Media savodxonlik va axborot madaniyati fani o’qituvchisi Ro’ziqulov Orzumurod, topshirdi 25/115 guruh talabasi Nasriddinov Abdujjabbor



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə1/2
tarix05.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138357
  1   2
mediasavodxonlik

Media savodxonlik va axborot madaniyati fani o’qituvchisi Ro’ziqulov Orzumurod, topshirdi 25/115 guruh talabasi Nasriddinov Abdujjabbor


MAVZU:
Texnika ma’daniyati
REJA:

Texnika (techne — mahorat, sanʼat) — moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui. Asosiy vazifasi — inson mehnatini yengillashtirish va mehnat unumdorligini oshirish. U tabiat resurslaridan samarali foydalanishga, Yer qaʼrini, Dunyo okeanini, kosmik fazoni oʻzlashtirishga imkon beradi.
"T." termini biror ish (hunar) yoki sanʼatda qoʻllaniladigan usullarni ham bildiradi (mas., toʻquvchilik T.si, etikdoʻzlik T.si, shaxmat oʻyini T.si va boshqalar).
T. vositalari doimo takomillashib boradi, yangi texnologiya, yangicha mahsulot i. ch. zaruriyati tugʻilishi bilan yangidanyangi T. yaratiladi. T. tarixi ibtidoiy jamiyatga borib takaladi. Umuman T. tarixini quyidagi 7 bosqichga boʻlish mumkin: 7— oddiy i. ch. qurollari va usullari yaratilishi; 2 — murakkabroq i. ch. qurollari va usullari yaratilishi; 3 — odam tomonidan boshqariladigan murakkab mehnat qurollari yaratilishi; 4 — manufaktura i. ch. sharoitida mashina T.sining yaratilishi; 5 — ilgʻor mamlakatlarda bugʻ dvigateli asosida ish mashinalarining paydo boʻlishi; 6 — elektr energiyasi asosidagi mashinalar tizimining yaratilishi; 7 — avtomatlashtirilgan mashinalar tizimi va kosmik T.ning taraqqiy etishi, axborotlar texnologiyasi (mas., internet)ning rivojlanishi.
Keyinchalik (mil. av. 4 — 3 ming yillikda) jezdan yasalgan mehnat qurollari vujudga keldi. Keyinroq temir eritish va undan foydalanishga oʻtildi. Xitoyda mil. av. 2357-yillardayoq temir maʼlum edi. Mustahkam mehnat qurollariga boʻlgan talab poʻlat ishlab chiqarish.ga olib keldi. Dehqonchilik rivojlana boshlagach, suv chiqarish qurilmalari, charxpalak paydo boʻldi.
Harbiy T.da oʻq yoydan tashqari poʻlat qilichlardan foydalanila boshlandi. Keyinchalik qurilishda turli yuk koʻtarish richaglari ixtiro qilindi. Odamlar yoʻllarini yaqin qilish maqsadida suvdan foydalanish uchun daraxt tanasidan qayiq yasashni oʻrgandilar. Keyinchalik koʻp eshkakli kemalar paydo boʻldi. Toʻqimachilik dastgohlari yaratildi. Keyingi davrlarda dehqonchilik bilan birga hunarmandchilik rivojlandi. Yelkanli kemalar, shamol tegirmonlari yaratildi. Texnikada gʻildirakli ogʻir va yengil pluglar paydo boʻldi.
15—16-asr asrlarda ancha takomillashgan domna pechlari qurildi. Asosiy dvigatel oʻrnida gidravlik mashinalardan foydalanildi. Bu davrda konchilik, metallurgiya rivojlana boshladi (qarang Kon sanoati). Harbiy T.da oʻt ochish kurollari, mashina va mexanizmlar paydo boʻldi.
18-asr oxirida bugʻ mashinasi va toʻqimachilik mashinalarining paydo boʻlishi sanoatda inqilobning boshlanishidan darak berdi.
Zamonaviy madaniyatni texnikaviy, texnika hukmdorligi, dunyoviy-elektron yoki axborot madaniyati deb ataydilar. Bunday munosabat hozirgi madaniyatda fan va texnikaning o‘rni muhimligini ko‘rsatadi. «Zamonaviy» yoki «yangi» fan antik yoki o‘rta asrlardagi fandan tubdan farq qiladi. Agar, ilgarilari fan dunyoni asl holda, unga dahlsiz o‘rgangan bo‘lsa, endi esa, fan bilish, yaratish, ixtiro, loyiha tuzish kabi jarayonlarni mujassamlashtirib «inson idroki yordamida hal bo‘ladigan muammolarga e’tiborini jalb qilmoqda». Hozirgi fanning jo‘shqin qiyofasi mana shundan iborat. Haqiqatni anglashga urinish o‘rniga insonning qiziqish va ehtiyojlari mos keluvchi aniq imkoniyatlarni hisobga olish harakati ustun bo‘lmoqda.
Texnika ma’daniyati
Fan va madaniyatdagi yangi yo‘nalish shakllanishining boshlanishi uyg‘onish davri bilan bog‘liq. (XIV-XVI asrlar). Uyg‘onish-evropa madaniyati taraqqiyotidagi muhim davr bo‘lib, davriy jihatdan o‘rta asrlarga mansub. Biroq, bu davr mutlaqo yangi madaniyat bosqichini ochdi. Shaharlar ko‘payishi, yevropada ichki va tashqi savdoning vujudga kelishi, hunarmandchilikning rivojlanishi yevropa madaniyatida yangi yo‘nalishlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Qisqa vaqt ichida o‘rta asrlar jamiyatida moddiy madaniyat va texnologiyalar o‘zgarib ko‘plab muhim ilmiy kashfiyotlar qilindi. Buyuk geografik kashfiyotlar diniy «dunyo qiyofasini» o‘zgartirdi, aqliy va iqtisodiy hududni kengaytirib jahon savdosini vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Antik davr merosini o‘rganish yangi falsafiy yo‘nalishlar paydo bo‘lishiga turtki bo‘lib inson va tabiatning o‘zaro munosabatlarida mutlaqo o‘zgacha andoza shakllandi.
Jamiyatdagi shaharliklar orqasida «gumanizm» deb nomlanuvchi yangi g‘oya shakllandi. Bu nom inson haqidagi yangi dunyoviy fandan (studia humanitatis) kelib chiqqan bo‘lib, ilgarigi «ilohiyat haqidagi fanni» (studio divinus) asta-sekin siqib chiqardi. Insonparvarlik g‘oyasi quyidagi xususiyatlarga ega:

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin