As short (simple, interesting) as possible iboralari o‘zbek tiliga imkoni boricha qisqaroq (soddaroq, qiziqroq) deb tarjima qilinadi:
The letter must be as short as possible. Xat iloji (imkoni) boricha qisqaroq bo‘lishi kerak.
OTLARNING SIFATGA O‘XSHAB ISHLATILISHI
1. Ingliz tilida ko‘pgina otlar sifat vazifasida ishlatilib boshqa otlarning oldidan kelishi mumkin: a wool coat, a gold watch, a history teacher.
2. Yuqoridagi misollarda birinchi ot sifatlarga o‘xshab orqasidan kelayotgan otni tasvirlab kelayapti.
3. Sifat vazifasida kelgan otlar ko‘plikdagi otni tasvirlasa ham har doim birlikda ishlatiladi. Sifat vazifasida kelgan ot bilan uning oldidan kelgan son orasida doimo chiziqcha qo‘yiladi:
We took a five-week tour. Biz besh haftali sayohatda bo‘ldik.
He has a two-year subscription to that magazine. U o‘sha jurnalga ikki yillik obuna bo‘lgan.
That student wrote a ten-page report. O‘sha talaba o‘n betli ma’ruza yozdi.
These are twenty-dollar shoes. Bular yigirma dollarli tuflilar.
Dostları ilə paylaş: |