Maxmudova Ruxshona Husanboy qizi 1-mavzu: Dinshunoslik fanining predmeti va funksiyalari 1



Yüklə 280,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/15
tarix10.12.2023
ölçüsü280,8 Kb.
#139233
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Seminar Topshiriq

Ikkinchisi,
Xudo bilan insonlarni bog‘lab turuvchi kult yoki kultlar majmuasi. 
YUqorida aytilganidek har bir dinda topinish ob’ekti - Xudo bo‘lishi lozim. 
YAratuvchi bilan insonni bog‘lab turadigan ibodat va marosimlar majmui (qurbonlik, 
ro‘za, bayramlar) kult deb ataladi. Kultlar kundalik yoki mavsumiy, yakka tartibdagi 
yoki jamoaviy kabi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Jumladan, islom dinida «Namoz 
mo‘minning me’roji» (ya’ni Alloh taoloning xuzuriga ko‘tarilishi) hisoblansa 
xristianlikdagi «sirli marosimlar»da Muqaddas Ruhning o‘zi ishtirok etadi deb 
hisoblanadi. SHu tariqa, mavjud barcha dinlarda kultlar vositasida e’tiqodchilar o‘z 
ilohlari bilan bog‘lanadilar.
Uchinchisi
esa e’tiqodchilarni o‘zida jamlaydigan diniy tashkilotlarning 
mavjudligi. Diniy tashkilot, bu bir din izdoshlarining jamoaviy ravishda o‘z diniy 
rasm-rusum, 
ibodat marosimlarini o‘tkazadigan, diniy ta’lim oladigan 
muassasalaridir. Bu, islomda - masjid, madrasa, xristianlikda - cherkov, seminariya, 
yahudiylikda - sinagoga va hokazo.
Dinlar tarixi, ular bilan bog‘liq jarayonlar, dinning inson hayotining turli 
jabhalari bilan o‘zaro ta’sirlashuvini o‘rganuvchi fan «Dinshunoslik» deb ataladi. 
Dinshunoslik barcha ijtimoiy fanlar qatori ham o‘zining o‘rganish ob’ektiga ega. 
U dinning paydo bo‘lishi, ijtimoiy mohiyati va jamiyatdagi rolini tadqiq qilish bilan 
birga diniy e’tiqodlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, ularning jamiyat 
taraqqiyotidagi evolyusiyasini ilmiy jihatdan o‘rganadi. 
 
3.4 Shamanizm nima? 
Shamanizm
(«shaman» so’zining tungus tilidagi ma’nosi – «sehrgar»). Sehrgarlik 
(afsun, magiya) real natijalar olish uchun ilohiy kuchlarga ta’sir etish maqsadida 
amalga oshiriladigan rituallar – urf-odatlar majmuasidir. U totemizm va animizm 
bilan bir vaqtda paydo bo’lib, unga ko’ra uning vositasida kishilar o’z 
totemlari
, ota-
bobolarining ruhlari bilan xayolan bog’lanishni amalga oshirib kelganlar. Shamanizm 
qadim o’tmishda paydo bo’lib, minglab yillar davomida saqlanib kelgan va tabiiyki, 
muntazam rivojlanib borgan. Odatda, afsungarlik urf-odatlari bilan maxsus odamlar 
– shamanlar, afsungarlar shug’ullanganlar. Ular orasida, ayniqsa, ayollar ko’p o’rinni 
egallaganlar. Bu shamanlar, afsungarlar jazavali va asabiy kishilar bo’lib, odamlar 
ularning ruhlar bilan muloqotda bo’la olishlariga, ularga jamoaning orzu niyatlarini 
ruhlarga yetkazish, ularning irodasini talqin qilish qobiliyatiga ega ekanligiga chuqur 
ishonganlar. Shamanlar, odatda, ma’lum harakatlar: ovoz chiqarish, ashula aytish, 
raqsga tushish, sakrash yo’li bilan nog’oralar va qo’ng’iroqlar ovozlari ostida 
jazavaga tushib, o’zini yo’qotish, jazavaning yuqori nuqtasiga yetish bilan afsungarlik 
qilishgan. Tomoshabinlar ham ba’zan o’zlarini yo’qotar darajaga yetib, marosim 
ishtirokchisiga aylanib qolishar edi. Marosim oxirida shaman hech narsani eshitmay, 
ko’rmay qolar, uning ruhlar dunyosi bilan muloqoti xuddi shu holatda amalga oshadi 


deb hisoblanardi. Umuman olganda, turli diniy marosimlarni o’z ichiga olgan 
afsungarlik jamiyatning haqiqiy talablaridan kelib chiqqan holda hayotda amalga 
oshirilgan. Ilohiy kuchlar dunyosi bilan bunday bog’lanish yo’li hayotda noma’lum, 
oldindan bilib bo’lmaydigan sharoitlardan kelib chiqqan. Shuning barobarida 
afsungarlik odamlarning fikrlash qobiliyatining o’sib borishi, ongining 
mustahkamlanishida katta rolь o’ynadi, diniy ongning shakllanish jarayonida muhim 
o’rin tutdi. Afsungarlik fikr yuritish rivojlangan sari odamga o’z o’zidan bo’ladigan, 
faqatgina maqsadli yo’nalishdagi harakatlar natijasida olinadigan emas, balki ilohiy 
kuchlar afsuni bilan bog’liq bo’lgan sharoitlardan kelib chiqadigan ko’rinish deb 
hisoblangan. Natijada ko’pgina aniq hodisalar, hattoki alohida buyumlar sehrli kuch 
egasi sifatida qabul qilina boshlandi.
Sehrgarlik marosimlari ikki usul: yakka holda yoki jamoa bo’lib amalga oshirilar 
edi. Afsungarlik maqsadga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:
1) zarar keltiruvchi – yovuz afsungarlik. Bundan kimgadir zarar yetkazish niyat 
qilinadi;
2) harbiy afsungarlik. Bunday afsungarlik dushmanga qarshi qo’llaniladi 
(masalan, qurol aslahalarni sehrlash);
3) sevgi afsungarligi, boshqacha aytganda, «issiq» yoki «sovuq» qilish;
4) tibbiy afsungarlik. Davolashda ishlatiladi;
5) ob-havo afsungarligi. Bu sehrgarlik turidan yomg’ir chaqirish yoki shunga 
o’xshash ob-havoni o’zgartirish maqsadlarda foydalanilgan.
Sehrgarlik hozirda ham mavjud dinlarda, turli xalqlar urf-odatlarida saqlanib 
qolgan. 

Yüklə 280,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin