Maxmudova Ruxshona Husanboy qizi 1-mavzu: Dinshunoslik fanining predmeti va funksiyalari 1



Yüklə 280,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/15
tarix10.12.2023
ölçüsü280,8 Kb.
#139233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Seminar Topshiriq

 
1.3
 
Din jamiyatda qanday vazifalarni bajaradi? 


Din – e’tiqod va u har bir kishining shaxsiy ishi hisoblanadi. Diniy nuqtai 
nazarga ko‘ra, din – muayyan diniy e’tiqodlarga, ya’ni ilohga, uning tomonidan 
insonlarga xabar etkazuvchilarning g‘ayrioddiy salohiyatga ega ekaniga 
(payg‘ambarlik), insonlar atrofida unga ko‘rinmaydigan ammo undan ancha yuqori 
darajada turuvchi mavjudotlar borligiga (farishtalar, jinlar) inson ideal hayot 
kechirishi uchun azaldan belgilangan qonuniyatlar mavjudligiga (muqaddas kitoblar), 
inson hayoti muntazam nazorat ostida ekaniga, qilingan barcha yaxshilik va yomonlik 
uchun mukofot yoki jazo muqarrarligiga (oxirat, hisob-kitob qilinish), inson qismati 
avvaldan belgilanishiga (taqdir) va shu kabi qarashlarga ishonish, ularni aqida sifatida 
qabul qilishdan iborat. 
Dinning vazifalari uning alohida shaxs va jamiyatga ta’siri va tabiatidan kelib 
chiqadi. Dinning vazifasi yoshlarga shaxs, oila, jamiyat hayotiga kirib borishi, 
madaniyat va ma’naviyatni boyitishga qo‘shgan hissasini ko‘rsatib berishdir.Dinning 
ijtimoiy vazifalari haqidagi ta’limotni 
funksionizm
rivojlantiradi. Funksionizm 
jamiyatga ijtimoiy tizim sifatida qaraydi. Unda jamiyatdagi har bir element muayyan 
funksiyani bajaradi. Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy 
vazifalari quyidagilardan iboratdir: 
Birinchidan, har bir din o‘z e’tiqod qiluvchilari uchun to‘ldiruvchilik, tasalli 
beruvchilik – 
kompensatorlik 
vazifasini bajaradi. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj 
hosil qilish hodisasini olaylik. Inson o‘z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan 
bo‘lgan munosabatlari jarayonida hayotiy maqsadlariga erishishi ilojsiz bo‘lib 
ko‘ringanida, unda qandaydir ma’naviy-ruhiy ehtiyojga zaruriyat sezadi. Bu diniy 
ehtiyoj bo‘lib, u ma’naviy-ruhiy ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini 
bajargan va bajarmoqda. Masalan, Buddizm dini rohiblikni targ‘ib qiladi, 
xristianlikda esa, har bir xristian Iso masihning qaytishiga umid qilib, sabr-bardosh 
bilan hayot kechiradi. Islom dinida har bir musulmon dunyoda erishmagan moddiy 
yoki ruhiy orzu-istaklariga oxiratda erishishga ishongan holda yashaydilar.
Ikkinchidan, din o‘z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, o‘ziga e’tiqod 
qiluvchilar jamoasini, shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qilgan va hozir ham 
shunday. Bu dinning birlashtiruvchilik – 
integratorlik 
vazifasi deb ataladi. Din doimo 
ijtimoiy, etnik, ijtimoiy va ma’naviy hayotda uzviylik, muntazamlilikni ta’minlash 
maqsadida u xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, adabiyoti va 
san’atiga bog‘langan.Masalan, yahudiylikda mazkur din vakillari bir mafkura atrofida 
bir millat va yagona maslak egalari bo‘lib, yagona xudo YAhvening sevimli bandalari 
ekanligi uqtiriladi.Xristianlikda diniy me’moriy, tasviriy, musiqa san’atidan 
foydalanib ikona chizuvchilar maktablari faoliyat olib boradi.
Uchinchidan, har bir din o‘z qavmlari turmushini tartibga solib nazorat 
qiluvchilik – 
regulyatorlik
vazifasini bajaradi. Dinlar o‘z urf-odatlari, marosim va 
bayramlarining qavmlari tomonidan o‘z vaqtida, qat’iy tartibda amal qilishini shart 
qilib qo‘yadi.Masalan, islomda kuniga besh mahal namoz o‘qilishi, har hafta juma 
namozini jome’ masjidlarida ado etish va hokazolar. 
To‘rtinchidan, din aloqa bog‘lashlik – 
kommunikativlik
vazifasini ham bajaradi, 
ya’ni har bir din o‘z qavmlarining birligi, turli dindagi kishilarning o‘zaro aloqalari, 


o‘zaro huquq va burchlarining borligi, urf-odat va ibodatlarni jamoa bo‘lib bajarilishi 
lozimligi nazarda tutiladi. 
Beshinchidan, din qonunlashtiruvchilik – 
legitimlovchilik 
funksiyasini ham 
bajaradi. Dinning bu funksiyasi nazariy asosini amerikalik sotsiolog T.Parsons ishlab 
chiqqan. Uning fikricha, “har qanday ijtimoiy tizim muayyan cheklovlarsiz mavjud 
bo‘la olmaydi. Buning uchun u qonun darajasiga ko‘tarilgan axloq normalarini ishlab 
chiqishi kerak.Din bunday normalarni qonunlashtiribgina qolmay, ularga bo‘lgan 
munosabatni belgilaydi”. 
Oltinchidan, din vazifalarining falsafiy, nazariy jihatlari mavjud. U insonga 
yashashdan maqsad, hayot mazmunini, dorulfano va dorulbaqo dunyo masalalariga 
o‘z munosabatlarini bildirib turishdan iboratdir. 

Yüklə 280,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin