Maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litsey Nurmatov J. N, Kudratov K. X



Yüklə 9,06 Mb.
səhifə461/538
tarix11.01.2022
ölçüsü9,06 Mb.
#110939
1   ...   457   458   459   460   461   462   463   464   ...   538
influenza (flu) — gripp

scarlet fever qizilcha kasalligi, skarlatina

cholera — vabo

diabetes qand kasalligi

lumbago — bel og‘rig‘i

cancer — rak, saraton

diphtheria — difteriya, bo‘g‘ma

tuberculosis sil kasalligi

mumps — tepki

measles — qizamiq

a) kasalliklar nomlari ko‘p hollarda ma’lum kasallikning turini atash uchun ishlatilganligi sababli odatda ular artiklsiz qo‘llaniladi:

The doctor said he had pneumonia and told him to keep warm.

Doktor unga o‘pkasini shamollatganini hamda issiq kiyinishi lozimligini aytdi.

The boy Roger arrived home with measles. Rojer uyiga qizamiq bilan qaytdi.

He had a bad attack of lumbago. Uning beli qattiq og‘rib qoldi.

He had almost died of cholera. U vabodan o‘lishiga sal qoldi.

She was suffering from diabetes. U qand kasalligidan azob chekardi.

The boy had been ill for two days and his mother thought it was scarlet fever.

Bola ikki kun kasal bo‘ldi va onasi uni qizilcha bilan kasallangan deb o‘yladi.

She fell ill with flu. U gripp bilan og‘ridi.

b) ajratuvchi aniqlovchi bilan kelgan kasalliklar nomi oldida yoki ma’lum bir shaxsning boshidan kechirgan kasallik nomi oldidan aniq artikl ishlatilishi mumkin:

The family were sitting around watching TV, recovering from the flu.

Grippdan tuzalgan oila televizor ko‘rib o‘tirar edi.

After the diphtheria Jane felt very weak and depressed.

Bo‘g‘madan keyin Jeyn holdan toygan va ruhi tushgan edi.


2. Kasallik nomlari maxsus meditsina terminlari bilan emas, xalq tili bilan atalganda ular sanaladigan ham sanalmaydigan ham bo‘lishi mumkin:

He had a (bad, splitting) headache. Uning boshi (qattiq) og‘ridi.

He had a toothache. Uning tishi og‘ridi.

He had heart attack. Uning yuragi xuruj qildi.

I have a boile on my hand. Qo‘limdan chipqon chiqdi.

She had a bruise on her leg. Uning oyog‘i lat yedi.

The poor lad had a duodenal (gastric) ulcer.

Bechora yigitning o‘n ikki barmoq ichagi yara edi.

He had a sore throat. Uning tomog‘i og‘ridi.


Yüklə 9,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   457   458   459   460   461   462   463   464   ...   538




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin