Maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litsey Nurmatov J. N, Kudratov K. X



Yüklə 9,06 Mb.
səhifə348/538
tarix11.01.2022
ölçüsü9,06 Mb.
#110939
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   538
to come back qaytib kelmoq (come kelmoq, back orqaga)

to go away ketmoq (go bormoq, away chetga)

to go down pastga tushmoq (go bormoq, down pastga)

Boshqa hollarda birikmaning ma’nosi uning tarkibidagi so‘zlar ma’nosiga to‘g‘ri kelmaydi:



to make out tushunmoq (to make qilmoq, out tashqarida)

to put out o‘chirmoq (to put qo‘ymoq, out tashqarida)

to give in yon bermoq, taslim bo‘lmoq (to give bermoq, in ichida)

Bu ravishlarni ko‘plarining shakli predloglar bilan mos kelganligi uchun ular predloglar bilan birga o‘rganiladi.


RAVISH DARAJALARI
1. Ko‘pgina ravishlarning, ayniqsa holat ravishlarining darajalari sifatlarning darajalariga o‘xshaydi.
2. Bir, ikki bo‘g‘inli sodda ravishlarning qiyosiy darajasi –er qo‘shimchasini qo‘shish bilan, orttirma darajasi esa -est qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi:


Oddiy daraja

fast tez


hard qattiq

late kech

soon tezda

early erta


Qiyosiy daraja

faster tezroq

harder qattiqroq

later kechroq

sooner tezroq

earlier ertaroq
Orttirma daraja

fastest eng tez

hardest eng qattiq

latest eng kech

soonest eng tez

earliest eng erta

3. Sifatga -ly qo‘shimchasi qo‘shib yasalgan ravishlarning qiyosiy darajasi uning oldiga more, orttirma darajasi esa oldiga most qo‘yish bilan yasaladi:


Oddiy daraja

Clearly aniq

Bravely jasurona

Correctly to‘g‘ri

Cautiously ehtiyotkor
Qiyosiy daraja

More clearly aniqroq

More bravely jasurroq

More correctly to‘g‘riroq

More cautiously ehtiyotkorroq
Orttirma daraja

Most clearly eng aniq

Most bravely eng jasurona

Most correctly eng to‘g‘ri

Most cautiously eng ehtiyotkor



4. Often tez-tez, quickly tez, slowly sekin ravishlarining darajalari har ikkala yo‘l bilan yasaladi:


Oddiy daraja

often


quickly

slowly


Qiyosiy daraja

oftener

more often

quicker

more quick
Orttirma daraja

slower

more slow

oftenest

most often

quickest

most quickly

slowest

most slowly



Quyidagi ravishlarning darajalari ular yasalgan sifatlarga o‘xshab qoidaga bo‘ysunmasdan yasaladi:
Oddiy daraja

well yaxshi

badly yomon

much ko‘p

little oz

far uzoq {


Qiyosiy daraja

better yaxshiroq

worse yomonroq

more ko‘proq

less ozroq

farther } further uzoqroq


Orttirma daraja

best eng yaxshi

worst eng yomon

most eng ko‘p

least eng oz

farthest } eng uzoq furthest


Orttirma darajadagi ravishdan keyin of predlogli birikma kelganda (yoki nazarda tutilganda) ravish the artikli bilan ham, artiklsiz ham ishlatilishi mumkin.

Of predlogli birikma bo‘lmasa, yoki (nazarda tutilmasa) orttirma darajadagi ravish artiklsiz ishlatiladi:

Which of the boys works (the) best (of all the boys)? Bolalarning qaysi biri hamma (bolalar) dan yaxshi ishlaydi?

I work best in the morning. Men ertalab yxshi ishlayman. Rahim came late, Olim came later and Karim came (the) latest (of all). Rahim kech keldi, Olim kechroq keldi, Karim esa hammadan kech keldi.

I come home latest on Mondays. Men uyga eng kech keladigan kunlarim dushanba kunlaridir.
RAVISHLARNING GAPDAGI O‘RNI
1. Gapdagi fe’l o‘timsiz bo‘lsa, holat ravishi fe’ldan keyin keladi:

He walked slowly. U sekin yurdi.

The sun shines brightly. Quyosh charaqlab nur sochadi.
2. Gapdagi fe’l o‘timli bo‘lsa, ravish fe’ldan oldin yoki fe’ldan keyin kelishi mumkin. U fe’l bilan to‘ldiruvchining o‘rtasida kelishi mumkin emas:
He answered the question calmly.

He calmly answered the question }U savolga bosiqlik bilan javob berdi.
He translated the article easily.

He easily translated the article. }U maqolani osongina (osonlik bilan) tarjima qildi.
Fe’ldan keyin infinitiv kelganda, ravish fe’ldan oldin ishlatiladi:

He flatly refused to answer the question. U savolga javob berishdan qat’iy bosh tortdi.
3. Noaniq zamon ravishlari — always, often, seldom, ever, never, just, already, yet, usually, generally, sometimes, still, soon, once va boshqalar fe’ldan oldin ishlatiladi:

He always comes early. U har doim erta keladi.

He often goes there. U u yoqqa tez-tez borib turadi.

I usually get up at seven o’clock. Men odatda soat yettida o‘rnimdan turaman.

I once went there with my brother. Men u yerga bir kuni akam bilan borgan edim.
Lekin yuqoridagi ravishlar to be fe’lidan keyin ishlatiladi:

He is always here at fi ve o’clock. U har doim soat beshda shu yerda bo‘ladi.

He is never late for the lectures. U hech qachon leksiyaga kech qolmaydi.
Gapda qo‘shma fe’l ishlatilgan bo‘lsa, yuqoridagi ravishlar yordamchi fe’l bilan asosiy fe’l o‘rtasida keladi:

I shall never forget it. Men buni hech qachon unutmayman.

He has just left. U hozirgina ketdi.
Agar gapda ikkita yordamchi fe’l bo‘lsa, ravish birinchi yordamchi fe’ldan keyin ishlatiladi:

He has just been asked to take part in that work. Undan hozirgina bu ishda qatnashishini so‘rashdi.
Noaniq zamon ravishlari modal fe’l bilan infi nitiv o‘rtasida keladi:

You must never get off the tram when it is moving. Siz hech qachon yurib ketayotgan tramvaydan tushmasligingiz kerak.

I can always prove it to be true. Men buning to‘g‘riligini har doim isbotlay olaman.
Agar fe’l have+ to + V shaklida ifodalangan bo‘lsa, yuqoridagi ravishlar havedan oldin ishlatiladi:

I often have to go there. Menga ko‘pincha u yerga borishimga to‘g‘ri keladi.

Agar fe’l used + to + V shaklida ifodalangan bo‘lsa, yuqoridagi ravishlar useddan oldin ishlatiladi:

You always used to agree. Siz har doim men bilan kelishar edingiz.


Yüklə 9,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   538




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin