Statistik ko’rsatkichlarning turlari va ularni tasniflash
Statistika o’rganadigan ommaviy hodisa va jarayonlar rang-barangligi bilan ajralib turadi. Ularning belgilari ham turli-tumandir. Shuning uchun son-sanoqsiz statistik ko’rsatkichlar mavjud, ularning turlari ham ko’p. O’z-o’zidan ravshanki, ularni birma-bir qarab chiqib bo’lmaydi. Shu sababli statistik ko’rsatkichlarni umumlashtirish, ma’lum tartibga solish, muhim tomonlariga qarab tasniflash zaruriyati tug’iladi. 3.2-tarhda bunday tasniflash keltirilgan.
Mutloq va nisbiy ko’rsatkichlar
Mutloq ko’rsatkichlar o’rganilayotgan hodisalar va ularning belgilarini bir xilligini, monandligini, o’xshashligini ifodalaydi. Ular hodisalar va ularning belgilarining ko’lami, soni, hajmi, darajasi makon va zamonda taqsimlanish shaklida namoyon bo’ladi. Mutloq miqdorlar hodisalar to’plami yoki bir butun qismini ta’riflashiga qarab makro va mikro ko’rsatkichlarga, olish usuliga asosan oqim va zahiraviy ko’rsatkichlarga bo’linadi. Oqim ko’rsatkichlari ma’lum davr davomida sodir bo’lgan hodisalarning absolyut miqdorini ta’riflaydi, zahiraviy ko’rsatkichlar esa ularning muayyan holatini, ayni fursatda mavjud bo’lgan miqdorini aniqlaydi.
Absolyut miqdorlar natura va shartli natura birliklarida va pulda ifodalanadi.
Mutloq miqdorlar o’rganilayotgan voqyelik qanday tezlikda rivojlanayotganligini, uning takrorlanish intensivligini aniqlamaydi. Buning uchun nisbiy miqdorlar qo’llanadi. Ular qiyosiy tahlilni chuqurlashtirish va tafakkurimizni boyitish uchun xizmat qiladi. Taqqoslash statistik ko’rsatkichlarni shakllantirishning muhim usulidir. U solishtirilayotgan hodisalar va belgilarning o’xshashlik tomonlari va farqlarini aniqlash imkonini beradi. Taqqoslashning turli yo’llari va shakllari mavjud .3-tarh.
Статистик та==ослаш турлари
Ми=дорлар орасидаги фар=ларни ани=лаш
Ми=дорлар нисбатини ани=лаш
Динамикада та==ослаш
Фазода та==ослаш
3-тарщ. Статистик та==ослаш турлари.
Норматив(режа, шартнома) билан та==ослаш
Тыплам ички =исмларини ызаро та==ослаш
Тыплам билан унинг тузилмаларини та==ослаш
Объект белгиларини та==ослаш
Ызаро бо\ланган кырсаткичларни та==ослаш
Taqqoslash turli ko’rsatkichlarni ayirma yoki bo’lish yo’li bilan o’zaro solishtirishdir
Demak, statistik taqqoslashlar turli miqdorlarni (ko’rsatkichlarni) bir-biri bilan ayirma yoki nisbat shaklida solishtirishni bildiradi, ya’ni:
q K1 - K0 (3.1)
Tq K1 / K0 (3.2)
Bu yerda K1 - taqqoslanuvchi ko’rsatkich, K0-taqqoslovchi ko’rsatkich ayirish natijasida olingan yangi ko’rsatkich, T-bo’lish natijasida olingan yangi ko’rsatkich.
Ayirmalar shaklidagi (3.1) taqqoslash natijasi () nomli ko’rsatkich bo’lib, u o’rganilayotgan hodisa miqdorlari o’lchov birligida ifodalanadi. U bir hodisa ikkinchisiga nisbatan mutloq o’lchamda qanchaga katta-kichikligini belgilaydi. Nisbiy (3.2) taqqoslash natijasi (T) nomsiz (abstrakt mavhum) ko’rsatkich bo’lib, hodisanig sifat mohiyatini nazardan soqit qiladi. U jarayon tezligini, intensivligini aks ettiradi. Bunday tartibdagi (3.2) taqqoslash natijalari nisbiy statistik ko’rsatkichlar deb ataladi. Bu holda taqqoslanuvchi (bo’linuvchi) ko’rsatkich (K1) joriy miqdor, taqqoslovchi (bo’luvchi) ko’rsatkich (K0) esa zaminiy miqdor deb nomlanadi.
Nisbiy ko’rsatkichlar har xil shakllarda ifodalanadi.
Nisbiy ko’rsatkichlarni turli tartibda taqqoslash yo’li bilan olish mumkin.
Birinchi tartibli taqqoslashlarda bevosita hodisalar, ularning belgi qiymatlari taqqoslangan bo’lsa, ikkinchi tartibli statistik taqqoslashlar birinchi tartibli taqqoslash natijalariga asoslanadi, ya’ni bu holda ular bir-biri bilan solishtiriladi. Ikkinchi tartibli taqqoslashlar natijasida vujudga keladigan nisbiy ko’rsatkichlar ommaviy hodisa rivojlanish jarayonlarining yangi qirralarini ochish, tahlilni chuqurlashtirib voqyelikning ich-ichidagi munosobatlarni o’rganish uchun xizmat qiladi. Ikkilamchi tartibli taqqoslashlar quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Tu q ui+1 / yi T q (ui+1 - yi) / (ui - yi-1) (3.3)
Ti q Ti+1 / Ti q (Ti+1 / Ti) / (Ti / Ti-1) (3.4)
Tu/T q (ui+1 - yi) / (ui - yi-1) / ui / yi-1 (3.5)
Kc q (Ei - Ei-1) / (Ri - Ri-1) (3.6)
Kf q (Ei / Ri) / (Ei-1 / Ri-1) (3.7)
Ke q (Ei - Ei-1) / (Ri - Ri-1): (Ei - Ri-1) (3.8)
Bu yerda ui - joriy davr ko’rsatkichi.
Ui-1 - oldingi davr ko’rsatkichi.
ui+1 - keyingi davr ko’rsatkichi.
Ei va Ei-1 - joriy va o’tgan davrda olingan iqtisodiy effekt (samara, natija).
Ri va Ri-1 - tegishli davrlarda ishlatilgan resurslar.
- o’zgarish alomati.
(3.3), (3.4) va (3.5) shakllaridagi taqqoslashlar natijasida rivojlanish tezligining jadallashish suratlari deb ataluvchi nisbiy ko’rsatkichlar olinadi.
(3.6), (3.7) va (3.8) ko’rinishidagi taqqoslashlar o’rganilayotgan hodisalar o’rtasida sabab-oqibat bog’lanishlar mavjudligini tahlil qilishda qo’llanadi. Jumladan, bozor taraqqiyotini iqtisodiy tahlil qilishda ishlatiladigan chegaraviy moyillik ko’rsatkichlari (3.6) tipidagi taqqoslashga asoslanadi. Masalan, iste’mol qilish yoki jamg’arish uchun chegaraviy moyillik koeffitsientlari quyidagicha hisoblanadi:
Ks q S / GDP q (Ci - Ci-1) / (GDPi - GDPi-1)
Ki q I / GDP q (Ii - Ii-1) / (GDPi - GDPi-1)
Bu yerda Ks va Ki iste’molga va jamg’arishga chegaraviy moyillik ko’rsatkichlari;
Ci va Ci-1 - joriy va o’tgan davrdagi pirovard iste’mol uchun ishlatilgan tovar va xizmatlar hajmi;
Ii va Ii-1 - tegishli davrlarda real aktivlarni jamg’arish uchun investitsiyalar;
GDPi va GDPi-1 - tegishli davrlarda yaratilgan yalpi ichki mahsulot;
- o’zgarishni ifodalovchi belgi.
Masalan, 1999 yil O’zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2048,4 mlrd. so’m, shu jumladan pirovard iste’mol fondi 1725,5 mlrd. so’m va jamg’arma fondi - 313,0 mlrd so’mni tashqil etgan, 1998 yilda esa bu ko’rsatkichlar tegishli tartibda 1416,2 mlrd so’m,. Shu jumladan 1182,9 mlrd so’m va 109,4 mlrd so’m bo’lgan, bundan:
Ks q (1725,5 - 1182,9) / (2048,4 - 1416,2) q 542,6/632,2 q 0,86.
KI q (313,0 - 209,4) / (2048,4 - 1416,2) q 3,6/632,2 q 0,06
Makroiqtisodiy va moliyaviy koeffitsientlar bozor iqtisodiyoti rivojlanishini tahlil qilishda muhim qurol hisoblanadi. Ular (3,7) tipidagi taqqoslashga asoslanadi. Va nihoyat, bozor iqtisodiyoti hodislari o’rtasidagi sabab-oqibat munosobatlarni tahlil qilishda elastiklik ko’rsatkichlari muhim rol o’ynaydi. Ularning zaminida (3,8) tipidagi taqqoslashlar yotadi.
Dostları ilə paylaş: |