Fakt – tekshirish mumkin bo‘lgan empirik bilimdir, lot. factum - amalga oshirilgan so‘zidan olingan bo‘lib– “haqiqiy, to‘qilmagan hodisa, voqea…” degan ma’noni anglatadi. Fikr esa nimadir haqida kimningdir tushunchasi, shaxsiy xulosasi, hissiy munosabatni talqin qilishga asoslangan to‘liq obyektivlikka erishish imkoni bo‘lmagan ishonch, ta’kid, nuqtai nazar.
Fikr va Fakt
Fakt Fikr Xolislik Subyektivlik
Masalan, stoldagi gulning rangi, uzunligi, hajmi, narxi va hk haqidagi axborotlar fakt bo‘lishi mumkin. Uning xushbo‘yligi, chiroyliligi, yoqimliligi fikrdir. Bunda faktni tekshirish mumkin, lekin fikrni tekshirib bo‘lmaydi.
Axborot manbalari
Rasmiy Mansabdor shaxslar, tashkilotning matbuot xizmatlari bayonotlari, vakillarining bayonotlari, qonunlar, statistika, arxivlar, tadqiqotlar
Norasmiy Guvohlar, jabrlanuvchilar, insayderlar, sobiq xodimlar, xatlar, kundaliklar, shaxsiy arxivlar, tasdiq xatlari
Tugal o‘qish Yangilikni oxirigacha o‘qish, faqat sarlavhasini o‘qib, xulosa chiqarmaslik
Axborot manbasini topish Birlamchi axborot manbasini topish
Mantiqiy yoki kognitiv buzilishlar Matnni umumiy tahlil qilish, undagi mantiqiy izchillikka e’tibor berish
Skeptisizm Barcha detallarni shubha ostiga olish, skeptik yondashish.
Stilistikaga diqqat qilish Matn stilistikasiga diqqatli bo‘lish. "Shok! Shok! Shok!", "Buni darhol o‘qing!".... Jiddiy xabarlar bunday boshlanmaydi.
Axborot manbasini baholash Axborot manbasining ishonarlilik darajasini baholash
Vizual kontentlarni alohida tahlil qilish Vizual kontentlarni alohida instrumentlardan foydalanib tahlil qilish
Vizual kontent
Ishontirish vositasi Аuditoriyani ishontirish uchun eng samarali vosita fotosuratlar yoki video hisoblanadi