Запрос (Surov)lar tashkil qilish
MB ga kirish uchun «Surov» dan foydalaniladi. Bu jarayon MB oynasining Запрос (Surov) bo’limida yaratish tugmasini bosish bilan boshlanadi va ekranda quyidagi mulokot oynasi paydo bo’ladi. MB ga kirish uchun Запрос tuzishning bir kator usullarini taqlif kilinadi:
Конструктор - mustaqil ravishda yangi surovlar tuzish.
Простой запрос (oddiy surov) - mavjud aniq maydonlarni tanlab olish yuli bilan surovlar tuzish.
Перекрестный запрос (qiyosiy so’rov) - MB da mavjud bo’lgan bir nechta jadval va surovlarni chatishmasidan yangi surovlar yaratish.
Повторяющиеся записи (takrorlanuvchi yozuvlar) jadvalda yoki surovlarda takrorlanuvchi yozuvlarni kidirib topish uchun surovlar tuzish.
Записи без подчиненных (bog’lanmagan yozuvlar) joriy jadvalga mos kelmaydigan yozuvlarni kidirib topish uchun surovlar tuzish.
Xullas, Запрос yordamida asosiy MBdan natijaviy (foydalanuvchini kiziktirgan) jadval tashkil qilish va uni kayta ishlash imkoniyati paydo bo’ladi. Запрос bilan ishlaganda ma‘lumotlarni saralash (filtrdan utkazish), jamlash, ajratish, o’zgartirish mumkin. Ammo bu amal har bajarilganda asosiy MB da xech qanday uzgarish sodir bulmaydi. Bundan tashkari, Запрос yordamida «natijalarni hisoblash», urta arifmetik kiymatini topish, yigindi hosil qilish yoki biror maydon ustida matematik amallar bajarish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |