Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


Budjet taqchilligi va uning ko‘rinishlari



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/105
tarix26.11.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#136255
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   105
Makroiqtisodiy Tahlil

Budjet taqchilligi va uning ko‘rinishlari. 
Har bir davlat budjetning 
daromad qismi bilan xarajat qismlarining teng bo‘lishini ta’minlashga 
harakat qiladi. Ammo amalda ko‘p holatlarda xarajat daromadga nisbatan 
yuqoriroq bo‘ladi. Natijada budjet taqchilligi yuzaga keladi. Uning paydo 
bo‘lishi bir qator sabablarga bog‘liq:
 
ishlab chiqarishning pasayishi
ijtimoiy dasturlarga ko‘zlangan xarajatlardan ko‘proq sarflash; 


76 
mudofaaga xarajatning oshib ketishi; 
yashirin (xufyona) iqtisodiyotning ko‘payishi.
Budjet kamomadining 
strukturaviy, davriy
va 
amaldagi
ko‘rinishlari 
mavjud.
8.3. Davlat budjeti konsepsiyalari 
Budjet kamomadiga bo‘lgan munosabat salbiy hisoblanib, 
balanslashgan budjet g‘oyasi eng maqbul hisoblanadi. Tarixan davlat 
budjeti holatiga bo‘lgan munosabat uchta konsepsiya orqali ilgari 
surilgan: 
a) budjetning yiliga balanslashuvi g‘oyasi; 
b) budjetning iqtisodiy davrning fazalari bo‘yicha balanslashuvi 
g‘oyasi (davriylik asosida); 
v) 
budjetning 
balanslashuvi 
emas, 
balki 
iqtisodiyotning 
balanslashuvi g‘oyasi.
Keyns nazariyasi retsessiya, ya’ni iqtisodiyotning pasayish davri 
bilan kurashishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u eng avvalo budjetni tartibga 
solishda uning vositalari (davlat xarajatlari va transfertlar, ya’ni budjet 
xarajatlarini oshirish va soliqlarni, ya’ni daromadlarni kamaytirish)dan 
foydalanishni shart deb hisoblangan va shu sababdan bu nazariya 
«moliyaviy kamomad» g‘oyasiga asoslangan deb aytish mumkin. 
Ko‘pgina rivojlangan davlatlarda 50-60 yillarda bunday keynscha 
retseptning qo‘llanilishi 70-yillar o‘rtalariga kelib budjet taqchilligining 
surunkali bo‘lib qolishi va inflatsiya jarayonlarining kuchayishiga olib 
keldi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yil davomida ham, iqtisodiy 
davrning turli fazalarida ham budjet taqchilligiga yo‘l qo‘ymaslik, 
ma’lum bir davrda bunday vaziyat yuzaga kelgan sharoitda esa uning 
surunkali bo‘lib qolishining oldini olishga qaratilgan keskin chora-
tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin