Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/105
tarix26.11.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#136255
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   105
Makroiqtisodiy Tahlil

 
 


83 
Qisqасhа хulоsаlаr 
Soliq-budjet sohasi va soliq-budjet siyosatidagi o‘zgarishlar xo‘jalik 
rivoji va iqtisodiy siyosatida muhim rol o‘ynaydi. Soliq-budjet siyosati 
yalpi iqtisodiy resurslardan foydalanish va yalpi taklif darajasiga bevosita 
ta’sir ko‘rsatadi. Pul-kredit va valuta siyosatlari kabi, u to‘lov balansining 
holati, qarzdorlik darajasi, inflatsiya sur’atlari va iqtisodiy o‘sishni 
belgilaydi.
Soliq sohasi, davlat xarajatlari va qarz olish siyosati ishlab 
chiqaruvchilar va iste’molchilar hulqi, mamlakat daromadlari va 
boyliklarini 
taqsimlashga 
ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Ko‘pincha 
makroiqtisodiyotning ichki va tashqi sektorlaridagi jiddiy disbalans, turli 
choralarni qo‘llashga qaramasdan, bartaraf qilinmagan budjet kamomadi 
sababli kelib chiqadi.
 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
 
1. O‘zbekiston Respublikasining soliq-budjet sohasida so‘nggi yillarda 
qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlarining asosiy mazmuni 
nimalardan iborat? 
2. Diskret fiskal siyosatining kamchiliklari nimalardan iborat? 
3. Budjet taqchilligi va ortiqchaligi qanday paydo bo‘ladi, ular qay 
yo‘sinda tugatiladi? 
4. Rag‘batlantiruvchi va cheklovchi fiskal siyosatning qisqa va uzoq 
muddatdagi natijalarini tushuntirib bering. 


84 
9-BOB. 
ISHSIZLIK VA INFLATSIYA DARAJASINING 
IQTISODIY TAHLILI 
 
9.1. Aholining asosiy kategoriyalari 
Makroiqtisodiy beqarorlik vaziyati yuzaga kelib, iqtisodiy rivojlanish 
pasayish tomon o‘zgarganda, iqtisodiy resurslardan to‘liq foydalanmaslik 
oqibatida ishsizlik muammosi yuzaga kelishi mumkin. Ishsizlarni 
aniqlash uchun eng avvalo aholining asosiy toifalarini ko‘rib chiqish 
lozim bo‘ladi.
Mamlakat aholisi (population – POP) makroiqtisodiy nuqtai 
nazardan ikki toifaga ajratiladi:
ishchi kuchi tarkibiga kiritiladigan aholi (labour force - 

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin