79
Kichkintoylarning buyuk shoiri Quddus Muhammadiy 1907 yilda, Toshkent
shahrida mehnatkash dehqon oilasida dunyoga keldi. Boʻlajak
shoirning otasi
Muhammad Alibek Abdurahmonbekov savodli kishi edi. U dastlabki maʼlumotni
otasidan oldi.
1925 yilda otasi vafot etgach, Quddus Muhammadiy avval amakisinikida, soʻngra
esa maktab-internatda tarbiya oladi. Internatda Q. Muhammadiyning birinchi sheʼri
– “Chuvalachi” maydonga keladi va bu yerda chiqadigan “Quyosh” nomli devoriy
gazetada eʼlon qilinadi.
Shu ilk mashqlaridayoq boʻlajak shoirning nafosat olamini kuzatish va badiiy
idrok etish isteʼdodi hamda umumlashtirish mahorati yaqqol koʻrinadi.
U yetti yillik maktabni muvaffaqiyatli tamomlab, Toshkent qishloq xoʻjalik
texnikumiga oʻqishga kiradi. Bu yerda u bolalar uchun sheʼrlar yoza boshlaydi.
Uning “Tong oʻyini”, “Paranji”, “Ahmad va asalari”, “Seleksiya stansiyasi” nomli
sheʼrlari vaqtli matbuotda bosilib chiqadi.
1931 yildan Q. Muhammadiy maktabda botanika oʻqituvchisi boʻlib ishladi, shu
bilan birga Oʻrta Osiyo davlat universitetining biologiya fakultetida oʻqiy boshladi.
Bolalar uyidagi
va universitetdagi hayot, mehribon murabbiy va muallimlarning
gʻamxoʻrliklari Q. Muhammadiy qalbida bir umr oʻchmas iz qoldiradi. Bu yerdagi
oʻzaro doʻstlik boʻlajak shoir qalbini togʻdek koʻtarib yuboradi.
Quddus Muhammadiy Oybek, H. Olimjon, Gʻ. Gʻulomlarni oʻzi uchun ustoz deb
bilgan, ulardan oʻrgangan, ular bilan doimo ijodiy muloqotda boʻlgan. Ilk
sheʼrlaridan biri “Tong oʻyini” orqali ulkan adib Oybek bilan tanishadi. Oybek bu
isteʼdodli bolalar shoirini hamisha qoʻllab-quvvatlab, ijodiga gʻamxoʻrlik qilib
kelgan.
Bir kuni yozuvchilar uyushmasida mushoira boʻladi. Mushoiraga raislik qilayotgan
Hamid Olimjon sheʼr oʻqish navbatini Quddus Muhammadiyga beradi. Q.
Muhammadiy zavq bilan “Saʼva sayrarkan” sheʼrini oʻqiydi.
Uning ijodiy
qobiliyatini payqagan H. Olimjon sheʼr tugashi bilan yoniga chaqirtiradi.
Qachondan beri sheʼr yozishini, qayerda ishlashini surishtirib, sheʼr maʼqul
tushganini aytadi. Soʻng bolalar uchun sheʼrlarning kamligi haqida toʻxtalib,
shunday ajoyib sheʼrlarni koʻproq yozishni taʼkidlaydi.
80
Quddus Muhammadiy ijodiga xos boʻlgan
muhim xususiyatlardan biri
hozirjavoblikdir. Shoir asarlarida ona-Vatanga muhabbat, aʼlo oʻqish, xulq-odobda
boshqalarga namuna boʻlishga daʼvat etish, fan va texnikani oʻrganish masalalari
asosiy mavzulardan hisoblanadi.
Ikkinchi jahon urushi davrida Quddus Muhammadiy Islom Shoirga adabiy kotiblik
qiladi. Bu yerda u xalq ogʻzaki ijodi namunalari bilan yaqindan tanishadi. Islom
Shoirdan koʻp narsalarni oʻrganadi.
Shoirning birinchi sheʼrlar toʻplami 1946 yilda “Oʻquvchiga esdalik” nomi bilan
bosilib chiqadi. Shundan keyin uning 60 dan ziyodroq
turli nom va tillardagi
kitoblari chop etiladi.
Quddus Muhammadiy doimo zarur mavzularda asarlar yaratib keldi. Har bir
sheʼrni kundalik hayotimizdan olib yozdi. Yozganda ham qiziq yozdi, qizgʻin
yozdi, soz yozdi. Bolalarni oʻqishga, hunar oʻrganishga, odobli boʻlishga,
mehnatga
chorlaydi, qiziqtirdi. Buni shoirning “Oʻquvchiga esdalik” sheʼrida
koʻrish mumkin. Asarda maktab oʻquvchisining maʼnaviy qiyofasi va vazifalariga
mufassal toʻxtalib, oʻqish, bilim oʻrganish zarurligini taʼkidlaydi:
Dostları ilə paylaş: