Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


Valuta kursiga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/105
tarix26.11.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#136255
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   105
Makroiqtisodiy Tahlil

11.5.5. Valuta kursiga ta’sir etuvchi omillar 
Valuta kursiga bir nechta omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ana shunday 
asosiy omillardan biri – bu to‘lov balansining defitsitli ekanligidir. To‘lov 
balansining defitsitli bo‘lishi xorijiy valutadagi to‘lovlar miqdorining 
66
Twenty Years of International Cooperation. The International Monetary Fund, 1945-1965. Vol. II.– 
Р. 226-227. 


124 
ortishiga, mamlakatning oltin-valuta zaxiralari miqdorining kamayishiga 
olib keladi. Buning natijasida ichki valuta bozorida xorijiy valutalar 
taklifining kamayishi yuz beradiki, ushbu holat milliy valutaning nominal 
almashuv kursiga nisbatan kuchli tazyiqni yuzaga keltiradi.
Milliy valuta kursiga ta’sir etuvchi muhim omillardan yana biri 
bo‘lib, Davlat budjetining defitsiti hisoblanadi. Ushbu omil 
rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida yaqqol kuzatiladi. 
Chunki, mazkur mamlakatlarning aksariyat qismida Markaziy 
banklarning iqtisodiy va siyosiy mustaqillik darajasi past bo‘lib, Davlat 
budjeti defitsitini qoplash maqsadida Markaziy bankning emissiya 
mexanizmidan foydalaniladi. Buning natijasida muomalaga tovarlar va 
xizmatlar bilan ta’minlanmagan pullar paydo bo‘ladi va shuning asosida 
milliy valutaning qadrsizlanish jarayoni chuqurlashadi. Shu sababli, 
Davlat budjeti defitsitining me’yoriy darajada bo‘lishini ta’minlash milliy 
valutaning barqarorligiga erishish nuqtai-nazaridan muhim amaliy 
ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro amaliyotda Davlat bdyujeti defitsiti summasining nominal 
YaIM miqdorining 3 foizdan oshmasligi me’yoriy daraja sifatida qabul 
qilingan.
Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit siyosati 
milliy valutaning almashuv kurslariga, shu jumladan, nominal almashuv 
kursiga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri sanaladi.
Milliy valuta kursining barqarorligiga ta’sir qiluvchi muhim 
omillardan biri, shubhasiz, inflatsiya hisoblanadi. Inflatsiya ta’sirida 
milliy valutaning qadri pasayadi.
Davlat tashqi qarzining o‘zgarishi milliy valutaning nominal 
almashuv kursiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omillardan biri 
sanaladi.

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin