KO‘RSATISH OLMOSHLARI(DEMONSTRATIVE PRONOUNS)
1. Ko‘rsatish olmoshlarining birlik va ko‘plik shakllari bor. Birlikda this — bu, shu, that — u, o‘sha, ko‘plikda these — bular, shular, those — ular, o‘sha. Ko‘rsatish olmoshlari olmosh-sifat va olmosh-ot bo‘lib keladi.
2. Ko‘rsatish olmosh-sifatlari otning ko‘rsatkichi bo‘lganligi uchun ulardan keyin kelgan ot oldida artikl ishlatilmaydi. Agar ko‘rsatish olmoshidan keyin kelgan otning boshqa aniqlovchsi bo‘lsa, ko‘rsatish olmoshi, boshqa ko‘rsatkichlarga o‘xshab, o‘sha aniqlovchidan oldinga qo‘yiladi:
He lives in that house. U o‘sha uyda yashaydi.
He lives in that white house. U o‘sha oq uyda yashaydi.
3. This va these olmoshlari gapiruvchining yaqinidagi, that va those esa undan uzoqroqdagi buyumlarni ko‘rsatish uchun ishlatiladi:
Dostları ilə paylaş: |