Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


tamoyillari. Pul-kredit tizimini boshqarish idoralari. Pul-depozit



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/105
tarix26.11.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#136255
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   105
Makroiqtisodiy Tahlil

tamoyillari. Pul-kredit tizimini boshqarish idoralari. Pul-depozit 
banklari. Pul-kredit sharhi
Asosiy makroiqtisodiy hisoblar orasida pul-kredit hisoblari bir 
qancha sabablarga ko‘ra muhim rol o‘ynaydi.
Birinchidan, asosida pul yotgan bozor iqtisodiyotida moliyaviy tizim 
sektorlararo resurslar oqib o‘tadigan vositachi vazifasini bajaradi. Pul-
kredit sektori iqtisodiyotdagi barcha moliyaviy oqimlar bo‘yicha hisob-
kitob markazi hisoblanib, ushbu sektorning hisoblarida moddiy 
resurslarni sektorlararo harakatini ifodalaydigan oqimlar dinamikasini aks 
etadi.
Ikkinchidan, pul-kredit hisoblari ochiq iqtisodiyotni makroiqtisodiy 
tahlil qilishda markaziy rol o‘ynaydigan o‘zgaruvchilar (pul, kredit, 
xorijiy aktivlar va passivlar kabi) holatini ifodalaydi. Bu 
o‘zgaruvchilarning daromadlar, narxlar va TBning holatiga ta’sir 
mexanizmini tushuntirishi uchun bir qancha turli klassik va hozirgi zamon 
iqtisodiy nazariyalari ishlab chiqilgan. Ushbu paragrafda TBga monetar 
yondashish uchun asos bo‘lgan pul-kredit sohasidagi hisobga olish 
kategoriyalari ko‘rib chiqilgan. Pul-kredit sohasining hisoblar tizimi 
yetarli darajada keng va moslanuvchan bo‘lgani uchun pul, narxlar va 
TBning turli nazariyalarga asoslangan tahlil ishlarida foydalanish 
mumkin.
Uchinchidan, barqarorlik dasturlari doirasida biror-bir mamlakatda 
shakllangan muayyan holatlarni hisobga olgan turli xil vosita va 
yondoshishlardan foydalaniladi. Ushbu dasturlar nazariy asoslarining 
markaziy elementi bo‘lib pul-kredit agregatlari va soliq-budjet 
operatsiyalari orasidagi o‘zaro bog‘liqliklar (albatta, TBning yakuniy 
holatini hisobga olgan holda) hisoblanadi. Shu sababli, pul-kredit sektori 
hisoblarining tarkibi va holati to‘g‘risida aniq tushunchaga ega bo‘lish, 
barqarorlashtirish dasturining asosi hisoblanmish pul-kredit tahlilida juda 
muhimdir.
Va nihoyat, to‘rtinchidan, pul-kredit hisoblari to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni odatda minimal xarajatlar bilan olish mumkin. Hattoki, 
rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda ham 
iqtisodiyotning holatini aks ettiruvchi ma’lumotlar yetishmasligiga 
qaramasdan, pul-kredit sektori bo‘yicha ma’lumotlar makroiqtisodiy 


68 
statistikaning eng ishonchli qismi ekanligi, mamlakatdagi joriy holatni 
kuzatishda iqtisodiy siyosat olib boradigan idoralar uchun katta 
ahamiyatga egadir. Shunga ko‘ra, barqarorlashtirish dasturlarini amalga 
oshirish jarayonida umumlashtiruvchi moliyaviy ko‘rsatkichlar ko‘pincha 
bazis mo‘ljallari va me’yorlari bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin