RAVISH SHAKLLARI
1. Ravishlar shakliga ko‘ra ikki guruhga: sodda va yasama ravishlarga bo‘linadi.
Sodda ravishlar: here shu yerda, bu yerga, there u yerga, o‘sha yoqda, now hozir, endi, almost qariyb, deyarli, soon yaqinda, tez orada va boshqalar.
Yasama ravishlar guruhiga sifatga -ly qo‘simchasini qo‘shish bilan yasalgan ravishlar kiradi: easily osonlik bilan, quietly bemalol, slowly sekin, asta va boshq. Yana bir qator ravishlar boshqa so‘z turkumlaridan yasalgan: daily har kuni, kunlik, weekly haftalik, monthly oylik va boshqalar. Fast, long, far, little, much, early, daily kabi bir qancha ravishlar xuddi shu shakldagi sifatlardan farq qilmaydi. Shuning uchun ularni gapdagi bajargan sintaktik vazifasidan farqlash mumkin, ya’ni, sifat otni aniqlaydi, ravish esa fe’lni yoki boshqa bir ravishni aniqlaydi:
Dostları ilə paylaş: |