UNIT 57
THE INFINITIVE (INFINITIV)
Infinitiv fe’lning shaxsi noma’lum shakli bo‘lib, harakatning nomini bildiradi; shaxsini ham, sonini ham ko‘rsatmaydi. Infinitivning ko‘rsatkichi tarjima qilinmaydigan va urg‘u olmaydigan to yuklamasidir. Infinitive otning ko‘pgina xususiyatlarini saqlab qolgan va otga o‘xshab gapda quyidagi vazifalarda keladi:
1. Ega bo‘lib keladi:
To skate is pleasant. Yaxmalak uchish yoqimli.
2. Ot-kesim tarkibida keladi:
Your duty was to inform me about it immediately.
Bu haqda menga zudlik bilan xabar qilish sizning burchingiz edi.
3. Fe’l kesim tarkibida keladi:
She began to translate the article. U maqolani tarjima qila boshladi.
4. To‘ldiruvchi bo‘lib keladi:
I asked him to help me. Men undan menga yordam berishini so‘radim.
5. Aniqlovchi bo‘lib keladi:
He expressed a desire to help me. U menga yordam berish istagini bildirdi.
6. Hol bo‘lib keladi:
I went to the station to see off a friend.
Men bir do‘stimni kuzatgani stansiyaga bordim.
Infinitivning fe’llik xususiyatlari quyidagilarda ko‘rinadi:
1. Infinitiv o‘zidan keyin vositasiz to‘ldiruvchi olishi mumkin: I told him to post the letter. Men unga xatni jo‘natishni aytdim.
2. Infinitiv ravish bilan aniqlanishi mumkin: I asked him to speak slowly. Men undan sekin gapirishni so‘radim.
3. Infi nitivning zamon va nisbat shakllari mavjud.
Ingliz tilida o‘timli fe’llarning oddiy nisbatda to‘rtta shakli va majhul nisbatda ikkita shakli mavjud:
Dostları ilə paylaş: |