Maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litsey Nurmatov J. N, Kudratov K. X



Yüklə 9,06 Mb.
səhifə320/538
tarix11.01.2022
ölçüsü9,06 Mb.
#110939
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   538
Qiyosiy daraja

more active

more famous

more diffi cult

more comfortable

more interesting

Orttirma daraja

most active

most famous

most diffi cult

most comfortable

most interesting

5. Orttirma darajadagi sifat bilan kelgan ot aniq artikl bilan ishlatiladi.Ba’zan ot tushib qolganda ham artikl saqlanib qoladi:

This is the shortest way to the station. Bu stansiyaga eng yaqin yo‘l.

This is the most interesting story in this book. Bu ushbu kitobdagi eng qiziq hikoya.

The Moscow underground is the best in the world. Moskva metrosi dunyodagi eng yaxshi metro.

6. Ba’zi sifatlarning darajalari qoidaga bo‘ysunmasdan o‘zakdan o‘zgaradi:


Oddiy daraja

good — yaxshi

bad — yomon

little — oz

much, many — ko‘p

Qiyosiy daraja

better — yaxshiroq

worse — yomonroq

less — ozroq

more — ko‘proq

Orttirma daraja

best — eng yaxshi

worst — eng yomon

least — eng oz

most — eng ko‘p


7. Far sifatining qiyosiy va orttirma darajalarida ikkitadan shakl bor:

Oddiy daraja

far — uzoq



Qiyosiy daraja

farther — uzoqroq

further — uzoqroq, qo‘shimcha

Orttirma daraja

farthest — eng uzoq

furthest — eng uzoq, eng keyingi


Masofaga nisbatan farther, further va farthest, furthest baravar ishlatiladi.

I found him in the farthest (furthest) corner of the park. Men uni bog‘ning eng uzoq burchagidan topdim.



Further, shuningdek, qo‘shimcha, keyingi ma’nosida ham ishlatiladi:

I have obtained further information on this matter. Men bu masaladagi eng so‘nggi axborotni oldim.

Please send the books back without further delay. Iltimos kitoblarni boshqa kechik tirmasdan jo‘nating.

8. Qiyosiy darajadan keyin than -ga qaraganda bog‘lovchisi keladi:

London is larger than Bristol. London Bristolga qaraganda kattaroq.

This book is more interesting than that one. Bu kitob unisiga qaraganda qiziqroq.

9. Superior (yaxshiroq, balandroq) va inferio (pastroq, yomonroq) sifatlari lotin tilidan kirib kelgan va ulardan keyin to ishlatiladi. Bu sifatlarning oddiy va qiyosiy darajalari mavjud emas.

These samples are superior (inferior) to those. Bu namunalar ularga qaraganda yaxshiroq (yomonroq).

10. Qiyosiy daraja oldidan much yoki far (ancha) so‘zlarini qo‘yish bilan ma’nosi kuchytirilishi mumkin:

The Nile is much longer than the Thames. Nil Temzaga qaraganda ancha uzunroq.

This book is far better than that one. Bu kitob unisiga qaraganda ancha yaxshiroq.

11. Orttirma darajadan keyin ko‘pincha of predlogi ishlatiladi:

He is the best of my friends. U mening do‘stlarimning eng yaxshisi.

Orttirma darajadan keyin ko‘pincha that nisbiy olmoshi bilan bog‘langan aniqlovchi ergash gaplar keladi. That nisbiy olmoshi ko‘pincha tushib qoladi:

This is the most interesting book (that) I have ever read. Bu men o‘qigan kitoblarning eng qizig‘i.

12. Orttirma daraja by far yoki far yordamida kuchaytirilishi mumkin:

The deposits of oil in Rissia are by far the richest in the world. Rossiyaning neft zaxiralari dunyoda eng boy.

13. Sifatlarning ozroq yoki eng oz darajasini ifodalash uchun oddiy darajadagi sifatning oldiga less kamroq yoki least eng kam so‘zlarini qo‘yamiz: pleasant yoqimli, less pleasant kamroq yoqimli, least pleasant eng kam yoqimli, eng yoqimsiz, comfortable, less comfortable, least comfortable.

14. Ikkita bir xil darajadagi sifatni teng qiyoslash uchun oddiy darajadagi sifatni as … as o‘rtasiga qo‘yamiz:


Yüklə 9,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   538




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin