Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


Iqtisodiyotning real sektori tarkibiy tuzilishining



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/105
tarix26.11.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#136255
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   105
Makroiqtisodiy Tahlil

4. 2. Iqtisodiyotning real sektori tarkibiy tuzilishining 
 mohiyati va tasnifi 
Iqtisodiyot va uning alohida tarmoqlari tarkibi mamlakat 
iqtisodiyotini rivojlanishining asosini tashkil etadi. Iqtisodiyot va uning 
alohida tarmoqlarida iqtisodiy vaziyatni aniq tasavvur qilish, uning 
kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini hisobga olish muhim iqtisodiy-
ijtimoiy ahamiyatga ega.
Real sektor iqtisodiyoti tarkibi – bu milliy iqtisodiyotdagi tovar va 
xizmatlar ko‘rsatuvchi turli tarmoq va sohalar yig‘indisidan iborat bo‘lib, 
ular o‘zaro aloqada va bog‘liqlikda iqtisodiy faoliyatda bo‘ladilar. Real 
sektor iqtisodiyoti ichki va tashqi bozorga ne’matlar ishlab chiqaruvchi, 
zamon va bozor talabidagi o‘zgarishlarga nisbatan moslanuvchan 
iqtisodiy subyektlar faoliyati yig‘indisidan iboratdir. 
Iqtisodiyotni real sektoriga mahsulot ishlab chiqarish bilan
nomoddiy boylik yaratish va xizmat ko‘rsatish sohalari ham kiritiladi. XX 
asrning ikkinchi yarmidan boshlab real sektor infratuzilmasida katta 
o‘zgarishlar ro‘y berdi. 


28 
Mamlakat milliy iqtisodiyoti moddiy ishlab chiqarish sohalari va 
bozor xizmat ko‘rsatish sohalaridan tarkib topadi. Iqtisodiyotning real 
sektoriga quyidagi moddiy va nomoddiy boyliklar yaratish hamda 
xizmatlar ko‘rsatish sohalari kiradi: 
- sanoat; 
- qishloq xo‘jaligi; 
- qurilish; 
- transport va aloqa; 
- boshqa xizmat ko‘rsatish sohalari.
Xizmatlar sohasi iqtisodiyotning muhim sohalaridan biri hisoblanadi 
va iqtisodiyotning barcha sohalariga sezilarli ta’sir qiladi. 
Xizmatlar sohasi – bu bir tomondan aholiga ko‘rsatiladigan
xizmatlarining assortimenti bo‘lsa, ikkinchi tomondan tashkilotlar va 
yakka ijrochilar majmuasi bo‘lib, ular xizmat ko‘rsatish faoliyati 
doirasida iste’molchilarga moddiy va ijtimoiy-madaniy xizmatlarni 
ko‘rsatishadi. 
Xizmatlar sohasi tarkibida yetakchi o‘rinlarni transport xizmatlari
aloqa va axborotlashtirish xizmatlari, savdo xizmatlari, mehmonxona va 
turistik-ekskursiya xizmatlari egallaydi. Bulardan tashqari xizmat 
ko‘rsatish sohasi tarkibiga kommunal xizmatlar, maishiy xizmatlar
avtomobillarni ta’mirlash xizmatlari, tibbiy xizmatlar va boshqa xizmatlar 
ham kiradi. Shuningdek xizmat ko‘rsatish sohasi tarkibida bank, moliya 
va sug‘urta xizmatlari ham salmoqli o‘rin egallaydi, lekin ular 
iqtisodiyotning moliyaviy sektoriga taalluqlidir

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin