Maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litsey Nurmatov J. N, Kudratov K. X



Yüklə 9,06 Mb.
səhifə302/538
tarix11.01.2022
ölçüsü9,06 Mb.
#110939
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   538
Present Continuous ishlatiladi:

If he is sleeping when you come, wake him up. Siz kelganingizda agar u uxlayotgan bo‘lsa, uni uyg‘oting.


2. Future Continuous kelasi zamondagi uzoq vaqt davomida uzilib uzilib davom etgan ish-harakatni ifodalaydi:

I shall be preparing for my examination in May. Men may oyida imtihonimga tayyorlanayotgan bo‘laman.

He will be writing a play during the summer. U yoz davomida pyesa yozayotgan bo‘ladi.

In June that fi rm will be carrying on negotiations for the purchase of wheat. Iyunda u firma bug‘doy sotib olish haqida muzokaralar olib borayotgan bo‘ladi.


3. all day long kun bo‘yi, all day tomorrow ertaga kun bo‘yi, all the time butun vaqt, the whole evening butun oqshom, from five till eight soat beshdan sakkizgacha kabi vaqt ko‘rsatkichlari bilan Simple Future ham, Future Continuous ham ishlatilishi mumkin. Future Continuous ishlatil ganda ish-harakatning bajarilish jarayoni tushuniladi, Simple Future ishlatilganda esa ish-harakatning bajarilish dalili (bajariladimi yo‘qmi) tushuniladi:

I shall be reading all day tomorrow.

I shall read all day tomorrow. Men ertaga kun bo‘yi o‘qiyotgan bo‘laman (o‘qiyman).

It will be raining the whole evening.

It will rain the whole evening. Butun oqshom yomg‘ir yog‘ayotgan bo‘ladi

I shall be working in the library from three till five.

I shall work in the library from three till five. Men soat uchdan beshgacha kutub xonada ishlayotgan bo‘laman.
Yuqoridagi vaqt ko‘rsatkichlari bilan kelgan ikki yoki undan ortiq ish harakati sodir bo‘lish tartibida bayon etilsa hammasida faqat Simple Future ishlatiladi:

I ‘ll come home early, I’ll rest from five till six, and then I’ll work the whole evening.

Men uyga erta kelaman, soat beshdan oltigacha dam olaman, so‘ngra butun oqshom ishlayman.
4. Ikkita davom etadigan ish-harakati bir vaqtda sodir bo‘lsa, jarayonni ifodalashni istasak bosh gapda Future Continuous va ergash gapda Present Continuous ishlatamiz, agar ish-harakatning sodir bo‘lish faktini ifodalashni istasak (sodir bo‘ladimi yo‘qmi) bosh gapda Simple Futureni, ergash gapda esa Simple Presentni ishlatamiz:

While he is having his breakfast, I shall be reading the newspaper. U nonushta qilayotganida men gazetani o‘qiyotgan bo‘laman.

While he has his breakfast, I shall read the newspaper. U nonushta qilganida men gazeta o‘qiyman.

While I am doing my homework, he will be resting. Men uy ishimni qilayotganimda, u dam olayotgan bo‘ladi.

While I do my homework, he will rest. Men uy ishimni qilganimda u dam oladi.
5. Future Continuous qisqa muddatli ish-harakatini ham ifodalab Simple Future o‘rnida ishlatiladi va ish-harakatni sodir qilish niyatini yoki shu ish-harakatining sodir bo‘lishi aniqligini bildiradi:

He will be meeting us at the station. U bizni stansiyada kutib oladi.


I shall be writing to him tomorrow. Men unga ertaga xat yozaman.









Yüklə 9,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   538




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin