va politeizm (ko‘pxudolik)da ham, monoteizm (yakkaxudolik)da ham u yoki bu
darajada o‘z aksini topdi. Ular hozirda ham qisman mustaqil holda mavjuddir.
Miloddan avvalgi VII–VI asrlarga kelib, asosan, mif va din ta’sirida odamlar
dunyoqarashi nafaqat kengaydi, balki ancha murakkablashdi. U mavhum nazariy
fikrlash qobiliyati va (to‘plangan bilimlar ko‘rinishida) real asoslarga ega bo‘lishi
natijasida o‘z rivojlanishining butunlay yangi darajasiga ko‘tarildi. Bunga, hech
shubhasiz, mehnat taqsimotiga olib kelgan rivojlangan ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar, ma’lum miqdorda ortiqcha mavjudlik vositalari, bo‘sh vaqtning paydo
bo‘lishi ham imkoniyat yaratdi. Bularning barchasi muayyan shaxslar doirasiga
intellektual faoliyat bilan professional darajada shug‘ullanish imkonini berdi.
Shunday qilib, taxminan 2500 ming yil muqaddam dunyoqarashning uchinchi
shakli – falsafa paydo bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit Evropa va Osiyoda deyarli
bir vaqtda yuzaga keldi. Dunyoqarashning avvalgi shakllari – mif va dindan farqli
o‘laroq, falsafa dunyoni e’tiqod va tuyg‘ularga tayanib emas, balki aql va bilimlarga
tayangan holda tushuntiradi.
Falsafa Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va Qadimgi Yunonistonda taxminan
bir vaqtda, avvalo, dunyoni oqilona anglash usuli sifatida vujudga keldi. Bu vaqtga
kelib mif va din o‘zlarining tayyor va uzil-kesil javoblari bilan insonning bilimga
nisbatan tinimsiz kuchayib borayotgan qiziqishini qondira olmadi. SHuningdek, ular
sezilarli darajada o‘sgan va murakkablashgan tajriba va bilimlarni umumlashtirish,
tizimga solish va avlodlarga qoldirish vazifasining ham uddasidan chiqolmay qoldi
Yuz bergan o‘zgarishlarning yana bir sababi shundaki, mifologiya olish,rivojlantirish
va tushuntirish uchun navbatdagi miflar emas, balki tabiiy qonuniyatlar va tabiiy-
sababiy bog‘lanishlarga murojaat qilish talab etilgan ilmiy bilim kurtaklari bilan
to‘qnashdi. Pirovardida odamlar dunyoqarashida nisbatan qisqa vaqt ichida tub
o‘zgarishlar yuz berdi; unda bilim, tafakkur, tahliliy fikrlash tobora muhimroq rol
o‘ynay boshladi, ular sirtdan olingan axborotni sezgilar va emotsiyalar darajasida
idrok etishga asoslangan har xil e’tiqodlarni chetga chiqarib qo‘ydi.
Dostları ilə paylaş: