Maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litsey Nurmatov J. N, Kudratov K. X


MUQOBIL SO‘ROQ GAPLAR (ALTERNATIVE QUESTIONS)



Yüklə 9,06 Mb.
səhifə43/538
tarix11.01.2022
ölçüsü9,06 Mb.
#110939
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   538
MUQOBIL SO‘ROQ GAPLAR (ALTERNATIVE QUESTIONS)
1. Muqobil so‘roq gaplar or bog‘lovchisi bilan bog‘langan ikkita umumiy soroq gapdan iborat bo‘ladi. Odatda ikkinchi so‘roq gap to‘liq bo‘lmaydi:

Did you spend your leave in the Crimea or (did you spend it) in the Caucasus?

Siz ta‘tilingizni Qrimda o‘tkazdingizmi yoki Kavkazda?

Do you like tea or (do you like) coffee?

Siz choyni yoqtirasizmi yoki kofeni?

Is he resting or (is he) working? U dam olayaptimi yoki ishlayaptimi?


2. Muqobil so‘roq gaplarga to‘liq javob beriladi:

Did you spend your leave in the Crimea or in the Caucasus?

— I spent it in the Caucasus.

Do you like tea or coffee? — I like tea.

Is he resting or working? — He is resting.
3. Muqobil so‘roq gap egaga berilgan bo‘lsa, ikkinchi egadan oldin doim yordamchi fe’l yoki modal fe’l keladi. Bunday so‘roq gaplarga har qanday egaga berilgan so‘roq gaplarga o‘xshab, qisqa javob beriladi:

Did you speak to them, or did the manager?

Ular bilan siz gaplashdingizmi yoki menejer?

— The manager did.

— Menejer.

Will you go there, or will your brother?

U yerga siz borasizmi yoki akangiz?

— My brother will.

— Akam.
4. Muqobil so‘roq gaplar so‘roq so‘zlar bilan ham boshlanishi mumkin. Bunday so‘roq gaplar maxsus so‘roq gap va ikkita uyushuq bo‘lakdan iborat bo‘ladi:

Where did you spend your leave: in the Crimea or in the Caucasus?

Ta’tilingizni qayerda o‘tkazdingiz: Qrimdami yoki Kavkazda?

Which do you like: tea or coffee? Qaysini yoqtirasiz: choynimi yoki kofeni?

Which is he doing: resting or working? U nima qilayapti: dam olayaptimi yoki ishlayaptimi?


Yüklə 9,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   538




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin