Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/105
tarix26.11.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#136255
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   105
Makroiqtisodiy Tahlil

 
Qisqасhа хulоsаlаr 
IS-LM modeli: 1) tovar va pullar bozorlarining o‘zaro bog‘liqligini 
ko‘rish; 2) birgalikdagi muvozanat holatida va har bir alohida bozorda 
ularning muvozanatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash; 3) ushbu 
bozorlarda muvozanat o‘zgarishining iqtisodiyotga ta’sirini ko‘rish; 4) 
fiskal va pul-kredit siyosatilari samaradorligi tahlilini amalga oshirish; 5) 
yalpi talabga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash; 6) davriy 
tebranishning har bir fazasida barqarorlashtirish siyosatining turli xil 
yo‘llarini tahlil etish imkonini beradi. 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
 
1. Modelda makroiqtisodiy siyosat yuzaga kelishining shartlari qanday? 
2. Likvidlilik tuzog‘i qanday vaziyatda yuzaga keladi va makroiqtisodiy 
siyosatga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 
3. “Investitsion tuzoq” atamasi qo‘llaniladigan makroiqtisodiy vaziyatni
tavsiflab bering.


113 
11-BOB. 
TO‘LOV BALANSINING IQTISODIY TAHLILI 
11.1. To‘lov balansining mohiyati.
Mamlakatning ma’lum bir vaqt davomidagi barcha xalqaro iqtisodiy 
faoliyati, shu jumladan tashqi savdo, kapital va ishchi kuchi migratsiyasi 
uning to‘lov balansida o‘z aksini topadi.
To‘lov balansida mamlakatning turli mamlakatlar bilan xalqaro 
savdo va moliyaviy sohada amalga oshirilgan operatsiyalari aks ettirilgan 
bo‘lib, unda mazkur mamlakatning yil davomida boshqa mamlakatlar 
bilan barcha iqtisodiy bitimlar (transaksiyalar)i bitilgan bo‘ladi.
Har qanday tashqi iqtisodiy bitim valutalarni ayirboshlash bilan 
kuzatiladigan oldi-sotdi jarayoni hisoblanar ekan, yakuniy hisobda 
mamlakatning jahon bozoridagi faoliyatining natijalari xorijiy valutaning 
tushumlari va xarajatlarida ifodalanadi. Bir tomondan xorijdan tushadigan 
barcha tushumlarni, boshqa tomondan – mamlakatning xorijga barcha 
to‘lovlarini ko‘rsatuvchi hujjatga 

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin