Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


-rasm. Tejamkorlik paradoksi



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/105
tarix26.11.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#136255
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   105
Makroiqtisodiy Tahlil

6.8.1-rasm. Tejamkorlik paradoksi 
Keynscha modelda jamg‘armalar daromadga to‘g‘ridan–to‘g‘ri 
bog‘liq bo‘lib, investitsiyalar avtonom kattalik hisoblanar ekan, u holda, 


55 
jamg‘arma egri chizig‘i musbat qiyalikni, investitsiya egrisi gorizontal 
chiziqni aks ettiradi. Jamg‘armalarning ortishi jamg‘arma egri chizig‘ini 
chapga va yuqoriga S1 dan S2 ga siljitadi. Agarda investitsiyalar miqdori 
o‘zgarmasa, u holda jamg‘armalarning ortishi yalpi daromadlarni Y1 dan 
Y2 gacha kamayishiga olib keladi, ya’ni jamg‘armalarning ortishi 
iqtisodiy vaziyatning yomonlashuviga olib keladi (6.8.1-b rasm).
6.8.1-a rasmda daromad darajasiga bog‘liq bo‘lmagan va shuning 
uchun gorizontal chiziq ko‘rinishida aks ettirilgan avtonom xarajatlar egri 
chizig‘i (in’eksiyalar) va yalpi daromadning muayyan bir qismini tashkil 
etuvchi MLR×Y ga teng bo‘lgan oqimlar egri chizig‘i keltirilgan. Oqimlar 
egri chizig‘i qiyaligi MLR kattaligi orqali aniqlanadi. Keltirilgan grafik 
nafaqat jamg‘armalarni, balki har qanday turdagi oqimlarni (masalan, 
soliqlar, import) iqtisodiyotga ta’sirini o‘rganish imkoniyatini beradi. 
Oqimlar kattaligi oshganda, MLR ortadi va oqimlar egri chizig‘i kattaligi 
yanada tikkaroq bo‘ladi. Natijada avtonom xarajatlar kattaligi o‘zgarmas 
bo‘lganda yalpi ishlab chiqarish hajmi Y1 dan Y2 ga qisqaradi.
Qisqасhа хulоsаlаr 
Umumiy makroiqtisodiy muvozanatni aniqlashda muvozanat narxlar 
darajasi va milliy ishlab chiqarishning real hajmi tushunchalaridan keng 
foydalaniladi. Muvozanat narxlar darajasi mikroiqtisodiyotda o‘rganilgan 
alohida olingan tovar yoki xizmat narxidan butunlay farqli ravishda 
iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan millionlab tovarlarning o‘rtacha narxi 
bo‘lib, u agregatlangan, ya’ni umumlashtirilgan ko‘rsatkich hisoblanadi. 
Milliy ishlab chiqarishning real hajmi ko‘rsatkichi ham endi bir yoki bir 
necha tovar yoki xizmat turi bo‘yicha hisoblanmasdan, balki endi u 
agregatlanganligi sababli mamlakatda va uning tashqarisida milliy ishlab 
chiqarish omillari hisobiga ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlarni o‘z 
ichiga oladi. 

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin