Present Participle ni yasashda quyidagi imlo qoidalariga amal qilinadi:
a) agar fe’l o‘qilmaydigan e harfi bilan tugagan bo‘lsa, bu e harfi tushirib qoldiriladi va -ing qo‘shimchasi qo‘shiladi:
to make qilmoq making
to give bermoq giving
b) qisqa o‘qiluvchi unlidan keyin bitta undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli fe’llarga -ing qo‘shimchasini qo‘shganda bu undosh harf ikkilantiriladi:
to sit o‘tirmoq sitting
to get olmoq getting
c) undosh bilan tugagan ikki yoki undan ortiq bo‘g‘inli fe’lga –ing qo‘shimchasi qo‘shilganda, oxirgi bo‘g‘in urg‘uli bo‘lsa, oxirgi undosh ikkilanadi, oxirgi bo‘g‘in urg‘usiz bo‘lsa, oxirgi undosh ikkilanmaydi:
to permit ruxsat bermoq permitting
to refer -ga havola qilmoq referring
Lekin:
to open ochmoq opening
to order buyurmoq ordering
d) agar fe’l l harfi bilan tugagan bo‘lsa oxirgi bo‘g‘inga urg‘u tushish tushmasligidan qat’i nazar, oxirgi l harfi ikkilanadi:
to travel sayohat qilmoq travelling
to cancel bekor qilmoq cancelling
to compel majbur qilmoq compelling
AQSHda qabul qilingan imlo qoidalariga ko‘ra oxirgi bo‘g‘inga urg‘u tushsa, oxirgi l harfi ikkilanadi, urg‘u tushmasa ikkilanmaydi:
to compel compelling
to cancel canceling
to travel traveling
Quyidagilarga e’tibor bering:
to die o‘lmoq dying
to lie yotmoq; yolg‘on gapirmoq lying
to tie bog‘lamoq tying
2. To‘g‘ri fe’llarning Past Participle (P.P. — O‘tgan zamon sifatdoshi) shakli fe’lning asosiga –ed qo‘shimchasini qo‘shish yo‘li bilan yasaladi:
to ask so‘ramoq asked so‘ralgan
to order buyurmoq ordered buyurilgan
Noto‘g‘ri fe’llarning o‘tgan zamon sifatdoshi (P.P. – Past Participle) shakli fe’lning o‘zagida o‘zgarish bilan yasaladi:
to give bermoq given berilgan
to buy sotib olmoq bought sotib olingan
3. Perfect Participle Active (tugallangan sifatdoshning oddiy nisbati)
Dostları ilə paylaş: |