Din – e’tiqod va u har bir kishining shaxsiy ishi hisoblanadi.
Diniy nuqtai
nazarga ko‘ra, din – muayyan diniy e’tiqodlarga, ya’ni ilohga, uning tomonidan
insonlarga xabar etkazuvchilarning g‘ayrioddiy salohiyatga ega ekaniga
(payg‘ambarlik), insonlar atrofida unga ko‘rinmaydigan ammo undan ancha yuqori
darajada turuvchi mavjudotlar borligiga (farishtalar, jinlar)
inson ideal hayot
kechirishi uchun azaldan belgilangan qonuniyatlar mavjudligiga (muqaddas kitoblar),
inson hayoti muntazam nazorat ostida ekaniga, qilingan barcha yaxshilik va yomonlik
uchun mukofot yoki jazo muqarrarligiga (oxirat, hisob-kitob qilinish), inson qismati
avvaldan belgilanishiga (taqdir) va shu kabi qarashlarga ishonish, ularni aqida sifatida
qabul qilishdan iborat.
Dinning vazifalari uning alohida shaxs va jamiyatga ta’siri va tabiatidan kelib
chiqadi. Dinning vazifasi yoshlarga shaxs, oila, jamiyat hayotiga kirib borishi,
madaniyat va ma’naviyatni boyitishga qo‘shgan hissasini ko‘rsatib berishdir.Dinning
ijtimoiy vazifalari haqidagi ta’limotni
funksionizm
rivojlantiradi. Funksionizm
jamiyatga ijtimoiy tizim sifatida qaraydi. Unda jamiyatdagi har bir element muayyan
funksiyani bajaradi. Dinning
jamiyatda bajaradigan ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy
vazifalari quyidagilardan iboratdir:
Birinchidan, har bir din o‘z e’tiqod qiluvchilari uchun to‘ldiruvchilik, tasalli
beruvchilik –
kompensatorlik
vazifasini bajaradi. Masalan,
insonda doimiy ehtiyoj
hosil qilish hodisasini olaylik. Inson o‘z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan
bo‘lgan munosabatlari jarayonida hayotiy maqsadlariga erishishi ilojsiz bo‘lib
ko‘ringanida, unda qandaydir ma’naviy-ruhiy ehtiyojga zaruriyat sezadi. Bu diniy
ehtiyoj bo‘lib, u ma’naviy-ruhiy ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini
bajargan va bajarmoqda. Masalan, Buddizm dini rohiblikni targ‘ib qiladi,
xristianlikda esa, har bir xristian Iso masihning qaytishiga umid qilib, sabr-bardosh
bilan hayot kechiradi. Islom dinida har bir musulmon dunyoda erishmagan moddiy
yoki ruhiy orzu-istaklariga oxiratda erishishga ishongan holda yashaydilar.
Ikkinchidan, din o‘z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, o‘ziga e’tiqod
qiluvchilar jamoasini, shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qilgan va hozir ham
shunday. Bu dinning birlashtiruvchilik –
integratorlik
vazifasi deb ataladi. Din doimo
ijtimoiy, etnik, ijtimoiy va ma’naviy hayotda uzviylik, muntazamlilikni ta’minlash
maqsadida u
xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, adabiyoti va
san’atiga bog‘langan.Masalan, yahudiylikda mazkur din vakillari bir mafkura atrofida
bir millat va yagona maslak egalari bo‘lib, yagona xudo YAhvening sevimli bandalari
ekanligi uqtiriladi.Xristianlikda diniy me’moriy,
tasviriy, musiqa san’atidan
foydalanib ikona chizuvchilar maktablari faoliyat olib boradi.
Uchinchidan, har bir din o‘z qavmlari turmushini tartibga solib nazorat
qiluvchilik –
regulyatorlik
vazifasini bajaradi. Dinlar o‘z urf-odatlari,
marosim va
bayramlarining qavmlari tomonidan o‘z vaqtida, qat’iy tartibda amal qilishini shart
qilib qo‘yadi.Masalan, islomda kuniga besh mahal namoz o‘qilishi, har hafta juma
namozini jome’ masjidlarida ado etish va hokazolar.
To‘rtinchidan, din aloqa bog‘lashlik –
kommunikativlik
vazifasini ham bajaradi,
ya’ni har bir din o‘z qavmlarining birligi, turli dindagi kishilarning o‘zaro aloqalari,
o‘zaro huquq va burchlarining borligi, urf-odat va ibodatlarni jamoa bo‘lib bajarilishi
lozimligi nazarda tutiladi.
Beshinchidan, din qonunlashtiruvchilik –
legitimlovchilik
funksiyasini ham
bajaradi. Dinning bu funksiyasi nazariy asosini amerikalik sotsiolog T.Parsons ishlab
chiqqan. Uning fikricha, “har qanday ijtimoiy tizim muayyan cheklovlarsiz mavjud
bo‘la olmaydi. Buning uchun u qonun darajasiga ko‘tarilgan axloq normalarini ishlab
chiqishi kerak.Din bunday normalarni qonunlashtiribgina qolmay, ularga bo‘lgan
munosabatni belgilaydi”.
Oltinchidan,
din vazifalarining falsafiy, nazariy jihatlari mavjud. U insonga
yashashdan maqsad, hayot mazmunini, dorulfano va dorulbaqo dunyo masalalariga
o‘z munosabatlarini bildirib turishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: