BUYRUQ GAPLARNI O‘ZLASHTIRMA GAPLARGA AYLANTIRISH
Ko‘chirma buyruq gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirganda quyidagi o‘zgartirishlar qilinadi:
1. Agar ko‘chirma gap buyruq qap bo‘lsa, bosh gapdagi say fe’li tell buyurmoq, aytmoq yoki order buyurmoq fe’li bilan almashtiriladi. Agar buyruq gap iltimosni ifodalasa, say fe’li ask fe’li bilan almashtiriladi.
2. Ko‘chirma gapdagi buyruq maylidagi fe’l o‘zlashtirma gapda to yuklamasi bilan keluvchi infi nitiv bilan almashtiriladi. Bo‘lishsiz shaklini yasash uchun infi nitivning oldiga not inkor yuklamasini qo‘yamiz.
3. Kishilik, egalik va ko‘rsatish olmoshlari mazmunga qarab almashtiriladi:
She said to Tom, «Come at five o’clock». U Tomga dedi: «Soat beshda keling».
She told Tom to come at five o’clock. U Tomga soat beshda kelishni aytdi.
I said to Ann, «Please bring me a glass of water». Men Annga dedim: «Iltimos, menga bir stakan suv olib keling».
I asked Ann to bring me a glass of water. Men Anndan menga bir stakan suv olib kelishni iltimos qildim.
He said to me, «Don’t go there». U menga dedi: «U yerga bormang».
He ordeded me not to go there. U menga u yerga bormaslikni buyurdi
Dostları ilə paylaş: |