Maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litsey Nurmatov J. N, Kudratov K. X



Yüklə 9,06 Mb.
səhifə349/538
tarix11.01.2022
ölçüsü9,06 Mb.
#110939
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   538
Yet ravishi hali ma’nosida not yuklamasidan keyin yoki fe’ldan keyin, agar to‘ldiruvchi bo‘lsa, to‘ldiruvchidan keyin ishlatiladi:

I have not yet read the letter.

I have not read the letter yet. } Men hali xatni o‘qiganim yo‘q.

Yet ravishi allaqachon ma’nosida gapning oxirida keladi:

Have you read the newspaper yet? Siz gazetani allaqachon o‘qidingizmi?

Sometimes ravishi gapning boshida, oxirida yoki fe’ldan oldin keladi:
I sometimes go there.

Sometimes I go there.

I go there sometimes. }Men ba’zan u yerga boraman.
Tomorrow, today, yesterday ravishlari gapning boshida yoki oxirida keladi:

Tomorrow I shall go there. Ertaga men u yerga boraman.

I have seen him today. Men uni bugun ko‘rdim.
Before oldin, ilgari, lately yaqinda, keyingi paytlarda va recently yaqinda,so‘nggi kunlarda ravishlari odatda gapning oxirida ishlatiladi:

I have seen this fi lm before. Men bu fi lmni oldin ko‘rganman.

I have not been there lately. Men keyingi paytlarda u yerda bo‘lgan emasman.
Agar gapning oxirida o‘rin ravishi bilan payt ravishi kelsa, o‘rin ravishi payt ravishidan oldin keladi:

I met him there yesterday. Men uni u yerda kecha ko‘rdim.
Sifatlarni va boshqa ravishlarni aniqlovchi ravishlar o‘zlari aniqlaydigan so‘zdan oldin keladi:

I’m very glad to see you. Men sizni ko‘rishdan juda xursandman.

He speaks English quite well. U inglizchani juda yaxshi gapiradi.
Enough yetarli ravishi o‘zi aniqlaydigan sifat, ravish yoki fe’ldan keyin keladi:

My coat is warm enough. Mening paltom yetarlicha issiq.

You know English well enough to read this book. Siz bu kitobni o‘qish uchun inglizchani yetarlicha yaxshi bilasiz.

He does not work enough. U yetarli ishlamaydi.

Izoh: Enough sifat bo‘lib kelib, otni ham aniqlashi mumkin, bunda enough otdan oldin keladi, ba‘zan otdan keyin ham keladi:

Don’t hurry, we have enough time (= time enough).Shoshilmang, bizning yetarli vaqtimiz bor.
Too, either ham, shuningdek ravishlari gapning oxirida keladi:

I shall be there too. Men ham u yerda bo‘laman.

I have not seen him either. Uni men ham ko‘rganim yo‘q.

Too juda ma’nosida kelganda, u o‘zi aniqlaydigan so‘zdan oldin keladi:

There are too many mistakes in your dictation. Sizning diktantingizda xatolar juda ko‘p.

Yüklə 9,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   538




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin