Guruh
F.I.SH
Ball
730-23
Maxmudova Ruxshona Husanboy qizi
1-mavzu: Dinshunoslik fanining predmeti va funksiyalari
1.1
Dinshunoslik fanini o‘qitishdan maqsad nima?
Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari. Fanning falsafa, tarix, psixologiya,
sotsiologiya,
antropologiya, arxeologiya kabi fanlar bilan bog‘liqligi. Din va
dinshunoslik atamalarining ta’rifi. Dinshunoslik fanining vujudga kelishi va tadrijiy
taraqqiyoti. Dinlar tarixi SHarq ilmlarining uzviy bo‘lagi sifatida.
Dinlar tarixini
o‘rganishda SHarq allomalarining yondashuvlari. Abu Rayhon Beruniy, Ibn Hazm
Andalusiy, Abdulkarim SHahristoniy va Abu Mansur Bag‘dodiylarning asarlarida
dinshunoslik asoslari. G‘arb dinshunosligining o‘ziga xos jihatlari.
Dinlarni
tasniflashda G‘arb olimlarining qarashlari. Jahonning ilg‘or ta’lim maskanlarida
dinlar tarixini o‘rganish va o‘qitish tajribalari.
Olimlarning dinshunoslik sohasidagi izlanishlari
muhim xulosalar chiqarishga
olib kelgan: birinchidan, har qanday din ijtimoiy hodisa fenomen hisoblanib, diniy
ong ijtimoiy
ong shakllaridan biridir; ikkinchidan, diniy tasavvur va e’tikodlar
jamiyat taraqqiyotining muayyan ijtimoiy sharoitlari ta’sirida turli-tuman shakl kasb
etgan; uchinchidan, ibtidoiy diniy tasavvurlardan tortib jahon dinlarigacha bo‘lgan
dinlar evolyusiyasini e’tirof etish dinshunoslik haqida to‘g‘ri ilmiy xulosa chiqarish
imkoniyatini beradi.Yuqoridagi
fikrlarga asoslanib, “Dinshunoslik” predmetini
quyidagicha ta’riflash mumkin: Dinshunoslik kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining
muayyan bosqichida paydo bo‘lgan barcha din shakllarining ma’naviy,
ijtimoiy,
gnoseologik va psixologik ildizlarini, ularning ta’limoti va marosimchiligi, ijtimoiy
hayotdagi mavqei va ijtimoiy funksiyalarini ilmiy jihatdan o‘rganuvchi fandir.Dunyo
xaritasida mavjud mamlakat borki, unda yashovchi xalqlarning o‘z dini, urf-odatlari
va an’analari mavjud. Ana shu qadriyatlar xalqlarning yurish-turishi,
kundalik
faoliyati va umuman hayot tarzini belgilashda asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Dunyo
xalqlari tarixini o‘rganishda ularning diniy qarashlari, e’tiqod va diniy amaliyotlarini
e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas. “Dinshunoslik” fani ana shu muhim omilni
tadqiq etib, tarix bilan bog‘liq ravishda tahliliy o‘rganadi.