Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


Davlat sektori tushunchasi. davlat operatsiyalarini o‘lchash



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/105
tarix26.11.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#136255
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   105
Makroiqtisodiy Tahlil

 
8.6. Davlat sektori tushunchasi. davlat operatsiyalarini o‘lchash.
davlat moliyasi statistikasi tizimi
Soliq-budjet sohasi va soliq-budjet siyosatidagi o‘zgarishlar xo‘jalik 
rivoji va iqtisodiy siyosatida muhim rol o‘ynaydi. Soliq-budjet siyosati 
yalpi iqtisodiy resurslardan foydalanish va yalpi taklif darajasiga bevosita 
ta’sir ko‘rsatadi. Pul-kredit va valuta siyosatlari kabi, u to‘lov balansining 
holati, qarzdorlik darajasi, inflatsiya sur’atlari va iqtisodiy o‘sishni 
belgilaydi.
Soliq sohasi, davlat xarajatlari va qarz olish siyosati ishlab 
chiqaruvchilar va iste’molchilar hulqi, mamlakat daromadlari va 
boyliklarini 
taqsimlashga 
ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Ko‘pincha 
makroiqtisodiyotning ichki va tashqi sektorlaridagi jiddiy disbalans, turli 
choralarni qo‘llashga qaramasdan, bartaraf qilinmagan budjet kamomadi 
sababli kelib chiqadi.
Mamlakatning soliq-budjet sohasidagi umumiy holatiga baho berish, 
uni barqarorlashtirish va tizimiy islohotlar bilan birgalikda qarab chiqish 
uchun budjet operatsiyalarini hisobga olish va tahlil qilishning asosiy 
tamoyillari to‘g‘risida tushuncha bo‘lishi talab qilinadi.
”Davlat moliyasi statistikasi bo‘yicha ko‘rsatmalar” (DMS 
ko‘rsatmasi)da davlat boshqaruv idoralarining bir nechta darajalari 
aniqlangan: markaziy hukumat, shtat va mintaqa darajasidagi idoralar, 
mahalliy idoralar va milliydan yuqori bo‘lgan idoralar.
Davlat sektori
– keng ma’noda davlat boshqaruv sektori bo‘lib, unga 
davlat boshqaruv sektori va davlat temir va havo yo‘llari yoki davlat 
kommunal korxonalari kabi davlat nomoliyaviy korxonalar kiritiladi. 
Markaziy hukumatning ba’zi daromad va xarajatlari odatda markaziy 
hukumatning mahalliy idoralar va davlat korxonalariga transfertlari va o‘z 
navbatida davlat korxonalarining markaziy hukumatga transfertlarini 
ifodalaydi.

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin