Maxsus sirtqi bo’lim Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabalariga 3-semestr uchun “Umumiy va sport psixologiyasi” fanidan yakuniy nazorat uchun savollar jamlanmasi test
Maxsus sirtqi bo’lim Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabalariga 3-semestr uchun “Umumiy va sport psixologiyasi” fanidan yakuniy nazorat uchun savollar jamlanmasi TEST 1.Psixologiya so’zi qanday ma’noni bildiradi? +«Psixologiya» so’zi ikkita – «psychye» – jon, ruh va «logos» – ta’limot
-«Psixologiya» so’zi qadimgi yunon ma’budasi ismi
-«Psixologiya» so’zi ikkita grek «psychye» va «logos» , shaxs
- «Psixologiya» so’zi ikkita grek «psychye» va «logos» , psixika
2. Psixologiyaning predmeti nima? +psixika
-shaxs
-individ
-konkret shaxs
3.Psixikaning namoyon bo’lish shakllari qanday? +psixik jarayonlar, psixik holatlar, shaxs xususiyatlari
-psixik jarayonlar, psixik holatlar
-bilish jarayonlari
-psixik jarayonlar, psixik xususiyatlar
4. Bilish jarayonlariga nimalar kiradi? +sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq, diqqat
-apatiya, ishonchlilik, ijodiy ruhlanish
-sezgi, qobiliyatlar, iqtidor, intellekt
-emostiya, idrok, xayol, nutq, diqqat, intellekt, xulq-atvor, ish uslubi
5. Qaysi javobda psixik holatlar to’g’ri berilgan? +emosiya, e’tiqod, bardamlik, tetiklik, apatiya, qiziquvchanlik, hayratlanish, ishonchlilik, ijodiy ruhlanish
-apatiya, qiziquvchanlik, hayratlanish, sezgi, idrok, xotira, ishonchlilik, ijodiy ruhlanish
-yo’nalishlar, temperement, xarakter, qobiliyatlar, iqtidor, intellekt, xulq-atvor, ish uslubi
-emosiya, idrok, xayol, nutq, diqqat, xarakter, intellekt, xulq-atvor, ish uslubi
6.Qaysi javobda shaxs xususiyatlari ketma-ketiligi to’g’ri berilgan? +yo’nalishlar, temperement, xarakter, qobiliyatlar, iqtidor, intellekt, xulq-atvor, ish uslubi, mas’uliyat
-sezgi, xarakter, qobiliyatlar, iqtidor, intellekt
-emosiya, intellekt, xulq-atvor, ish uslubi
-sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq, diqqat
7. Psixologiyaning fanlaro aloqasini necha blokka bo’lish mumkin? +3 ta; ijtimoiy-gumanitar; tabiiy, aniq va texnika; iqtisodiyot
- 2ta: ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiyot
-5 ta; ijtimoiy-gumanitar; tabiiy; aniq; texnika; iqtisodiyot
-4 ta; ijtimoiy-gumanitar; tabiiy; aniq va texnika; iqtisodiyot
8. Tabiiy eksperiment usuli nima? + yuz berayotgan psixik prosesslarini ularga sezdirmasdan tekshirish
- tabiat darslaridagi kuzatuvchanlik
- tekshiruvchining bolalar faoliyatiga aralashmasligi
- hech qanday tayyorgarliksiz tasodifiy kuzatish
9. Yosh psixologiyasi nimani o’rganadi? + yosh psixologiyasi fani turli yoshdagi bolalarning turli yosh bosqichlaridagi psixik rivojlanishi va psixik xususiyatlarini o’rganadi
- bolalarning jismoniy rivojlanishi haqidagi fan
- ta’lim jarayonida sodir bo’ladigan psixik jarayonlarni o’rganadi
- yosh psixologiyasi muayyan yoshdagi bolalarga xos umumiy xususiyatlarni o’rganadi
10. Pedagogik psixologiyaning predmeti va vazifalari? + pedagogik psixologiya o’qitish va tarbiyaning psixologik asoslari haqidagi fandir
-bo’lajak o’qituvchilarni pedagogik faoliyatga tayyorlash
- ilmiy psixologik tomonlarini o’rganish
- pedagogik psixologiya aqliy kamolotdan orqaga qolgan bolalar ruhiyatini
11. Psixologiyada eng ko’p qo’llanadigan metodlar? + kuzatish, suhbat, test, tajriba, biografiya, anketa
- qiyoslash va suhbat
- test, suhbat, statistik, anketa
- test va kuzatish
12. Test metodi qachon va kim tomonidan kashf qilingan? + 1905 yilda A.Bine
- 1900 yilda Roxshax
- 1975 Ananev
- 1890 yilda A.Lazurskiy
13. Yosh va pedagogik psixologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari? + kuzatish, eksperiment, suhbat, anketa, test, ijodiy faoliyat jarayoni va mahsulini psixologik tahlil qilish, o’z-o’zini kuzatish, psixologik-pedagogik eksperiment
- suhbat, anketa, faoliyat jarayoni
- kuzatish, psixobiografiya, psixoanaliz
- kuzatish va eksperiment
14. Umumiy psixologiyaning asosiy metodlari necha guruhga bo’linadi? + 5 ta
- 4 ta
- 6 ta
- 3 ta
15. Bola psixikasi taraqqiyotini harakatga keltiruvchi faktorlar? + Irsiyat, muhit, aktiv faoliyat, ta‘lim- tarbiya
- Muloqot, muhit , irsiyat, ta‘lim-tarbiya
- Irsiyat, muloqot muhit, ta‘lim-tarbiya
- Muloqot, muhit, ta‘lim-tarbiya, faoliyat
16.Psixik taraqqiyot to’g’risidagi konseptsiyalar? + Biogenetik, sotsiogenetik rivojlanish
- Biogenetik, sotsiogenetik, qarama- qarshiliklar kurashi
- Sotsiogenetik, rivojlanishning aktual zonasi
- Biogenetik, rivojlanishning aktual zonasi, qarama-qarshiliklar kurashi
17. Tug’ma refleks bu? + Shartsiz refleks
- Shartli refleks
- Stanik refleks
- Orentirovka refleks
18. Refleks bu ? + Organizmni ichki va tashqi muhit ta‘siriga nerv tizimi orqali beradigan qonuniy javob reaktsiyasi
- Tashqi olamning miyada hosil bo’lgan obrazi
- Ongning qo’zg’ovchi ta‘siriga aks ta‘siri
- Shartli va shartsiz reflekslar majmui
19. Bolalar nerv sistemasining eng kuchli taraqqiy etadigan davri qaysi yosh davriga to’g’ri keladi? + 1-3 yoshgacha davrda
- 4-5 yoshgacha davrda
- 1-6 yoshgacha davrda
- 1-4 yoshgacha davrda
20. Psixolog Ananev psixikani o’rganish metodlarini qanday guruhlarga bo’lib ko’rsatgan? + tashkiliy, amaliy, statistik va natijalarni sharhlash
- empirik, test, kuzatish
- statistik, lonityud
- qiyoslash, tashkiliy va statistik
21. Ong nima? + Faqat insonlarga mansub psixikaning taraqqiyot darajasini
- Inson va xayvonlarga xos bo’lgan psixik prosesslarni
- Narsa va hodisalar obrazlarining miyamizda akslanishiga
- Hayot sharoitiga tirik mavjudotlarning moslashuvini
22. O’yin faoliyatining turlari to’g’ri berilgan qatorni aniqlang? + predmetli, harakatli, syujetli-rolli, didaktik o’yinlar
- didaktik o’yinlar, syujetli-rolli, intellektual, sport o’yinlari
- predmetli, syujetli-rolli, didaktik o’yinlar
- predmetli, sport, didaktik o’yinlar
23. Shaxs psixik faoliyatining tashqi ko’rinishlari? + poza, mimika, intonasiya
- ustanovkalar
- sezgilar
- kutish
24. Faoliyatning klassik turlari qanday? + o’yin, mehnat va o’qish
- fikrlash va imajitiv faollik
- perseptiv va mnemik faollik
- tashqi va ichki faollik
25. Qaysi javobda faoliyatga to’g’ri ta’rif berilgan? + inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan o’ziga xos faollik shaklidir
- sezgi organlarga ta’sir etib turgan narsa va hodisalar
- harakat yordamida yengish vaqtida vujudga keladigan psixik jarayondir
- fakt va hodisalarni mavhumlashtirgan, umumlashtirgan holda va vositali ravishda aks ettirish
26. Shaxs deb nimaga aytiladi? + ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning subyekti bo’lmish individdir
- balog’at yoshidagi yigit va qiz
- yangi tug’ilgan chaqaloq
- odam va texnika o’zaro munosabatlariga oid psixologik muammolar bilan shug’ullanadigan inson
27. Faoliyat dеb ... aytiladi?
+ inson faolligini mujassamlashtiruvchi holatlar, xususiyatlarga;
harakatlar jarayoniga
- ruhiy jarayonlar
- tug‘malik alomatlari bor bo‘lgan belgilarga
- biologik omillarga
28. Muloqot bu? + kishilarning birgalikdagi faoliyatiga ehtiyojini aks ettiradi
- jamiyatning ijtimoiy formulasini aks ettiradi
- shaxslararo o’zaro ta’sir sifatida namoyon bo’ladi
- birgalikdagi ijtimoiy sharoitda yuzaga chiqadi
29. Ikki yoki undan ortiq kishilar o’rtasidagi axborot ayriboshlash o’zaro ta’sir va bir-birini tushunishdan iborat jarayon bu? + muloqot
- afaziya
- refleksiya
- kommunikasiya
30. Diqqatning asosan necha xil turi farqlanadi? + 3 xil
- 2 xil
- 4 xil
- 5 xil
31. Faoliyat jarayonida diqqatning ongli ravishda bir obyektdan ikkinchi obyektga ko’chirilishiga …………… aytiladi? + Diqqatning ko’lami
- Diqqatning bo’linuvchanligi
- Diqqatning konsentrasiyasi
- Diqqatning kuchi va barqarorligi
32. Parishonxotirlik bu?
+ Odamning hech narsaga diqqatini qarata olmasligi, diqqat barqarorligining susayishi
- Odamning hech narsaga diqqatini qarata olmasligi
- Diqqat barqarorligining susayishi
- Ongli faoliyatning susayishi
33. Diqqatni rivojlanishi shaxsda qanday xususiyatlarni shakllantiradi? + E’tiborlilik
- Irodaviy zo’r berish xususiyatini
- Qiziquvchanlik
- Vazifani qabul qilish xususiyati
34. Qaysi qatorda diqqat tushunchasiga to’g’ri tarif berilgan? + Ongimizning muayyan obyektga yo’naltirilishi va unda to’planishidan iborat psixik holat
- Insonning amaliy faoliyatiga kiritilgan bo’lib, ularning muvaffaqiyatini taminlaydi
- Ma’lum obyektga uzoq vaqt davomida mutassil qaratilishi
- Bir vaqtda bir necha obyektga yoki faoliyatga taqsimlanishi
35. Bilish jarayonlari deganda nima tushuniladi? + shaxsga o’zini o’rab turgan atrof-muhitning ma’lum va muhim xususiyatlarini anglashga, imkon beradigan jarayonlar
- hodisalarning aks ettirilishidan iborat bo’lgan psixik jarayondir
- kishining o’z oldiga qo’yilgan maqsadga erishish
- ayni choqda sezgi organlarga ta’sir etib turgan narsa va hodisalar
36. Sezgi nima? + odamning tegishli sezgi organlariga moddiy olamdagi narsa va hodisalar ta’sir ko’rsatgan paytida ulardagi ayrim xossalar-ning aks ettirilishi-dan iborat bo’lgan eng sodda psixik jarayondir
- kishining o’z oldiga qo’yilgan maqsadga erishish uchun ichki va tashqi to’siqlarni harakat yordamida yengish vaqtida vujudga keladigan psixik jarayondir
- ayni choqda sezgi organlarga ta’sir etib turgan narsa va hodisalarning aks ettirilishidan iborat bo’lgan psixik jarayondir
- biz ilgari idrok qilmagan predmet va hodisalarni yaratishdan iborat bo’lgan psixik jarayondir
37. Eksterotseptor sezgilar berilgan qatorni toping? + ko’rish, eshitish, hid bilish, ta’m-maza bilish, teri-tuyish
- organik, og’riq, harorat, taktil
- harakat va kinestik, muvozanat, vibratsiya
- ko’z, quloq, burun, til, teri
38. Dastlabki sezgilar klassifikasiyasi asoschisi? + Ch.Sherrington
- I.Pavlov
- A.Orbeli
- A.R.Luriya
39. Sezgi bu ? + Eng oddiy psixik jarayon bo’lib, narsa va hodisalar o’ziga xos xususiyatlarini ongimizda aks etishidir
- O’tmishdagi voqyea-hodisalarga munosabat
- Sezgi organlarimizga ta’sir etib ongimizda to’liq aks etishi
- Esga tushirish, esda saqlash
40. Sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etib turib, ongimizda bir butun holda aks etishiga ... deyiladi? + Sezgi
- Idrok
- Xotira
- Xayol
41. Qaysi qatorda analizatorlar to’g’ri keltirilgan? + ko’rish, eshitish, hid bilish, tama-maza bilish, teri-tuyish
- ko’z, quloq, burun, til, teri
- ko’rish, eshitish, hid bilish
- ko’rish, eshitish, hid bilish, teri-tuyish, kinestik
42. Idrok nima?
+ ayni choqda sezgi organlarga ta’sir etib turgan narsa va hodisalarning aks ettirilishidan iborat bo’lgan psixik jarayondir
- biz ilgari idrok qilmagan predmet va hodisalarni yaratishdan iborat bo’lgan psixik jarayondir
- kishining o’z oldiga qo’yilgan maqsadga erishish
- biz ilgari idrok qilgan narsa va hodisalar obrazini ayni choqda fikran qayta tiklashimizdir
43. Idrokdagi obyekt va fonni izohlang ? + Shaxs uchun ayni paytda ahamiyatli narsa (obyekt), muhim bo’lmagan narsa (fon)
- Sezgi va idrokning bir-biriga bog’liqligi
- Uyni, gulni batafsil idrok qilish
- Narsalarning hajmini idrok qilish
44. Illyuziya tushunchasini asoslab bering? + Bor narsani noto’g’ri, yanglishib idrok qilish
- Shaxsning idrok qilish qobiliyati
- Idrokning shaxsga bog’liqligi
- Bir nimani his qilib anglash
45. Kuzatuvchanlik bu? + Idrokning shaxsga bog’liqligi
- Shaxsning vaqtni idrok qilishi
- Shaxsning qobiliyati
- Qo’zg’atuvchilar ko’pligi
46. «Perceptio» so‘zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni