Maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litsey Nurmatov J. N, Kudratov K. X



Yüklə 9,06 Mb.
səhifə319/538
tarix11.01.2022
ölçüsü9,06 Mb.
#110939
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   538
UNIT 37

SIFAT (THE ADJECTIVE)

1. Shaxs yoki buyumning belgisini bildirgan so‘zlar sifat deyiladi: A young man = yosh kishi; a young woman= yosh ayol; young people = yosh kishilar.

2. Sifat faqat darajalar bo‘yicha o‘zgarishi mumkin: long uzun, longer uzunroq, longest eng uzun.

3. Sifatlar oddiy va yasama bo‘ladi:

a) Oddiy sifatlar qo‘shimcha olmagan sifatlardir: big katta, short kalta, black qora, red qizil.

b) Yasama sifatlarga old yoki orqa qo‘shimchasini yoki har ikkalasini olgan sifatlar kiradi: natural tabiiy, incorrect noto‘g‘ri, unnatural notabiiy.

Eng ko‘p tarqalgan qo‘shimchalar (suffikslar):

ful : useful = foydali, doubtful = shubhali;

less : helpless = ojiz, useless = befoyda;

ous : famous = mashhur, dangerous = xavfl i;

al : formal = rasmiy, central = markaziy;

able, -ible: eatable = yeb bo‘ladigan, accessible = hammabop, yen gil.

Eng ko‘p tarqalgan old qo‘shimchalar :

un- : unhappy = baxtsiz, unequal = teng emas, noteng;

in- : incomplete = tugallanmagan, indifferent = farqsiz.

4. Ikkita so‘zdan yasalib bitta ma’noni bildiruvchi sifatlar qo‘shma sifatlar deyiladi:



dark-blue = to‘q ko‘k, snow-white = qordek oq.

5. Sifat gapda aniqlovchi va ot-kesimning tarkibida keladi:

The large box is on the table. (aniqlovchi) Katta quti stol ustida.

The box is large. (ot kesimning tarkibiy qismi) Quti — katta.



Sifat darajalari (Degrees of Comparison)

1. Sifatning uchta darajasi bor: Oddiy (the Positive Degree), qiyosiy (the Comparative Degree) va orttirma ( the Superlative Degree).

The Missisippi is a long river. (long — oddiy daraja.).

The Missisippi is longer than the Volga. ( longer — qiyosiy daraja).

The Missippi is the longest river in the world (longest — orttirma daraja).

Qiyosiy daraja Ikkita shaxs yoki buyum qiyoslanadi.Orttirma daraja Uch yoki undan ortiq shaxs yoki buyum qiyoslanadi va bittasining darajasi hammasidan ziyoda bo‘ladi.

2. Sodda sifatlarning (bir, ikki bo‘g‘inli sifatlarning) qiyosiy darajasi –er qo‘shimchasini qo‘shish bilan, orttirma darajasi -est qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi:


Oddiy daraja

sharp — o‘tkir

cold — sovuq

deep — chuqur

busy — band

dirty — ifl os

clever — aqlli

narrow — tor

able — layoqatli(qodir)

noble — himmatli

polite — odobli

severe — shafqatsiz

sincere — sofdil, samimiy

simple — (oddiy) sodda

common — oddiy

Qiyosiy daraja

sharper — o‘tkirroq

colder — sovuqroq

deeper — chuqurroq

busier — bandroq

dirtier — ifl osroq

cleverer — aqlliroq

narrower — torroq

abler — layoqatlioroq

nobler — himmatliroq

politer — odobliroq

severer — shafqatsizroq

sincerer — sofdilroq

simpler — soddaroq

commoner — oddiyroq

Orttirma daraja

sharpest — eng o‘tkir

coldest — eng sovuq

deepest — eng chuqur

busiest — eng band

dirtiest — eng ifl os

cleverest — eng aqlli

narrowest — eng tor

ablest — eng layoqatli

noblest — eng himmatli

politest — eng odobli

severest — eng shafqatsiz

sincerest — eng sofdil

simplest — eng sodda

commonest — eng oddiy


3. Qiyosiy va orttirma darajalarni yasaganda quyidagi imlo qoidalariga rioya qilinadi:

a) agar sifat o‘qilmaydigan e harfi bilan tugagan bo‘lsa, -er va –est qo‘shimchalari qo‘shilganda sifat oxiridagi o‘qilmaydigan e harfi tushib qoladi:

large katta larg-er larg-est

brave jasur brav-er brav-est

ripe pishgan rip-er rip-est

b) agar sifat qisqa unlidan keyin bitta undosh bilan tugagan bo‘lsa, qiyosiy va orttirma darajalarning qo‘shimchasi qo‘shilganda oxirgi undosh ikkilantiriladi:

big katta bigger biggest

hot issiq hotter hottest

thin yupqa thinner thinnest

wet nam wetter wettest

c) agar sifat undoshdan keyin kelgan y harfi bilan tugagan bo‘lsa, qiyosiy va orttirma darajalarning qo‘shimchasi qo‘shilganda oxirgi y har fi i harfiga aylanadi:

busy band busier busiest

easy oson easier easiest

dirty iflos, kir dirtier dirtiest

d) agar sifat oxiridagi y unlidan keyin kelgan bo‘lsa qo‘shimcha qo‘shilganda y saqlanib qoladi:

gay sho‘x gayer gayest

4. Ko‘pgina ikki bo‘g‘inli hamda uch va ko‘p bo‘g‘inli sifatlarning qiyosiy darajasi sifatning oldiga more, orttirma darajasi sifatning oldiga most so‘zlarini qo‘yish bilan yasaladi:


Oddiy daraja

active — faol

famous — mashhur

diffi cult — qiyin

comfortable — qulay

interesting — qiziq




Yüklə 9,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   538




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin