Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


Valutalarning erkin konvertirlanishi



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/105
tarix26.11.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#136255
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   105
Makroiqtisodiy Tahlil

11.5.4. Valutalarning erkin konvertirlanishi 
Shunisi xarakterliki, iqtisodiy adabiyotlarda hozirga qadar 
«valutaning erkin konvertirlanishi» tushunchasining mohiyati xususida 
yagona, tugal ta’rif mavjud emas.
Biz dastlab valutalarning konvertirlanishi masalasining Xalqaro 
Valuta Fondi (XVF) ning Nizomida va boshqa me’yoriy-uslubiy 
hujjatlarida o‘z ifodasini topgan talqinlarini tahlil qilamiz va baholaymiz. 
Buning sababi shundaki, XVF davlatlararo valuta munosabatlarini 
tartibga soluvchi xalqaro moliya-kredit tashkiloti hisoblanadi. XVF 
Kelishuv Moddalarining VIII-moddasi bo‘yicha majburiyatlarni qabul 
qilgan davlatlarning milliy valutalari to‘lov balansining joriy 
operatsiyalari bo‘yicha erkin konvertirlanadigan (ishlatiladigan) valutalar 
deb ataladi va bu mamlakat Fondning ruxsatisiz joriy valuta bitimlari 
bo‘yicha to‘lovlarga cheklovlar joriy qilishga haqli emas
65
.
XVF ekspertlarining talqini bo‘yicha, valuta tashqi konvertirlikka 
ega bo‘lishi uchun quyidagi ikki xususiyatga ega bo‘lishi shart: 
norezidentlarga tegishli bo‘lgan mazkur valutadagi mablag‘lar 
istalgan xorijiy valutaga erkin almashinadi
rezidentlarning hukumatning ruxsati bilan norezidentlar foydasiga
amalga oshiriladigan barcha to‘lovlari rezidentlar valuta bozorlaridan 
65
Articles of Agreement of the International Monetary Fund, Articles VIII, Seсtion. 


123 
sotib olish imkoniga ega bo‘lgan istalgan tashqi konvertirlikka ega 
bo‘lgan valutada amalga oshirilishi mumkin
66
.
XVF ekspertlari valutalarni, konvertirlanish ko‘lami va darajasiga 
ko‘ra, ikkiga ajratadi: joriy valuta operatsiyalari bo‘yicha erkin 
konvertirlanadigan valutalar va tashqi konvertirlikka ega bo‘lgan 
valutalar. Lekin XVF ekspertlarining valutalarning tashqi konvertirlanishi 
xususidagi talqinlarida o‘zaro nomuvofiqlik yuzaga kelmoqda. Ushbu 
nomuvofiqlikning mohiyati shundaki, XVF ayrim valutalarga nisbatan 
«zaxira valutalar» tushunchasini qo‘llaydi va ushbu valutalarni xalqaro 
miqyosda to‘lov vositasi vazifasini bajaradigan, boshqa mamlakatlar 
uchun valuta pariteti va valuta kursini aniqlashda baza vazifasini 
o‘taydigan valutalar sifatida e’tirof etadi. XVF rasman zaxira valutalar 
sifatida AQSh dollari, Yaponiya ieni, Buyuk Britaniya funt sterlingi va 
yevroni tan oladi. XVF tomonidan “zaxira valutalar” tushunchasi dastlab 
1944 yilda, Bretton-Vuds jahon valuta tizimini yuzaga keltirish 
jarayonida, qo‘llanilgan. O‘shanda faqat ikkita valutaga – AQSh dollari 
va Buyuk Britaniya funt sterlingiga zaxira valuta maqomi berilgan edi. 
Ayni vaqtda, zaxira valutalari bilan boshqa tashqi konvertirlikka ega 
bo‘lgan valutalarning tashqi konvertirlanish darajasi o‘rtasida qanday 
farqning mavjudligi XVFning me’yoriy-uslubiy hujjatlarida o‘z ifodasini 
topmagan.
Milliy valutani konvertirlanish darajalari quyidagi mezonlarga 
asoslanishi lozim: 
I. Milliy valutaning qisman ichki konvertirlanishini belgilovchi 
mezonlar. 
II. Milliy valutaning to‘liq ichki konvertirlanishini belgilovchi 
mezonlar. 
III. Milliy valutaning qisman tashqi konvertirlanishini belgilovchi 
mezonlar. 
IV. Milliy valutaning to‘liq tashqi konvertirlanishini belgilovchi 
mezonlar. 

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin