Mazvu: Iqtisodiy o’sishni o’lchash va modellashtirish muamollari



Yüklə 102,87 Kb.
səhifə4/12
tarix26.11.2023
ölçüsü102,87 Kb.
#136128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Iqtisodiy o\'sish 2

. Iqtisodiy o’sishning omillari
Iqtisodiy o’sishga erishish nima hisobidan hosil bo’lishini unga ta‘sir etuvchi omillar keltirib chiqarishini bilmoq lozim. Bu omillarni ikki guruhga ajratiladi. Birinchi guruh omillari taklif omillari deb aytiladi va iqtisodiy o’sishni belgilab beradi:
a) tabiiy resursning miqdori va sifati;
b) ishchi kuchi resurslar miqdori va sifati;
v) asosiy kapital (asosiy fondlar)ning hajmi;
g) texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti ma‘lumki, Yalpi milliy (ichki) mahsulot ishchi kuchi, kapital va tabiy resurslar sarflarining funktsiyasi hisoblanadi, ya‘ni:
U=F (L,K,N) (2)
Bu yerda: U - Yalpi milliy (ichki) mahsulot; L – ishchi kuchi sarflari; K - kapital sarflari; N - tabiiy resurslar sarflari.
Bu funktsional bog’lanishdan kelib chiqqan holda iqtisodiy o’sishni belgilab beruvchi bir qator xususiy ko’rsatkichlarni keltirib chiqarish mumkin:
Mehnat unimdorligini (U/L) - mahsulot ishlab chiqarish hajmining jonli mehnat sarflariga nisbati;
MO’= (3).
Mehnat sig’imi (L/U) - jonli mehnat sarflarining mahsuloti ishlab chiqarish hajmiga nisbati;
MS=(4).
Kapital samaradorligini (U/K) - maxsulot ishlab chiqarish hajmining unga sarflangan kapital xarajatlariga nisbati;
KS=(5).
Kapital sig’imi (K/U) – kapital xarajatlarining mahsuloti ishlab chiqarish hajmiga nisbati;
KS= (6).
Tabiiy resurslar samaradorligini (U/N)- mahsulot ishlab chiqarish hajmining unga sarflangan tabiiy resurslar xarajatlarini nisbati;
TRS= (7).
Mahsulotning resurslar sig’imi (N/U) - tabiiy resurslar sarfining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati.
MRS= (8).
Ishchi kuchining kapital bilan qurollanganlik darajasi (K/L)- ishlab chiqarish jarayonida qullanilayotgan kapital hajmining ish kuchi miqdoriga nisbati;
IKKQ = (9).
Yuqoridagi ko’rib o’tilgan iqtisodiy o’sishga qo’llaniladigan omillar ko’rsatqichlardan tashqari yana keyingi qo’shilgan ishlab chiqarish omillari unumdorligi ko’rsatqichlari ham qo’llaniladi. Bu ko’rsatgichlar, boshqa omillar sarfi o’zgarmagani holda, har bir alohida omil sarfining qo’shimcha o’sishi ta‘sirida mahsulot ishlab chiqarish hajmining qo’shimcha o’sishi hajmini belgilab beradi:
1. Keyingan qo’shilgan mehnat unimdorligi ;
2. Keyingi qo’shilgan kapital unimdorligi
3. Keyingi qo’shilgan tabiy resurslar unimdorligi;
Bu ko’rsatqichlar yalpi mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmining o’sishida har bir omilning hissasini namoyon etadi. Bu o’sish qo’yidagiyig’indi bilan aniqlanadi:
U=L+K+ N.(10)
Iqtisodiy o’sishga taqsimlash omillari ham ta‘sir qiladi. Resurslarning o’sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zarur bo’ladi. Real mahsulot ikki asosiy usulda ko’paytirilishi mumkin:

Yüklə 102,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin