There is no telephone in this room. Bu xonada telefon yo‘q.
There was no water in the bottle. Shishada suv yo‘q edi.
There are no chairs in the room. Xonada stullar yo‘q.
No bilan yasalgan bo‘lishsiz gaplar ko‘proq ishlatiladi; bo‘lishsizlik ma’nosini kuchaytirish maqsadida not ishlatiladi.
7. Theredan keyin to be, can, must, may, ought to va boshqa modal fe’llar bilan ham kelishi mumkin:
There must be a dictionary on the shelf. Tokchada lug‘at bo‘lishi kerak.
There ought to be more books on this subject in our library. Kutubxonamizda bu sohada ko‘p roq kitoblar bo‘lishi kerak.
There can be no doubt about it. Bunga shubha bo‘lishi mumkin emas.
8. There dan keyin to be ma’nosida kelgan to live yashamoq, to exist mavjud bo‘lmoq, to stand turmoq, to lie yotmoq fe’llari ham kelishi mumkin:
There lived an old doctor in the village. Qishloqda qari bir doktor yashar edi.
There exist different opinions on this question. Bu masalada turli fikrlar mavjud.
IT SOXTA EGASI
O‘zbek tilida Qish. Sovuq. kabi shaxsi noma’lum gaplar bor. Ingliz tilida bunday gaplarga soxta egali gaplar to‘g‘ri keladi. Ingliz tilida gapda ega bo‘lishi shart bo‘lganligi uchun, o‘zbek tilidagi shaxsi noma’lum gaplar uchun soxta it egasi olinadi. It olmoshi quyidagi hollarda soxta ega bo‘lib keladi:
1. Tabiat ko‘rinishlarini tasvirlaganda:
Dostları ilə paylaş: |