish so`zi (1daqiqa). Darsning tashkil etilishi: a) salomlashish, davomatni aniqlash; b) o`quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish;
O`quvchilar iqlim elementlariga ko`ra 5 ta guruhga bo`linib, joylariga o`tirishadi (emblemalar ilova qilinadi). I-guruh. Quyosh II-guruh. Bulut III-guruh. Shamol IV-guruh. Yomg`ir V-guruh. Qor O`quvchilar bilan birgalikda guruhlarda ishlash uchun amal qilinishi lozim bo`lgan qoidalar ishlab chiqiladi: Oltin qoidalar: 1. Faollik. 2. Vaqtga rioya qilish. 3. Aytilgan fikrni takrorlamaslik. 4. O`zaro hurmat. 5. To`g`ri javob uchun rag`bat. 6. O`ng qo`l qoidasi. 7. “Bir yoqadan bosh chiqarish”. 8. Intizom. Ishlab chiqilgan oltin qoidalar doska chetiga osib qo‘yiladi. 3. Biz bilgan bilimlar (xotirani sinash - 7 daqiqa). Guruhlar o`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan savol va topshiriqlarni tanlab oladilar. (savollar ilova qilinadi). 1-savol Havo haroratining sutkalik amplitudasi deb nimaga aytiladi? Javob: Sutkalik havo haroratining eng yuqori va eng past ko‘rsatkichlari oasidagi farqqa havo haroratining sutkalik amplitudasi deb ataladi. 2-savol Havo haroratining yillik amplitudasi deb nimaga aytiladi? Javob: Yil davomidagi eng yuqori harorat bilan eng past harorat oasidagi tafovut havo haroratining yillik amplitudasi deb ataladi. 3-savol Yillik amplituda Yer yuzining qayerlarida kattalashib boradi? Javob: Ekvatordan qutublarga tomon yillik amplituda kattalashib boradi. 4-savol Havo bosimi deb nimaga aytiladi? Javob: Havoning Yer yuzasiga va undagi barcha narsalarga bergan bosimini havo bosimi deb aytiladi. 5-savol Havo bosimi qanday asbob bilan o‘lchanadi va u necha xil bo‘ladi? Javob: Havo bosimi barometr asbobi bilan o‘lchanadi. U ikki xil bo‘ladi, simobli barometr va metal barometr. 4. “Amaliy topshiriq” orqali uyga berilgan mavzu uyzasidan bilimlarni tekshirish (7daqiqa). 1-topshiriq Berilgan ma’lumotlarga asoslanib, Andijon shahrining o‘rtacha sutkalik haroratini toping. (Kechasi soat 1da +40C, soat 4da +40C, ertalab soat 7da +60C, soat 10da +120C, kundizi soat 13da +160C, soat 16da +180C, kechqurun soat 19da +120C, soat 20da +80C ga teng) Javob: Buning uchun sutka davomida kuzatilgan natijalar qo‘shilib, kuzatilgan songa bo‘linadi. Ya’ni: Haroratlar yig‘indisi 80 : 8 =100C Andijon shahrining o‘rtacha sutkalik harorati +100C ga teng. 2-topshiriq Yanvar oyining o‘rtacha harorati -80C, iyul oyidagi o‘rtacha harorat +220C bo‘lsa, bir yillik havo haroratining amplitudasi necha gradusga teng bo‘ladi? Javob: Yillik havo haroratining amplitudasini aniqlash uchun (issiq) iyul oyining havo haroratidan (sovuq) yanvar oyining havo harorati ayriladi, ya’ni +22 - (-8) = +22+8 =+300C demak yillik amplitudasi +300C ga teng. 3-topshiriq Agar tog‘ etagida havo harotati +300C bo‘lsa, 5000 m balandlikda havo harorati necha gradusga teng bo‘ladi? Javob: Havo harorati har 1000 m balandlikka ko‘tarilganda -60C ga soviydi. 5000: 1000 = 5 marta soviydi. 5. (-6) = - 300C. Demak, +30+( -30) = 00C Demak havo harorati 5000 m balandlikda 00C ga teng.
Samolyot 3 km balandlikda uchib borayotganda Yer yuzasida harorat +200C bo‘lsa, Samolyot uchib borayotgan balandlikdagi haroratni aniqlang. Javob: Har 1000 m balandlikda harorat -60C ga pasaysa, 3 kmda - 180 C ga pasayadi ya’ni 3 . (-6) = - 180C 20+(-18) =+20C. Demak samolyot uchib borayotgan balandlikda havo harorati +20C ga teng. 5-topshiriq Troposferada havo harorati o‘rtacha har kilometr balandlikda 6°C pasayadi. Shuni hisobga olib, Toshkent va Samarqand shaharlarida Yer yuzasidagi harorat +22, +27°C bo‘lsa, bu shaharlardan 4 km balandlikdagi havo haroratini hisoblang. Javob: 1 Toshkent + 22 + 4 : (-6 ) = + 22 - 24 = +2°C 2. Samarqand + 27 + 4 : (-6 ) = + 27 – 24 = +3°C
Quyosh nuri quruqlik va suv yuzasini bir xil isitmaydi. Suv sekin isiydi va asta soviydi. Quruqlik esa tez isib, tez soviydi. Kunduz kuni quruqlik ustidagi havo isib, kengayadi va bosim kamayadi, yani past bo‘ladi. Ko‘l va dengiz ustidagi havo esa salqin turadi. Havo bosimi katta, yuqori bo‘ladi. Natijada ko‘l va dengiz ustidagi havo esa salqin turadi. Kechasi esa quruqlik tez soviganidan havo bosimi ortib, shamol quruqlikdan dengiz tomonga esadi. Bir kecha-kunduzda o‘z yo‘nalishini ikki marta o‘zgartirib turadigan shamolga briz shamoli deyiladi. Briz fransuzcha brise-shabada degani. Yer yuzida esadigan asosiy shamollar. Musson shamollari. Yoz faslida quruqlikda havo bosimi past bo‘ladi. Dengizlarda havo bosimi yuqori bo‘ladi. Natijada butun yoz bo‘yi dengizlardan quruqlikka tomon shamol esadi. Qishda esa aksincha quruqlik sovib, bosim ortadi. Dengiz iliq bo‘lib, bosim pasayadi. Bunda butun qish davomida shamol quruqlikdan dengizga esadi. Mana shunday bir yilda ikki marta o‘z o‘nalishini o‘zgartiradigan shamollar musson shamollar deyiladi (musson arabcha mavsum so‘zidan olingan). Passat shamollari. Yer sharining ekvator atroflari Quyoshdan eng issiq oladi. Shuning uchun bu hududlarda yil bo‘yi havo bosimi past bo‘ladi. Natijada 300 kengliklardan ekvatorga qarab doimiy shamollar esib turadi. Yer aylanib turishi hisobiga shamollar ekvator yaqinida g‘arb tomonga burilib ketadi. Bu shamollar passat shamollaridir. O‘rta kengliklarda Shimoliy yarimsharda ham, Janubiy yarimsharda ham, doim g‘arb tomondan shamollar esib turadi. Bular G‘arbiy shamollar deyiladi. Respublikamizga yog‘inlarni ham shu shamollar olib keladi. Shamol yuo‘nalishi flyuger asbobi bilan aniqlanadi. Shamolning tezligi esa anemometr yordamida o‘lchanadi.
Yer sharining turli joylarida bir-biridam farq qiluvchi havo massalari tarkib topadi. Masalan:Shimoliy yarim sharda arktika, mo‘tadil mintaqada mo‘tadil, tropik o‘lkalarda tropik, ekvator atrofida ekvatorial havo massalari hosil bo‘ladi. Havo massalari okeanlar va ququqlik ustida paydo bo‘lishiga qarab, dengiz va kontinental havo massalariga bo‘linadi. Izoh: O‘qituvchi ajratilgan vaqt davomida o‘z ma’ruzasida aytilgan ma’lumotlarni o‘quvchilar bilan birgalikda darslikdagi 49,50,51-rasmlardan foydalangan holda ularga yetkazib bersa, ushbu dars yuqori samara berishi va o‘quvchilar bilimida bo‘shliq hosil bo‘lmasligi ko‘zda tutiladi. 6.“Yer yuzida esuvchi shamollar” filmini ko‘rish (4 daqiqa). O‘qituvchi oldindan 5-sinf uchun yaratilgan o‘quv filmidan foydalangan holda mavzuga mos bo‘lgan “Yer sharida esuvchi shamollar” filmini tayyorlab qo‘yadi va namoyish etadi. (5-sinf uchun “Kompyuter Osiyo”ITP tomonidan yaratilgan o‘quv filmi (CD-R diski) ilova qilinadi) 7. Guruhlar taqdimoti “O‘tkir zehinlilar o‘yini” (15 daqiqa). O‘tilgan mavzu o‘qituvchining o‘quvchilarga bergan ma’lumotlariga va ko‘rilgan filmga asoslanib savol va topshiriqlar bo‘yicha mustahkamlanadi. Yangi mavzu o‘quvchilarga tushuntirilib bo‘lingach “O‘tkir zehinlilar o‘yini” tashkil etiladi. Bunda mavzu materiallari asosida guruhlarga briz shamollariga doir muammoli rasmlar chiziladi va rasmlarga taalluqli savolar yozilib guruhlarga tarqatilib chiqiladi. Guruhlar o`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan savol va topshiriqlarni tanlab oladilar. (muammoli rasmlar va savollar ilova qilinadi) (Guruhlar o‘rtasida bajarilgan topshiriqlar almashinib ko‘rib chiqilib tahlil qilinadi)
Javob: Dengizdan quruqlikka tomon esadi. 2. Kundizgi briz deb nimaga aytiladi? Javob: Kundizi dengizdan quruqlikka tomon esuvchi shamolga kundizgi briz deb ataladi. 3. Shamolming kuchi nimaga bog`liq? Javob: Muayyan masofadagi havo bosimi orasidagi farq qancha katta bo‘lsa, shamol shuncha kuchli esadi. Savollar: 1. Shamol deb nimaga aytiladi? Javob: Havoning gorizontal harakatiga shamol deyiladi.
Javob: Kundizgi briz deb ataladi.
Javob: Briz fransuzcha brise-shabada degani. 2-rasm. Tungi briz shamoli Savollar:
Javob: Quruqlikdan dengizga. 2. Rasmda shamol yo‘nalishini aks ettiring, ushubu shamol qanday nomlanadi? Javob: Tungi briz deb ataladi. 3. Shamolming tezligi qanday asbob yordamida aniqlanadi? Javob: Shamolming tezligi anemometr yordamida o‘lchanadi.
1. Shamol deb nimaga aytiladi? Javob: Havoning gorizontal harakatiga shamol deyiladi.
Javob: Kungi briz deb ataladi. 3. Kecha –kundiz o‘z yo‘nalishini ikki marta o‘zgartirib turadigan shamolga ………….…..deyiladi. Javob: briz shamollari Savollar: 1. Shamolning vujudga kelishining asosiy sababi nimada? Javob:Yer yuzasining turli joylaridagi havo bosimida farq bo‘lishidir. 2. Shamolming yo`nalishi qanday asbob yordamida aniqlanadi? Javob: Shamolming yo`nalishi flyuger yordamida aniqlanadi. 3. Tungi briz deb nimaga aytiladi? Javob: Tunda quruqlikdan dengizga tomon esuvchi shamolga tungi briz deb aytiladi.
O‘quvchilarni o‘tilgan yangi mavzu yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalari qisqa muddatli test savollari orqali tekshirilib ko‘riladi. (test savollari ilova qilinadi) 9. Mavzuni mustahkamlash. (2 daqiqa) O‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning taqdimotiga yakun yasaydi va o‘quvchilar tomonidan bergan javoblardagi kamchiliklarni to‘ldirilib, guruhlarning to‘g‘ri javoibi uchun rag‘bat bayroqchasi beriladi. 10. O`quvchilarni rag‘batlantirish va baholash (2 daqiqa) Dars yakunida guruh o`quvchilari to`plagan globus (maketchalari) sanaladi, g`olib guruh aniqlanadi va rag`batlantiriladi. Guruhlarga darsdagi ishtirokiga qarab ”Eng zukko guruh”, ”Eng faol guruh”, ”Eng intizomli guruh” ”Eng hamjihat guruh”, ”Eng chaqqon guruh” nominasiyalari o`z egalariga topshiriladi. 11. Uyga topshiriq: Izoh: O‘qituvchi oldindan oq (vatmin) qog‘ozga uyga vazifa yozib osib qo‘yadi. Yer yuzida esuvchi quyidagi shamollarni yozuvsiz xaritaga tushurish. Musson, passat, Shimoliy-sharqiy va G‘arbiy shamollar. Darslikdan 25- mavzuni o‘qib, 49-rasmni daftarga chizib kelish. Dars davomida ”Amaliy mashg‘ulot”, “Guruhlar bilan ishlash”, usulidan keng foydalanganda o‘qituvchi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi. O‘quvchilar og‘zaki va amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil bajaradilar, boshqalarga yetkazish, savol va javob berishga, vaqt reglamentiga rioya etishga o‘rgatiladi. O‘quvchilarni o‘tilgan yangi mavzu yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarni aniqlash uchun test savollari Yüklə 322,4 Kb. Dostları ilə paylaş: |