Maxmudova Ruxshona Husanboy qizi 1-mavzu: Dinshunoslik fanining predmeti va funksiyalari 1



Yüklə 280,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix10.12.2023
ölçüsü280,8 Kb.
#139233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Seminar Topshiriq

Dinshunoslikka kirish 
fanining ob’ekti va predmeti.
“Dinshunoslik” fani dinni har tomonlama, xolislik va 
ilmiylik asosida o‘rganuvchi fandir. Uning ob’ekti din bilan bog‘liq barcha 
tushunchalarni qamrab oladi.
Ular diniy manbalar, diniy ta’limotlar, diniy oqimlar, mazhablar, din bilan 
bog‘liq tushuncha, atama, hodisa, hissiyot kabi sohalar ushbu fanning ob’ekti 
hisoblanadi. Bu fanning predmeti esa aynan dinni o‘rganishdagi turli yondashuvlar, 
o‘rganishdagi tadqiqot usullari, xolis ilmiylik va ob’ektivlik tamoyillaridan iborat. 
Masalan, “ibodatgoh” tushunchasi islom dinida “masjid”, xristianlikda “cherkov”, 
yahudiylikda “sinagoga” so‘zlari bilan berilsa-da, ulardagi jamlovchi jihat – ob’ekt 
yagona, ya’ni “bino” bo‘lib, undan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad ibodatdir. SHuning 
uchun ham dinshunoslikda asosan bu kabi ibodatgohlarning diniy Dinning ikki yirik 


tarkibiy qismi mavjud bo‘lib, ular: diniy e’tiqod va diniy marosimlardir. Bu ikki qism 
o‘z navbatida bir necha bo‘laklarni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, dinshunoslik fani 
ularni alohida ob’ekt sifatida o‘rganadi.
1.2
 
 Dinga qanday ta’riflar berilgan?
Dinga berilgan ta’riflar. Din - ijtimoiy ong shakli, muayyan turmush va 
tafakkur tarzi, ma’naviy qadriyat sifatida. Din – e’tiqod va u har bir kishining shaxsiy 
ishi hisoblanadi. Diniy nuqtai nazarga ko‘ra, din – muayyan diniy e’tiqodlarga, ya’ni 
ilohga, uning tomonidan insonlarga xabar yetkazuvchilarning g‘ayrioddiy salohiyatga 
ega ekaniga (payg‘ambarlik), insonlar atrofida unga ko‘rinmaydigan ammo undan 
ancha yuqori darajada turuvchi mavjudotlar borligiga (farishtalar, jinlar) inson ideal 
hayot kechirishi uchun azaldan belgilangan qonuniyatlar mavjudligiga (muqaddas 
kitoblar), inson hayoti muntazam nazorat ostida ekaniga, qilingan barcha yaxshilik va 
yomonlik uchun mukofot yoki jazo muqarrarligiga (oxirat, hisob-kitob qilinish), 
inson qismati avvaldan belgilanishiga (taqdir) va shu kabi qarashlarga ishonish, ularni 
aqida sifatida qabul qilishdan iborat. Din – tabiat, jamiyat inson va uning ongi, 
yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-
muhitdan tashqarida bo‘lgan, uni yaratgan ayni zamonda insonlarga to‘g‘ri, haqiqiy, 
odil hayot yo‘lini ko‘rsatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan 
maslak, qarash ta’limotdir. Arab tilidagi manbalarda qayd etilishicha, din so‘zi bo‘yin 
egmoq, itoat etmoq, kimdandir qarzdor bo‘lmoq, e’tiqod qilmoq, qilgan ishiga 
yarasha mukofotlamoq din, imon, ajr–mukofot, qilingan ishga yarasha berilgan haq 
kabi ma’nolarni bildiradi.
O‘zbek tili lug‘at adabiyotlarida “din” – ishonch, ishonmoq, e’tiqod, mulk, 
hukm, hisob, jazo, tadbir, bo‘ysunish, itoat qilish, ibodat, parhez, yo‘l tutish, odat 
qilish, e’tiqod qilish ma’nolarini bildirishi keltirib o‘tiladi. Islomdan avval turkiy 
xalqlarning din tushunchasini ifodalash uchun turli davrlarda “drm”, “darm”, “nom” 
va “den” kabi so‘zlarni ishlatganlari ma’lum. Ulardan “drm”, “darm” din, aqida 
ma’nosida sanskritcha (qadim hind tili) “dharma”dan (Pali tilida dhamma); “nom” 
din ishonch, qonun ma’nosida sug‘d tilidan kirib kelganligi aytiladi. O‘zbek tilidagi 
“din” ma’nosini beruvchi atamalar barcha tillarda mavjud. Jumladan, 
zardushtiylarning manbasi “Avesto”da “din” sifatida “daena”, qadimgi fors pahlaviy 
tilida “den”, “din”, “dena”, “daena” so‘zi ishlatilib, «yo‘l», «mazhab», «marosim», 
«uslub», «tarz» kabi ma’nolarni bildirgan. Ibroniy tilida istifoda qilinadigan «dath» 
so‘zi «din» tushunchasini ifodalash uchun umumiy termin bo‘lib, «hukm», «amr» va 
«qonun» ma’nolarini anglatgan. Rus tilida din ma’nosini anglatadigan «religiya» 
so‘zining kelib chiqishi borasida lug‘atlarda bir qancha yondashuvlar keltirib o‘tilgan. 
Ulardan ba’zilariga ko‘ra mazkur atama lotincha «religio» so‘zidan kelib chiqib
«diyonat, dindorlik, taqvodorlik, xudojo‘ylik, mo‘minlik, taqvo, muqaddas narsa yoki 
joy, qadamjo, ziyoratgoh, ibodat– topinish–sig‘inish va u bilan bog‘liq diniy 
marosimlar» degan ma’nolarni anglatadi. 

Yüklə 280,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin