Mazkur majmua Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/33
tarix02.06.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#127710
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Badiiy matn tahlili МАЖМУА

Abdulla Qahhor. Oʻgʻri (hikoya) 
Otning oʻlimi itning bayrami. 
Maqol . 1936y 


56 
Kampir tong qorongʻisida xamir qilgani turib hoʻkizidan xabar oldi. 
O!.. Hoʻkiz yoʻq, ogʻil koʻcha tomondan teshilgan… Dehqonning uyi kuysa 
kuysin, hoʻkizi yoʻqolmasin. Bir qop somon, oʻn-oʻn beshta xoda, bir arava 
qamish–uy, hoʻkiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qoʻyish 
kerak boʻladi. 
Odamlar dod ovoziga oʻrganib qolgan: birovni eri uradi, birovning uyi xatga 
tushadi… Ammo kampirning dodiga odam tez toʻplandi. Qobil bobo yalang 
bosh, yalang oyoq, yaktakchan ogʻil eshigi yonida turib dagʻ-dagʻ titraydi, 
tizzalari bukilib-bukilib ketadi; koʻzlari javdiraydi, hammaga qaraydi, ammo hech 
kimni koʻrmaydi. Xotinlar oʻgʻrini qargʻaydi, it huradi, tovuqlar qaqagʻlaydi. 
Kimdir shunday kichkina teshikdan hoʻkiz sigʻishiga aql ishonmasligi toʻgʻrisida 
kishilarga gap maʼqullaydi. 
Qobil boboning qoʻshnisi – burunsiz ellikboshi kirdi. U ogʻilga kirib teshikni
hoʻkiz bogʻlangan ustunni diqqat bilan koʻzdan kechirdi; negadir ustunni 
qimirlatib ham koʻrdi, soʻngra Qobil boboni chaqirdi va past tovush bilan dedi: 
– Hoʻkizing hech qayoqqa ketmaydi, topiladi! 
Uning ogʻilga kirib qilgan taftishi Qobil boboga bir umid bagʻishlagan edi, bu 
soʻzi haddan ziyod sevintirdi. Chol yigʻlab yubordi. 
– Xudo xayr bersin… Ola hoʻkiz edi… 
Odamlar, oʻgʻri devorni qachon va qanday asbob bilan teshgani, hoʻkizni qaysi 
tomonga olib ketgani, uni qaysi bozorda sotishi mumkin ekanligi toʻgʻrisida 
bahslasha-bahslasha tarqaldi. Gʻovur bosildi. Qobil boboning kampiri yigʻidan 
toʻxtab, ellikboshini duo qila ketdi. 
Ellikboshi oʻgʻri teshgan yerni yana bir koʻrdi. Qobil bobo qoʻl qovushtirib uning 
ketidan yurar va yigʻlar edi. 
– Yigʻlama, yigʻlama deyman! Hoʻkizing oq poshsho qoʻl ostidan chiqib 
ketmagan boʻlsa, topiladi. 
Ellikboshi hoʻkizni juda naqd qilib qoʻydi – goʻyo u koʻchaga chiqsa bas – hoʻkiz 
topiladi. Bu “xudo yallaqagur” shunchalik qilgandan keyin bir nima berish lozim-
da. Tekinga mushuk oftobga chiqmaydi. Bu odam ellikboshi boʻlish uchun 


57 
ozmuncha pul sochganmi? Mingboshining bir oʻziga yetti yuz bogʻ beda, bir toy 
bergani maʼlum. Poshsholikdan oylik yemasa! Qobil bobo hamyonini qoqishtirib, 
borini ellikboshiga berdi, yana qancha duo qildi. Ellikboshi betoʻxtov aminga 
xabar qilmoqchi boʻlib chiqib ketdi. 
Kechqurun Qobil bobo aminning oldiga boradigan boʻldi. Quruq qoshiq ogʻiz 
yirtadi, aminga qancha pul olib borsa boʻladi? Berganga bitta ham koʻp, olganga 
oʻnta ham oz. Chol-kampir kengashib shunday qarorga kelishdi: bu chiqim oxirgi 
va hoʻkizni boʻynidan bogʻlab beradigan chiqim, shuning uchun pulning yuziga 
qarash aqldan emas. 
Qobil bobo roʻpara boʻlganda amin ogʻzini ochmasdan qattiq kekirdi, keyin 
bagʻbaqasini osiltirib kuldi. 
– Ha, sigir, yoʻqoldimi? 
– Yoʻq… sigir emas, hoʻkiz, ola hoʻkiz edi. 
– Hoʻkizmi?.. Hoʻkiz ekan-da! Himm… Ola hoʻkiz? Tavba!.. 
– Bori-yoʻgʻim shu bitta hoʻkiz edi… 
Amin chinchalogʻini ikkinchi boʻgʻinigacha burniga tiqib kuldi. 
– Yoʻqolmasdan ilgari bormidi? Qandaqa hoʻkiz edi? 
– Ola hoʻkiz… 
– Yaxshi hoʻkizmidi yo yomon hoʻkizmidi? 
– Qoʻsh mahali… 
– Yaxshi hoʻkiz birov yetaklasa keta beradimi? 
– Bisotimda hech narsa yoʻq… 
– Oʻzi qaytib kelmasmikin?.. Birov olib ketsa qaytib kela ber, deb qoʻyilmagan 
ekan-da! Nega yigʻlanadi? A? Yigʻlanmasin! 


58 
Qobil bobo yerga qarab tek qoldi. 
– Qidirtirsakmikin-a? –dedi amin chinchalogʻini etigining ostiga artib, – 
suyunchisi nima boʻladi? Suyunchidan chashna olib kelinmadimi? 
Aminning bu gapi Qobil boboga “Ma, hoʻkizing” deganday boʻlib ketdi. 
– Kam boʻlmang, – dedi pulni uzatib, – yana xizmatingizdaman. 
– Men betoʻxtov pristavga xabar beraman. Oʻzi chaqirtiradi. Bir hafta oʻtdi. Bu 
bir hafta ichida kampir “duoning zoʻri bilan qulf ochadigan” azayimxonga 
obdastagardon qildirgani qatnab yarim qop jiyda, uch yelpish tovoq joʻxori, ikki 
kalava ip eltdi, ammo ish chiqmadi. Sakkizinchi kuni Qobil bobo yana aminning 
oldiga bordi. Aminning tepa sochi tikka boʻddi: 
– Ha, hoʻkizni uylariga eltib berilsinmi?! Axir, borilsin, arz qilinsin-da! 
Fuqaroning arzga borishi arbobning izzati boʻladi! 
Qobil bobo yor-doʻstlari bilan kengashdi – pristavga puldan boshqa nima olib 
borsa boʻladi? Maʼlum boʻldiki, uni begim deguncha kishining beli sinar ekan. 
Uchta tovuq, garchi biri kurk boʻlsa ham, Qobil boboning oʻzidan chiqdi. Yuzta 
tuxumni qoʻni-qoʻshni, yor-birodarlar oʻzaro yigʻib berdi. Ammo bu tortiq bilan 
tilmochdan nari oʻtib boʻlmadi. Tilmoch tortiqni oldi va betoʻxtov pristavga 
yaxshilab tushuntirishni vaʼda qildi. Cholning butun boʻgʻinlari boʻshashib ketdi, 
keyin tutoqishdi, ammo goʻrda bir narsa deya oladimi! “Oʻynashmagil arbob bilan 
– seni urar har bob bilan”. “Yaxshilab tushuntirilgan” pristav bitta kulangir, bitta 
farangi tovuq, uch soʻm pulni olganidan keyin, Qobil boboning baxtiga, “betoʻxtov 
hokimga xabar beraman” demasdan, “aminga bor”, deb qoʻya qoldi. Amin 
“ellikboshiga borilsin”, dedi. 
– Gumoningizni ayting boʻlmasa! – dedi ellikboshi tajang boʻlib, – kim olganini 
men bilmasam, avliyo boʻlmasam! Olgan odam allaqachon soʻyib saranjomladi-
da! Uzoq demasangiz, erinmasangiz koʻnchilikka borib terilarni bir qarab chiqing. 
Ammo terisi koʻnchilikka tushgan boʻlsa, allaqachon charm boʻldi; xudo biladi
kavush boʻlib bozorga chiqdimi… 
– Endi bizga juda qiyin boʻldi-da. Peshonam shoʻr boʻlmasa… – dedi chol yerga 
qarab. 


59 
– Ey, yosh bolamisiz! Nega yigʻlaysiz? Kap-katta odam… Bitta hoʻkiz boʻlsa bir 
gap boʻlar, xudo ajalga toʻzim bersin! Men qaynag’amga aytayin, sizga bitta 
hoʻkiz bersin. Bitta hoʻkiz odamning xunimi? 
Ertasiga ellikboshi Qobil boboni boshlab qaynatasi– Egamberdi paxtafurushning 
oldiga olib bordi. Paxtafurush cholning holiga koʻp achindi va yerini haydab olgani 
bitta emas, ikkita hoʻkiz berdi, lekin “kichkinagina” sharti bor. Bu shart kuzda 
maʼlum boʻladi… 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin