OT-KESIMLARGA MAXSUS SO‘ROQ GAPLAR TUZISH
1. Kesimi ot-kesim bo‘lgan gaplarning egasiga savol berganda, so‘ roq gaplar who yoki what olmoshlari bilan boshlanadi:
Who is a doctor? Kim shifokor?
What is broken? Nima siniq?
2. Savol egaga berilganda bog‘lovchi fe’l orqasidan kelayotgan ot bilan shaxs va sonda moslashadi:
Who is an engineer? Kim muhandis?
Who are engineers? Kimlar muhandis?
3. Ot-kesimning ot qismi otdan boshqa so‘zlardan yasalgan bo‘lsa, bog‘lovchi fe’l uchinchi shaxs birlikda keladi:
Who is ready? Kim tayyor?
What is broken? Nima siniq?
What is out of order? Nima buzuq?
4. Savol ot-kesimning ot qismiga berilgan bo‘lsa, o‘sha buyumning qanday xususiyatlarga ega ekanligi so‘raladi. Bunda bog‘lovchi fe’l o‘zi dan keyin keladigan ot yoki olmosh bilan shaxs va sonda moslashadi:
What is he? U kim?
What are they? Ular kim?
What is he (she, it) like? U kimga o‘xshaydi?
What are they like? Ular kimga o‘xshaydi?
What sort (kind) of man is he? U qanday kishi?
What sort (kind) of thing is it? U qanday narsa?
5. Ot-kesimga berilgan savollar va ularning javoblari:
What is your brother?Akangiz kim?
He is a doctor.U shifokor.
What is the price of this motor-car? Bu avtomobilning narxi qancha?
It is 5000 dollars. Besh ming dollar.
What is his brother like? Uning akasi qanday kishi?
His brother is a highly educated man and a well known composer. Uning akasi yaxshi bilimli kishi va mashhur kompozitor.
What kind of book is it? Bu qanday kitob?
It’s a text-book of English for beginners. Bu boshlovchilar uchun ingliz tili darsligi.
6. Ot-kesimga savol berilib kishining nasabi (ismi, sharifi ) yoki qarindoshligi so‘ralganda so‘roq gap who olmoshi bilan boshlanadi, kishining kasbi yoki mansabi so‘ralganda so‘roq gap what olmoshi bilan boshlanadi:
Dostları ilə paylaş: |