Maxsus psixologiyada testlarning o'rni Reja: Metod va metodika haqida tushuncha


So‘rov metodi va uning asosida ishlab chiqiladigan metodikalar. So‘rovnomalar turi



Yüklə 105,5 Kb.
səhifə8/8
tarix01.12.2023
ölçüsü105,5 Kb.
#136819
1   2   3   4   5   6   7   8
Maxsus psixologiyada testlarning o\'rni

.So‘rov metodi va uning asosida ishlab chiqiladigan metodikalar. So‘rovnomalar turi
Savolnomali psixodiagnostik metodlar maxsus standart bo‘yicha tanlab olingan savollarga yozma og‘zaki javoblarni tahlil qilishdir. Ushbu metodning bir necha turi mavjud: anketa, savolnoma, intervYu. Sinaluvchi savollarga javob berishidan tashqari, o‘zi haqida ma'lumot berishi anketa metodi deb aytiladi.
Sinaluvchiga beriladigan savollar majmuasi savolnoma metodi deyiladi. Bu savollar ochiq va yopiq usulda bo‘ladi.
Standartlashtirilgan javoblarga, sinaluvchi o‘ziga mos javobni berishi yopiq savollar deyiladi. Masalan: «ha», «yo‘q», «bilmayman», «roziman, rozi emasman», «aytish qiyin».
Sinaluvchi mustaqil ravishda hohlagan javobni berishi ochiq savollar deyiladi, bu javoblar yopiq savollardan farqli ravishda, faqat sifatiy tahlil qilinadi.
Bundan tashqari, savolnomali psixodiagnostik metodlar shaxs sifatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aks ettiruvchi savollar hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilmagan savollar usulida bo‘lishi mumkin. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilgan savollarga sinaluvchi o‘zida u yoki bu psixologik sifatlarning ko‘rinishlari bor yo‘qligi haqida javob beradi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilmagan savollar, sinaluvchidagi o‘rganilayotgan xususiyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilmagan bo‘lib, ammo uning shaxs sifatining bu xususiyati psixologik taraqqiyotini o‘rganishga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, shaxs sifatlaridan «xavotirlanish»ni diagnostika qilish uchun savollarga murojaat qilamiz (bezovtalik, o‘ychanlik):
Ochiq savol: «Kuchli xavotirlanish holatiga tushib qoladigan hodisalar haqida gapirib bersangiz».
Yopiq savol: «Siz ko‘p hollarda xavotirlanish holatida bo‘lasizmi? Quyidagi javoblardan birini tanlang va belgilang «ha», «yo‘q», «ba'zan», «bilmayman».
To‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilgan savol: «Sizda xavotirlanish degan shaxs sifati mavjudmi?».
To‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilmagan savol: «Sizda imtihon paytida bezovtalik holati vujudga keladimi?».
Yozma savolnomalardan tashqari, og‘zaki savolnomalar ham mavjud, bu intervYu deb Yuritiladi. Unda psixolog sinaluvchiga o‘zi savol berib, o‘zi javoblarni yozib boradi, bu savollar oldindan aniqlanib, tayyorlab qo‘yiladi ular xuddi yozma savollar tipidagi kabi bo‘lishi mumkin.
Psixodiagnostik metodlardan yana biri faoliyat mahsullarini analiz qilish orqali kontent-analiz hisoblanadi. Kontent-analizning vazifasi shundan iboratki, u kishining psixologik tavsifini aniqlash va baholashda, uning nima ish qilayotganligi, asosan yozma ijodi mahsuli tahlili orqali o‘rganishga qaratilgandir.
Eksperimentning psixodiagnostik metod sifatidagi muhim jihatlari shundan iboratki, sinaluvchining biron-bir xususiyatini baholashda maxsus psixodiagnostik eksperiment ishlab chiqiladi va tashkil qilinadi. Bunday eksperiment muolajalari bir qancha tibbiy voqeliklarni o‘z ichiga oladi, ya'ni bu hodisalar sinaluvchining o‘rganilayotgan xususiyatini namoyon qilish hamda bu sifatning taraqqiyotini baholash va belgilashning standart metodikasini ishlab chiqishga qaratilgan. Psixodiagnostik eksperimentni tashkil qilish va o‘tkazish natijasida tadqiqotchi o‘zini qiziqtirayotgan muammolar, bo‘yicha maxsus tarzda tashkil qilingan eksperimental tadqiqotda sinaluvchi xulq-avtorini kuzatish orqali ma'lumotlarga ega bo‘ladi. Masalan, tadqiqotchini shaxs sifatlaridan xavotirlanish muammosi qiziqtiradi. Bu holda diagnostik eksperiment quyidagi tarzda olib boriladi. Sinaluvchi imtihon sinovlari kabi voqelik holatiga tushiriladi qandaydir murakkab ishni vaqt tig‘izligida bajarib qat'iy natijalar olishga undaydi. Sinaluvchi topshiriqni bajarayotgan paytda, uning xulqida har xil Yuqori darajali «xavotirlanish» kuzatilib va belgilab borilishi mumkin.
Biz yuqorida psixodiagnostik metodlar va ularning turlari hamda qo‘llanishi haqida ma'lumotlar berdik, har qanday psixolog yuqori malakali mutaxassis bo‘lib etishishi uchun, albatta, ushbu psixodiagnostik metodlarni o‘zlashtirishi va amaliyotda foydalana olish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishi shart
Yuqorida qayd etilgan belgilarning mavjudligi pedagoglar va psixologlar tomonidan o‘quv jarayonida turli didaktik vosita va usullar yordamida aniqlanadi.
Eksperimental tadqiqot sharoitida yuqoridagi belgilarning mavjudligi so‘zli, predmetli va psixometrik metodikalar yordamida aniqlanadi. Har bir konkret holda olingan ma'lumotlarni sifatiy tahlil qilish va ularni boshqa metodlardan olingan natijalar bilan bog‘lash zarur.
Psixologik diagnostikada metodikalarning ishonchliligi muhim hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bu tushuncha «testda olingan natija nechog‘lik to‘g‘riligini ko‘rsatadi». (A.Anastazi). Har qanday metodikaning, testning ishonchliligi o‘rganilayotgan psixologik xususiyatlarning ularda aks etishi nuqtai nazaridan to‘g‘ri qo‘llanishini xarakterlaydigan ma'lumotlar majmui sifatida qaralmog‘i kerak (L.F.Burlachuk, S.M.Moroz, 1989).
Shunday qilib, maqsadga muvofiq tanlangan metodika va testlar psixik faoliyat ko‘rinishlarini to‘liq va har tomonlama o‘rganish imkonini beradi.
Bolalar ustida psixologik tadqiqotlar o‘tkazish tajribasi shundan dalolat beradiki, qo‘llanilayotgan psixodiagnostika metodikalarini shartli ravishda u yoki bu psixik jarayonlarni o‘rganish metodikalariga ajratish mumkin. (L.I.Poperechnaya 1978; L.A.Venger, V.V.Xolmovskaya 1978; Z.I.Kalmikova, 1982; V.M.Bleyxer, I.V.Kruk, 1986). Masalan, bola xotirasi haqida faqat bir metod asosida xulosa chiqarish mumkin emas, buning uchun metodikalar majmuini qo‘llash kerak. Shu bilan bir vaqtda, har bir eksperimental metodika o‘zining asosiy yo‘nalishidan tashqari (ya'ni shaxsning ma'lum xususiyatini o‘rganishdan tashqari) psixikaning boshqa xususiyatlarining holati haqida ba'zi ma'lumotlar beradi. Masalan: bolaga berilgan 10 ta so‘zni qanday yodlashiga qarab, faqat uning xotirasi haqidagina emas, balki ixtiyoriy diqqati, harakatlarining maqsadga yo‘naltirilganligi, ularning sabablari haqida ham bilsa bo‘ladi.
Psixologik-pedagogik tadqiqotning sifati eksperimentda qo‘llaniladigan metodikalar soniga bog‘liq bo‘ladi. Lekin bog‘cha va maktab yoshidagi bolalar bilan tadqiqot o‘tkazganda ularning tez charchashini hisobga olish zarur. Shuning uchun bir tadqiqot o‘tkazganda, tadqiqot vazifalariga bog‘liq ravishda tanlangan 5 – 7 metodikadan foydalanish tavsiya etiladi. Bir necha bosqichda o‘tkaziladigan tadqiqotlarda ko‘proq metodikalardan ham foydalanish mumkin. Eksperimental tadqiqot usullarini yaxshi egallash ham muhimdir. Tadqiqotchi tajriba vaqtida bola bilan qanchalik yaxshi munosabatda bo‘lsa, bola topshiriqni shunchalik yaxshi bajaradi.
Tadqiqot o‘tkazish uchun eksperimental metodikalarni tanlashda quyidagilarni e'tiborga olish zarur:
a) tadqiqot maqsadi – psixik taraqqiyot darajasini aniqlash, uning yoshiga, ma'lumotiga mosligi, shaxs xususiyatlarini aniqlash;
b) sinaluvchining yoshi va uning hayot tajribasi, unga ta'lim va tarbiya berilayotgan sharoit;
v) bolaning eksperimental tadqiqotga moslashishi, muloqotga kirishishi, verbal aloqa o‘rnatish xususiyatlari.
Bolaga tanlangan eksperimental psixologik metodikalarni qiyinligi o‘sib borish darajasida berish kerak.
Shunday qilib, ushbu mavzuda metod va metodika, standartlashtirilgan metodlar, testlar, ularning turlari, so’rovnomalar, ularning turlari bilan tanishdik.


Yüklə 105,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin