Maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litsey Nurmatov J. N, Kudratov K. X



Yüklə 9,06 Mb.
səhifə326/538
tarix11.01.2022
ölçüsü9,06 Mb.
#110939
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   538
SIFATLARNING OTLASHISHI

1. Ba’zi sifatlar ot ma’nosida ishlatilishi mumkin. Ular shaxslarning hammasini yoki guruhini ifodalab ko‘plik ma’nosida ishlatiladi, lekin ko‘plik qo‘shomchasi -s qo‘shilmaydi va aniq artikl bilan ishlatiladi:

There are special schools for the blind in our country. Mamlakatimizda ko‘rlar uchun maxsus maktablar bor.

Immediete help was rendered to the sick. Kasallarga shoshilinch yordam ko‘rsatildi.



Izoh: Bir yoki bir nechta alohida shaxslarni ifodalash uchun sifatlarning man, men; woman, women; person, persons otlari bilan birikmasi ishlatiladi: a blind man ko‘r kishi; a blind woman ko‘r ayol; two blind persons ikkita ko‘r kishi; a poor man kambag‘al kishi; two poor men ikkita kambag‘al.

2. Millatni ifodalovchi sifatlar, shu millatga mansub kishilarni ifodalab otga aylanadi:

a) -an, -ian qo‘shimchasi bilan tugagan sifatlar (Russian, Ger man) otga aylanadi hamda birlik va ko‘plikda ishlatiladi. Ko‘plikda -s qo‘shim chasini oladi va millatni ifodalaganda -s qo‘shimchasini oladi:

a Russian rus

a Bulgarian bolgar

a German Nemis

a Norwegian norveg

an American amerikalik

two Russians ikkita rus

two Bulgarians ikkita bolgar

two Germans ikkita nemis

two Norwegians ikkita norveg

two Americans ikkita amerikalik

the Russians ruslar

the Bulgarians bolgarlar

the Germans nemislar

the Norvegians norveglar

the Americans amerikaliklar

b) -se, -ss qo‘shimchalari bilan tugagan sifatlar otga aylanganda birlik va ko‘plikda ishlatiladi, lekin ko‘plikda -s qo‘shimchasini olmaydi:

a Chinese – xitoylik; two Chinese – ikkita xitoy; the Chinese – xitoyliklar;

a Japanese – yapon; two Japanese – ikkita yapon; the Japanese – yaponlar;

a Swiss – shved; two Swiss – ikkita shved; the Swiss – shvedlar;

c) -sh, -ch (English, French) qo‘shimchalari bilan tugagan sifatlar otlashganda aniq artikl bilan ishlatiladi va butun millatni ifodalaydi: the French fransuzlar, the English inglizlar, the Scotch shotlandlar, the Dutch gollandlar, the Spanish ispanlar. Gap millat haqida ketmasdan, alohida shaxs yoki shaxslar haqida ketganda yuqoridagi sifatlarga man, woman, men, women qoshiladi:

an Englishman ingliz

an Englishwoman ingliz ayoli

two Englishmen ikkita ingliz

a Frenchman fransuz

a Frenchwoman fransuz ayoli

two Frenchmen ikkita fransuz

a Scotchman shotland

a Scotchwoman shotland ayoli

two Scotchmen ikkita shotland

a Dutchman golland

a Dutchwoman golland ayoli

two Dutchmen ikkita golland

Lekin: a Spaniard ispan, ispan ayoli;

two Spaniards ikkita ispan.




Yüklə 9,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   538




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin